Peja: L. Umumiy ma’lumotlar


-rasm. Titratgich yordamida qoziq o‘rnatish


Download 1.67 Mb.
bet7/10
Sana03.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1322618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)

3.10-rasm. Titratgich yordamida qoziq o‘rnatish

3.11 -rasm. Qoziqni burab kiritish
Hozirgi davrda og‘irligi 8 tonnagacha bo‘lgan titratgichlardan keng foydalanilmoqda.
Ushbu usul yordamida qoziq o‘rnatishning amaliy tajribalari qoziq va titratkichning bo‘ylama o‘qlari o‘zaro mos kelganda yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatdi.
Qoziqni burab kiritish usuli, asosan, og‘ir vaznli qoziqlarni o‘rnatishda qo‘llanadi. Bunda burama uskuna sifatida kabeston deb nomlanuvchi moslamadan foydalaniladi (3.11-rasm).
Qoziqning yuqorisiga kiydiriladigan kabeston ikki qismdan iborat bo‘lib,
yuqoridagi qo‘zg‘almas qismi yo‘g‘on sim yordamida tortib qo‘yiladi.
Kabestonning og‘ir1igi 5-25 tonna, elektr kuchining quvvati esa - 16-56 kvt oralig‘ida o‘zgaradi.
Burama qoziqlar tana va parrakli moslamadan tashkil topgan (3.12-rasm). Ular qoziqni burash uchun xizmat qiladi. Qoziq temir yoki temir-beton quvurlardati yasaladi.
Parrakli moslama temir yoki cho‘yandan quyiladi. Uning uchli qismi qoziq tanasining 0,75-1,5 diametrini tashkil etadi. Parrakning diametri qoziqnikidan
3,0-4.5 marta katta bo‘lishi lozim. Burama qoziqlar gruntga tik, yoki qiyalik bo‘ylab 30-40 m chuqurlikkacha o‘rnatilishi mumkin. Bunday holatda ularning yuk ko‘tarish bir necha yuz tonnagacha oshadi.



3.12-rasm. Burama qoziq.
l-qoziq tanasi; 2- burovcni moslama;3-parrak; 4- beton
3.4 Qoziqli poydevorlarni hisoblash
Qoziqli poydevorlarni hisoblashda asosan ularning yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi.
Qoziqning yuk ko‘tarish qobiliyati asosan qoziq ashyosining mustahkamlik ko‘rsatkichiga va atrofidagi gruntning qarshiligiga bo‘g‘liq.
Ustun qoziqlarda ashyo mustahkamligi ahamiyatli bo‘lsa, osma qoziqlar uchun atrof grunt qarshiligi muhim.
Ustun qoziqlarning yuk ko‘tarishi ularning hisobiy qarshiligi yordamida ifodalandi. Hisobiy qarshilik esa, qoziqning yuqori qarshilik ko‘rsatkichini pv, ashyoning jinslilik (k) va qoziqning ishlash sharoiti bilan bog‘liq (m) koeffitsiyentlar ko‘paytmasiga teng deb qabul qilingan.
Masalan, markaziy yuk ta’siridagi ustun qoziqlarning yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:
a ) yog ‘och qoziqlar:
, (3.1)
bunda: P-qoziqning hisobiy qarshiligi,

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling