Peja: L. Umumiy ma’lumotlar
F- qoziqning ko‘ndalang qirqim yuzasi; Q
Download 1.67 Mb.
|
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.15-rasm. Qoziqlarning joylashuvi a-qatorlab, b-shaxmat shaklida Qoziqli poydevorlarni loyihalashda ularga uzatiluvchi yuk ta’sirining ahamiyati katta. Agar yuklar (N)
F- qoziqning ko‘ndalang qirqim yuzasi;
Q - gurzining vazni; q - qoziqning vazni; n - qoziq ashyosi va qoqish turiga bog‘liq koeffitsiyent. 3.5. Qoziqli poydevorlarni loyilialash Qoziqli poydevorlarni loyihalash uchun inshoot va uning qurilmalari, gruntga uzatiluvchi yukning miqdori, shuningdek qurilish maydoning geologik va gidrogeologik ma’lumotlari zarur bo‘ladi. Bular haqidagi hujjatlarni o‘rganib chiqib, qoziqlar soni, ularning turi, qurilmasi va h.masalalar hal etiladi. Ustun qoziqlar uchun inshootdan uzatiluvchi yukni hech qanday xatarsiz qabul qilib oluvchi yetarli qalinlikka ega bo‘lgan mustahkam grunt tanlanadi. Agar bunday qatlam chuqur joylashib, unga yetishning iloji bo‘lmasa, unda osma qoziq turiga to‘xtaladi. Bu holat uchun ham osma qoziqning uchini joylasbtirish maqsadida yetaru darajada qalinlikdagi mustahkamroq qatlam tanlanadi. Og‘ir vaznli inshootlarning qoziqli poydevorlarida past postverklar qollaniladi. Ko‘priklar, o‘tish yo‘llari va b inshootlarda esa yuqori rostverklardan foydalanish maqsadga muvofiq. 3.15-rasm. Qoziqlarning joylashuvi a-qatorlab, b-shaxmat shaklida Qoziqli poydevorlarni loyihalashda ularga uzatiluvchi yuk ta’sirining ahamiyati katta. Agar yuklar (N) tik yo‘nalgan bo‘lsa, unda qoziqlar soni (n) quyidagicha aniqlanadi: , (3.8) blinda: P - bitta qoziqning yuk ko‘tarish qobiliyati; N- tashqi yukning miqdori (yuklarning eng noqulay holatiga moslab olinadi). Suv ostidagi yuklarni esa muallaq holati hisobga kiritiladi. 3.8-ifoda yordamida aniqlangan qoziqlar rostverkda qatorlab yoki shaxmat shaklida joylashtiriladi (3.15-rasm). Rostverk sathida qoziqning o‘qlariaro masofa 1,5 d, qoziq uchida esa 3d (d - qoziq tomoni yoki diametri) dan kam bolmasligi lozim. Tashqi yuklar nomarkaziy ta’sir etganda qoziqlar rostverkda bir tekis joylashmaydi. Mazkur holda poydevorning kuchli zo‘riqqan tomoniga qarab qoziqlar orasi qisqartirib boriladi. Bunda har bir qoziqqa teng miqdorda yuk tushishini nazarda aytiladi. Masalani analitik usul yordamida hal etish birmuncha qulay. Inshoot poydevorlarida qoziqlarning joylashuvi ikki qatordan kam bo’lmasligi lozim. Lekin, so‘nggi yillarda, yahlit qurilmali binolar ostida bir qatorli qoziqlar ham qo‘llanilmoqda. Bunda rostverkning kengligi bino devorining eniga moslanib, balandligi esa 40-50 sm dan kam bolmasligi shart. Qoziqli poydevorlarni hisoblashda shartli yahlit poydevor usuli qo‘llaniladi (3.16-rasm). Bunday poydevor tag yuzasining eni chetki qoziqlar ustidan yoki p/2 ( -gruntnitig ichki ishqalanish burchagi) burchak ostida o‘tkazilgan chiziqlar yordamida aniqlanadi. Shartli poydevorlar tag yuzasidagi bosimning miqdori sayoz poydevorlardagidek hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, inshoot yuki ta’sirida qoziqli poydevorlarda ham yuqori qiymatli cho‘kishlar yuz berishi mumkin. Ayniqsa, bu hol ko‘pincha osma qoziqlar ostidagi gruntlarning zichlashuvi natijasida ro‘y beradi. C’ho‘kish miqdori ba’zan 15-20 sm dan ham oshib ketgan holatlar ma’lum. 19-asrning o‘rtalarida Sankt-Peterburg shahrida barpo etilgan Isaak rasadxonasining cho‘kishini misol tariqasida keltirish miunkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling