Peja: 1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash sabablari
Zamin va poydevorlarni ta’mirlash usullari
Download 24.3 Kb.
|
14-Mavzu. Zamin va poydevorlarni ta\'mirlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaminga uzatiluvchi bosim miqdorini kamaytirish.
9.2 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash usullari
Qurilish amaliyotida qo‘llaniladigan zamin va poydevor ta’mirlashga oid usullar turli-tuman bo‘lib, ularni umumiy maqsadiga qarab shartli ravishda uch turga bo‘lish nnimkin: 1. Zaminga uzatiluvchi bosim miqdorini kamaytirish; 2. Poydevor ashyosini mustahkamlash; 3. Gruntlarning mustalikamlik ko‘rsatkichlarini oshirish Zaminga uzatiluvchi bosim miqdorini kamaytirish. Gruntlar mexanikasi fanining asoschilaridan biri K Tersagi 20 - asr boshidayoq “Agar imkoniyat yaratilsa har qanday grunt sharoitida (garchi u nihoyatda bo‘sh bo‘lsa ham) ta’sir etuvchi yukning miqdoridan qat’iy nazar (garchi u o‘ta yuqori miqdorli bo‘lsa ham) mustahkam va turg‘un zaminli bino yaratish mumkin” deb yozgan edi. Bu gapning mag‘zda ikki narsa yotadi: birinchisi poydevor tag yuzasi o‘lchovlarini kattalashtirish yo‘li bilan zaminga uzatiluvchi bosim miqdorini kamaytirish; ikkinchisi esa-poydevor chuqurligini oshirib, bosimni quyi joylashgan mustahkam qatlamlarga uzatish. Darhaqiqat zaminga uzatiluvchi bosimning miqdori, asosan, poydevor tag yuzasining o‘lchamlariga bogiiq bo‘lib, yuza kattalashishi bilan bosim qiymati kamayadi. Ammo poydevor tag yuzasi o‘lchamlarini kattalashtirishda ham ma’lum chegara bo‘lib, u binoning rejasi orqali chegaralanadi. Zaminga uzatiluvchi bosim miqdorini kamaytirishning ikkinchi yo‘li poydevor chuqurligini oshirib, mustahkam va ko‘p yuk ko‘taruvchi quyi qatlamlarga joylashtirishdir. Bunga ochiq xandaq qazish yordamida imkon bo‘lmasa poydevorni qoziqli, yoki chuqur joylashuvchi turiga almashtirish orqali erishish mumkin. Poydevor tag yuzasini kengaytirishni amalda ikki usul yordamida bajarish mumkin. Birinchisi, gruntga qo‘shimcha bosim ta’sirisiz poydevor tag yuzasini kengaytirish; ikkinchisi esa qo‘shimcha bosim ta’sirida tag yuzani kengaytirish. Ikkala holda ham poydevorning mustahkamligi oshib, tag yuzasining umumiy maydoni ortadi. Ma’lumki, poydevor tag yuzasini kengaytirish majburiyati, asosan unga uzatiluvchi yuk miqdorining ortishi bilan bogiiq. Agar ta ‘mirlangan poydevorning holatini kuzatsak, tamirlashning ikkinchi usulini birinchisiga nisbatan afzalroq ekanligiga ishonch hosil qilamiz, chunki birinchi usul yordamida ta’mirlangan poydevorning yangi qismi bosimning oz miqdordagi bo‘lagini qabul qiladi xolos. Qolgan bo‘lagi esa eski poydevor zimmasiga yuklanaveradi. Biroq poydevorning yangi qismi uning tagidan sitib chiqarilishi mumkin bo‘lgan gruntni bostirib turish uchun xizmat qilishi ahamiyatlidir. Ikkinchi usul yordamida ta’minlangan poydevor zaminning qo‘shimcha yuklanishi nutijasida gruntning zichligi ortishi sababli mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun undagi cho‘kish miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Foydalanishda bo‘lgan bino poydevorining chuqurligini oshirish ancha murakkab masaladir. Bu ishni amalga oshirish hamma vaqt murakkab ehtiyot choralari ko‘rishni talab etadi, aks holda bino zararlanishi mumkin. Ta’mirlanuvchi poydevorni maxsus ko‘targichlar (domkrat) yordamida mahkamlab, uni tagidan oz-oz qismlarga bo‘lib kavlanadi. Kavlangan qismga beton quyilib, so‘ngra keyingi qismra o‘tiladi. Bu ishni poydevor tag yuzasi to‘lguncha davom ettiriladi. Sayoz poydevorlarning chuqurligini oshirish maqsadida ularni qoziqlarga o‘tkazish tadbiri amalda keng qo‘llaniladi. Buning uchun ham ikki usuli mavjud. Birinchisi poydevor tanasini tik va burchak ostida parmalab (parmalash diametri 15-20 sm) purkagichlar yordamida yuqori bosim ostida suyuq beton yuboriladi. Ikkinchi usul esa poydevorni maxsus ko‘targichlar yordamida ko‘tarib, uning ostiga yig‘ma temir-beton qoziqlar bosib kiritiladi. Download 24.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling