Pensiya ishi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana17.04.2020
Hajmi1.58 Mb.
#99846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat xaridi umk[1]


 
Nazorat uchun savollar 
 
1. O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining xarajatlari qaysi yo’nalishlarda 
amalga oshiriladi? 
2. Davlat xarajalari davlat xarididan nima bilan farqlanadi? 
3. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta’sir etadi? 
                                           
25
 Смирнов В.И. Ошибочные цели – ложный результат // Государственные и муниципальные закупки – 2008. 
Сборник  докладов  III  Всероссийской  практической  конференции-семинара.  М.:  ИД  «Юриспруденция», 
2008. С. 133, 142. 

4. Davlat xaridining predmeti nima? 
5. Davlat buyurtmachilari kimlar? 
6. Davlat xaridiga oid qanday nazariy qarashlar mavjud? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.  Андреева  Л.В.  Закупки  товаров  для  федеральных  государственных  нужд:  правовое 
регулирование. М.: Волтерс Клувер, 2009. С. 24. 
2.  Барихин  А.Б.  Большой  юридический  энциклопедический  словарь.  2-е 
издание, перераб. и доп. М.: Книжный мир, 2008. С. 208. 
3.  Белов  В.Е.  Правовое  регулирование  размещения  государственного  заказа 
// Право и экономика. 2005. № 2. 
4.  Большой коммерческий словарь / Под ред. Т.Ф. Рябовой. М.: Война и мир, 
1996. С. 88, 91. 
5.  Burxonov  U.A.,  Atamuradov  T.T.  “Davlat  xaridi”      O’quv  qo’llanma.  Fan  va  texnologiya  -
2012 yil.  
6.  Бурханов У. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf 
7.  Vahobov A., Malikov T. Moliya. Darslik. Toshkent, “Noshir”, 2011 y. 712 b. 
8.  Давлетшина  Л.М.  Государственный  заказ  как  инструмент  проведения 
промышленной  политики  (на  примере  Республики  Татарстан):  Дисс.  … 
канд. экон. наук. Казань, 2007. С. 47; Гладков В.С. Государственный заказ 
в  сфере  государственного  управления  экономикой:  Дисс.  …  канд.  юрид. 
наук. Ростов-на-Дону, 2008. С. 14. 
9.   Демин  А.А.  Государственный  заказ  как  фактор  развития  государственного  сектора 
трансформационной экономики: теоретико-экономические аспекты: Дисс. … канд. экон. 
наук. Челябинск, 2007. С. 63, 65. 
10.  Козин М.Н. Государственный оборонный заказ: теория и практика управления рисками: 
Монография. Вольск: ВВВУТ (ВИ), 2007. С. 15, 16. 
11. Кузнецов  В.И.  Правовое  регулирование  институту  государственного 
заказа:  Дисс. … канд. юрид. наук. Москва, 2005. С. 86. 
12. Кураков  Л.П.,  Кураков  В.Л.  Большой  словарь  экономических  и 
юридических терминов. М.: Вуз и школа, 2001. С. 138. 
13. Мартыненко  Г.И.  Размещение  заказов  на  поставки  товаров,  выполнение 
работ,  оказание  услуг  для  государственных  и  муниципальных  нужд, 
антимонопольный контроль // Право и экономика. 2006. № 10. 
14. Набиев  Р.А.,  Арыкбаев  Р.К.  Повышение  эффективности  бюджетных расходов  системы 
государственных  заказов  и  закупок  //  Бухгалтерский  учет  в  бюджетных  и 
некоммерческих организациях. 2008. № 15. 
15. Настольная  книга  госзаказчика  /  Под  ред.  А.А.  Храмкина.  4-е  издание, 
доп. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 187. 
16. Нестерович Н.В., Смирнов В.И. Конкурсные торги на закупку продукции 
для  государственных  нужд  /  Под  ред.  А.Г.  Свинаренко.  М.:  ИНФРА-М, 
2000. С. 124. 
17. Ноздрачев  А.Ф.  Государство  как  заказчик  продукции  //  Государство  и 
право. 1994. № 7. 
18. О  проблемах  управления  государственными  закупками  в  Республике  Узбекистан  и 
направлениях совершенствования. Аналитическая записка. UNDP. Ташкент-2008 

19. Пикулик А.В. Управление государственными закупками: Монография. М.: 
Издательский дом «Финансовый контроль», 2006. С. 23. 
20.  Смирнов  В.И.  Ошибочные  цели  –  ложный  результат  //  Государственные  и 
муниципальные  закупки  –  2008.  Сборник  докладов  III  Всероссийской  практической 
конференции-семинара. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 133, 142. 
21. Смотрицкая  И.И.  Развитие  рынка  государственных  заказов:  институты  и  механизмы 
(научный  доклад).  М.,  2007.  С.  7;  Смотрицкая  И.И.  Экономика  государственных 
закупок. М.: Книжный дом «ЛИБЕРКОМ», 2009. С. 22. 
22.  Смотрицкая И.И. Указ. соч. С. 7; Скутельник О.А. Государственные закупки в системе 
обеспечения  национальной  безопасности:  понятие  и  принципы.  Доклад  по  проблемам 
правового регулирования размещения заказов на поставки товаров для государственных 
нужд // www.rea.ru – официальный сайт РЭА им. Г.В. Плеханова; Ильюхин В.В. 
 
 
 
 

3-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY 
ASOSLARI 
REJA: 
 
1.  Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik 
2.  Davlat xaridi tizimidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro qonunchilik 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Davlat xaridini tartibga solish, milliy qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi 
kodekslar, davlat xaridini tartibga soluvchi qonun va qarorlar, xalqaro qonunchilik, 
xalqaro  kelishuv,  Yunsitral    qonun,  Xalqaro  savdo  tashkilotning  davlat  xaridi 
bo’yicha shartnomasi 
 
1. Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik 
 
Davlat  xaridini  boshqarish  borasida  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan 
islohotlarning  ajralmas  qismi  –  bu  davlat  xaridini  boshqarish  bo’yicha  yangi 
huquqiy me’yorlarga asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir. 
Ma’lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat iqtisodiy- 
ijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu jarayonlarning natijasi, 
salbiy  yoki  ijobiy  bo’lishiga  qarab,  mamlakat  aholisiga,  davlatning  iqtisodiy 
mexanizmi  va  uning  tarkibiy  qismlariga  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Davlat  xaridi 
jarayoni  ham  ulkan  hamda  murakkab  mexanizm  bo’lib,  uning  to’g’ri  tashkil 
etilganligi  va  mamlakat  iqtisodiyotiga  zarar  emas,  balki  yuqori  samara  keltirishi 
muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.    Shuning  uchun  ham  makrodarajadagi 
qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham,  qonunchilik bilan 
mustahkamlab  qo’yilishi  zarur.  Aynan  qonunchilik    davlat  xaridi  mexanizmini 
takomillashtirish  va uning  nazoratini  tashkil  etishga  ko’maklashadi  hamda  davlat 
xaridi  subyektlarining  manfaatlari  nohaq  buzilishi,  qabul  qilingan  qonun-
qoidalardan chetlanishlarni oldini oladi. 
 O‘zbekiston  Respublikasida  Davlat  xaridini  tashkil  etish  va  tartibga 
solishning  qator  huquqiy  normativlari  qabul  qilingan.  Bu  qonun  hujjatlari  orqali 
davlat budjet xarajatlarining samarali, maqsadli sarflanishi hamda uning shaffofligi 
ta’minlanadi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksining  3-4§larda  davlat 
xaridining  elementlari  va  davlat  shartnomalari  asosida  tovarlar  yetkazib  berish 
to’g’risida moddalar keltirilgan.  
O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  Kodeksining  121-moddasida  davlat 
xaridlari,  ular  to’g’risidagi  e’lonlar  maxsus  axborot  portalida  (O’zbekiston 

Respublikasi  tovar-xom  ashyo  birjasining  maxsus  veb-saytida)  xaridlar  amalga 
oshirilishidan kamida o’n kun oldin joylashtirilishi to’g’risida ta’kidlangan. 
Shuningdek,  davlat  xaridlari  tizimini  tartibga  solish  uchun  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  qaror  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasi  hamda 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  qaror  va  Nizomlari  mavjud. 
Jumladan,  2011  yil  7  fevraldagi  PQ-1475  sonli  “Davlat  xaridlari  tizimini 
muqobillashtirish  va  ularga  kichik  biznes  subyektlarini  jalb  qilishni  kengaytirish 
to’g’risida”gi  Qarorga  muvofiq  O’zbekiston  Respulikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida  Davlar  xaridlari  bo’yicha  hukumat  komissiyasi  tuzilishi,  O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachiligiga Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat 
komissiyasining  ishchi  organi  vazifasi  yuklatilishi  haqida  aytib  o’tilgan.  Mazkur 
Hukumat 
komissiyasining 
asosiy 
vazifalariga 
davlat 
xaridi 
tizimini 
takomillashtirish,  unga  kichik  biznes  subyektlarini  jalb  qilish  va  ular  faoliyatini 
nazorat  qilish  kabilar  kiritilgan.  Bundan  tashqari  Qarorda  davlat  budjeti 
mablag’lari 
va 
boshqa 
markazlashtirilgan 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan,  narxi  500  mln.  so’mgacha  bo’lgan  obyektlarni  qurish  va 
rekonstruksiya  ishlarini  bajarish  uchun  pudratchi  tashkilot  faqat  kichik  biznes 
subyektlari  orasidan  tanlanishi  hamda  shartnoma  narxi  300  dan  100  ming  AQSh 
dollari  ekvivalentidagi  alohida  turdagi  tovarlar  xaridi  elektron  savdolar vositasida 
amalga oshirilishi to’g’risida ta’kidlab o’tilgan.  
Xuddi  shu  Qarorga  qo’shimcha  sifatida  2011  yil  1  apreldagi  Vazirlar 
Mahkamasining  100-sonli  Qaroriga  asosan  “Davlat  xaridlari  bo’yicha  Hukumat 
komissiyasining ishchi organi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Nizomga asosan, 
ishchi organning asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi: 
-davlat  xaridlari  bo‘yicha  axborot  bazasini  yaratish  va  doimiy  ravishda 
yangilab  borish,  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishda  narxlarni  shakllantirish 
jarayonini nazorat qilish; 
-  Davlat  xaridlari  bo‘yicha  Hukumat  komissiyasining  qonun  hujjatlari  bilan 
uning  vakolatiga  kiritilgan  masalalar  bo‘yicha  materiallarini  va  qarorlari 
loyihalarini tayyorlash; 
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
tovarlar  (ishlar, xizmatlar)ning  davlat  xaridlari  jarayonida ishtirok  etuvchi boshqa 
tashkilotlar  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  Hukumat  komissiyasi 
qarorlari bajarilishini nazorat qilish; 
-davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish. 
Ishchi organning asosiy funksiyalari etib quyidagilar belgilandi: 
-davlat  xaridlari  bo‘yicha  axborot  bazasini,  shu  jumladan  davlat  xaridlari 
bo‘yicha byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, 
shuningdek  byudjet  mablag‘lari  oluvchilar  tomonidan  xarid  qilinadigan  tovarlar 

(ishlar,  xizmatlar)ga  narxlar  bo‘yicha  ma’lumotlarni  shakllantirish  va  doimiy 
ravishda yangilab borish
-Hukumat  komissiyasining  qonun  hujjatlari  bilan  uning  vakolatiga  kiritilgan 
masalalar, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlarining har bir turi 
bo‘yicha  kichik  biznes  sub’ektlari,  davlat  byudjeti  hamda  markazlashtirilgan 
boshqa  manbalar  hisobiga  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  uchun  kvotalar 
belgilash masalalari bo‘yicha qarorlari loyihalarini tayyorlash; 
-bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq 
bo‘lmagan  O‘zbekiston  Respublika  tovar-xom  ashyo  birjasining  maxsus  axborot 
portali  orqali  elektron  savdo  yo‘li  bilan  tadbirkorlik  sub’ektlaridan  xarid 
qilinadigan,  eng  zarur  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  ro‘yxatini  Hukumat 
komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash; 
-davlat  xaridlari  jarayonini  va  mamlakatimizdagi  kichik  biznes  sub’ektlari 
uchun  ajratiladigan  kvotalarning  bajarilishi  monitoringini  olib  borish  va  tahlil 
qilish,  Hukumat  komissiyasining  ko‘rib  chiqishiga  kiritish  uchun  tahliliy 
materiallar va takliflar tayyorlash
-Hukumat  komissiyasining  qarorlari  va  topshiriqlarini  davlat  va  xo‘jalik 
boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  tegishli  organlariga,  tovarlar  (ishlar, 
xizmatlar)ning  davlat  xaridlari  jarayonida  ishtirok  etuvchi  boshqa  tashkilotlar  va 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  yetkazish,  shuningdek  ularning  bajarilishini 
nazorat qilish; 
-tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ning  davlat  va  korporativ  xaridlari  to‘g‘risidagi 
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston Respublika 
tovar-xom ashyo birjasiga zarur axborotlarni taqdim etish kabilar keltirib o’tilgan. 
2012  yil  6  sentabrda  260-sonli  Vazirlar  Mahkamasining  “Tovar  xom  ashyo 
birjalari 
faoliyatini 
takomillashtirishga 
doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror tovarlarni ulgurji sotishning bozor 
metodlarini  kengaytirish,  tovar-xom  ashyo  birjalari  faoliyatini  zamonaviy 
talablarga  muvofiq  tubdan  yaxshilash,  mamlakatimiz  tovar  ishlab  chiqaruvchilari 
mahsulotlariga  narx  belgilashning  bozor  mexanizmini  shakllantirishga  qaratilgan. 
Shuningdek,  Qarorda  ixtisoslashtirilgan  va  mintaqaviy  savdo  maydonlari 
tarmog‘ini kengaytirish, shu jumladan ko‘rsatib o‘tilgan savdo maydonlarini birja, 
ko‘rgazma-yarmarka  va  auksion  savdolarining  elektron  tizimiga  ulagan  holda 
yuridik  shaxslarni  akkreditatsiya  qilish  yo‘li  bilan  kengaytirish  bo‘yicha  choralar 
ko‘rish,  birja  savdolarida  faqat  oldindan  e’lon  qilinadigan,  mahsulotlar 
iste’molchilari  va  ishlab  chiqaruvchilari  keng  ko‘lamda  foydalanadigan  birja 
axborotnomasiga  kiritilgan  tovarlarni  sotish,  ayni  bir  vaqtda  oldindan  e’lon 
qilingan  listinglarga  kiritilmagan  tovarlarni  sotish  taqiqlanishi  hamda  birja 
axborotnomalariga  faqat  bir  xil  standart  xossalarga  ega  bo‘lgan,  ulgurji  guruhlar 

bilan  sotiladigan  va  oldindan  ko‘zdan  kechirishni  talab  qilmaydigan  birja 
tovarlarini kiritish to’g’risida aytib o’tilgan.  
“Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo’shimcha 
chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  2013  yil  11  iyundagi  Vazirlar  Mahkamasining  166-
sonli  Qarorga  muvofiq  “Davlat  ulushi  ustuvor  bo’lgan  tabiiy  monopoliyalar 
subyektlari,  korxonalar  va  tashkilotlarning  elektron  xaridlari  bo’yicha  Hukumat 
komissiyasi ishchi organi to’g’risida” Nizom qabul qilindi. Mazkur Nizom Davlat 
ulushi  ustuvor  bo‘lgan  tabiiy  monopoliyalar  sub’ektlari,  korxonalar  va 
tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi ishchi organining 
asosiy vazifalari, funksiyalari va uning ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ishchi 
organning 
funksiyalari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan. 
Nizomga asosan ishchi organning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:  
-Hukumat  komissiyasining  vakolatiga  qonun  hujjatlari  bilan  kiritilgan 
masalalar, jumladan korporativ ehtiyojlar uchun O‘zbekiston respublika tovar-xom 
ashyo  birjasi  tomonidan  o‘tkaziladigan  elektron  savdolarda  xarid  qilinadigan 
tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  guruhlari  ro‘yxatini  aniqlash  masalalari  bo‘yicha 
Hukumat komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlash; 
-korporativ  xaridlar  jarayonini  hamda  unda  kichik  va  xususiy  tadbirkorlik 
sub’ektlari  ishtirokini  monitoring  va  tahlil  qilish,  Hukumat  komissiyasi  ko‘rib 
chiqishiga kiritish uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash; 
-Hukumat  komissiyasi  qarorlari  va  topshiriqlarini  tovarlar  (ishlar, 
xizmatlar)ning korporativ xaridlari jarayonida ishtirok etadigan davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari,  mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  yetkazish,  shuningdek  ularning  bajarilishi 
yuzasidan nazoratni amalga oshirish
-tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ning  davlat  va  korporativ  xaridlari  to‘g‘risida 
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston respublika 
tovar-xom ashyo birjasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etish va boshqalar.  
Shuningdek, xuddi shu Qarorga muvofiq “O’zbekiston respublika tovar-xom 
ashyo  birjasida  elektron  xaridlarni  tashkil  etish  va  o’tkazish  tartibi  to’g’risida” 
Nizom  qabul  qilindi.  Ushbu  Nizom  O‘zbekiston  respublika  tovar-xom  ashyo 
birjasida  boshlang‘ich  narxni  pasaytirish  yuzasidan  elektron  xaridlarni  auksion 
savdolar shaklida tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
Mamlakatda  elektron  xaridni  rivojlantirish  va  takomillashtirish  maqsadida 
2015  yil  26  martda  Vazirlar  Mahkamasining  69-sonli  Qaroriga  muvofiq 
“O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portal orqali 
elektron  savdo  yo’li  bilan  tadbirkorlik  subyektlaridan  eng  zarur  tovarlar  (ishlar, 
xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi. 

Nizomda elektron katalog hamda unda qanday tovarlar joylashtirilishi mumkinligi 
va  uning  tartibi  to’g’risida  ma’lumot  keltirilgan.  Unga  ko’ra  elektron  katalogda 
bitta  shartnoma  bo’yicha  100  ming  AQSh  dollaridan  ortiq  bo’lmaganga  teng 
bo’lgan,  ularga  shoshilinch  yoki  oldindan  ko’rilmagan  zaruriyat  yuzaga  kelgan 
tovarlar  xarid  qilinadi.  Elektron  katalogda  xarid  qilinadigan  tovarlar  ro’yxati 
Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.  
Xorijiy  kreditlar  va  grantlar  mablag’laridan  yanada  samarali  foydalanish, 
mamlakatimizdagi  va  chet  ellik  mahsulot  yetkazib  beruvchilar  o’rtasidagi 
raqobatni  rivojlantirish,  mahsulot  yetkazib  berishga  kichik  va  o’rta  tadbirkorlik 
subyektlarini  keng  jalb  qilish,  xom  ashyo,  materiallar,  butlovchi  buyumlar  va 
asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari tashkil etish va o’tkazish 
tizimini 
takomillashtirish 
maqsadida 
2000-yil 
21-noyabrda 
Vazirlar 
Mahkamasining  456-sonli  “Tender  savdolarini  tashkil  etishni  takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi  Qarori  qabul  qilindi. Qarorda  keltirilishicha, Davlat 
budjeti,  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  jamg’armalari,  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  yoki  Hukumatining  qarorlariga  muvofiq  tashkil  etilgan 
davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar hamda 
donor  mamlakatlar,  xalqaro,  xorijiy  hukumat  va  nohukumat  tashkilotlar  bilan 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  yoki  Hukumati  tomonidan  tuzilgan 
shartnomalar  doirasida  beriladigan  xorijiy  grantlar  mablag’lari,  shuningdek 
O’zbekiston  Respublikasi  kafolati  ostida  beriladigan  xorijiy  kreditlar  hisobiga 
moliyalashtiriladigan va bitta kontrakt bo'yicha qiymati 100 ming AQSh dollariga 
teng  miqdordan  ortiq  bo’lgan  import  qilinadigan  va  mamlakatimizda  ishlab 
chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar tender 
asosida  xarid  qilinadi.  Shuningdek,  xorijiy  yetkazib  beruvchilar  bilan  tuziladigan 
tender  kontraktlari  bo’yicha  yuklar  tashilishini  ta’minlaydigan  transport-
ekspeditorlik kompaniyalari tender asosida tanlanadi.    
Davlat  xaridlarining  tarkibiy  qismi  hisoblangan  kapital  qurilish  obyektlari 
xaridini  amalga  oshirish  mexanizmini  o’zida  aks  etgan  huquqiy  normativ  sifatida 
2003  yilning  3  iyuldagi  Vazirlar  Mahkamasining  302-sonli  “Kapital  qurilishda 
tanlov  savdolari  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  Qarorini 
keltirishimiz mumkin. Mazkur Qarorga ko’ra iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida 
va  ijtimoiy  sohada  amalga  oshiriladigan  investitsiya  loyihalari  doirasida  tovarlar, 
ishlar  va  xizmatlarni  xarid  qilishni  amalga  oshirishda  bitta  kontrakt  bo’yicha  5,0 
mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi kapital qurilish bilan bog’liq 
bo’lgan  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  xarid  qilishni  amalga  oshirishda  tanlov 
savdolari  o’tkaziladi.  Bundan  tashqari  xorijiy  pudrat  tashkilotlari  tomonidan 
amalga  oshiriladigan  va  erkin  muomaladagi  valyutada  haq  to’lanadigan  xorijiy 
kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga 

oshirishda,  ishlar  (xizmatlar)  qiymatining  50%  miqdorida  ishlar  (xizmatlar)ni 
bajarish  uchun  O’zbekiston  Respublikasining  xo’jalik  yurituvchi  subyektlari  – 
rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi. 
Mamlakatimizda  butun  davlat  xaridi  mexanizmini  qamrab  oladigan  yagona 
“Davlat xaridi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinmagan. Ammo shunday bo’lsa ham, 
davlat xaridi  jarayoni va uni  to’g’ri tashkil  etishga  qaratilgan islohotlarni amalga 
oshirish  uchun  ko’pgina  qonun  hujjatlari  qabul  qilingan.  Bu  borada 
mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan islohotlardan  ko’zlangan  maqsad,  nafaqat 
davlat  mablag’laridan  foydalanishning  samarali  hisob  va  nazoratini  tashkil  etish, 
balki  davlat  buyurtmachilarining  shartnomaviy-huquqiy  intizomga  rioya  etish 
darajasini oshirish ham ko’zda tutilgan. 
  O’zbekistonda  davlat  xaridini  tashkil  etishning  huquqiy  asoslarini 
takomillashtirishga,  xususan,  “Davlat  xaridi  to’g’risida”gi  Qonunni  qabul 
qilishning dolzarbligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi: 

  davlat xaridini tashkil etishda ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash; 

  davlat  xaridini  amalga  oshiruvchi  davlat  sub’ektlarini  vakolatlarini  tartibga 
solish; 

  xaridni rejalashtirish va tartibga solish; 

  mol etkazib beruvchilarni huquqiy himoyasini ta’minlash; 

  tender asosida savdolarda xarid mexanizmalarini tartibga solish va shu kabi 
boshqa muammolar. 
“Davlat  xaridi  to’g’risida”  Qonunning  qabul  qilinishi  bilan  quyidagi  dolzarb 
masalalarni huquqiy tartibga solish imkoniyati yuzaga keladi: 

 
O’zbekiston  Respublikasida  davlat  xaridini  amalga  oshirishning  yagona 
huquqiy asosini shakllantirish; 

  tartibga solish sohasini aniq belgilab olish; 

  hukumat  va  davlat  boshqaruv  organlarining  huquqiy  vakolatlarini  aniq 
tartibga solish; 

  xarid turlari va uni tashkil etishning barcha jarayonlarini tartibga solish; 

  davlat buyurtmachilarining vakolatlari va majburiyatlarini aniqlashtirish; 

  xarid  usuli,  qaror  qabul  qilish,  u  yoki  bu  mexanizmni  tanlash  shartlarini 
aniqlashtirish; 

  davlat  buyurtmachisining  shartnoma  muddatlari  va  moliyalashtirishni  o’z 
vaqtida amalga oshirmagan hollardagi majburiyatlarini tartibga solish; 

  shartnomalarni  tuzish  shartlarini,  shuningdek,  shartnomada  aks  ettirilishi 
lozim bo’lgan majburiy me’yorlar, shartlar va yo’riqlarni o’rnatish; 

  tender  g’olibi  bilan  qaysi  hollarda  shartnoma  bekor  qilinishi  tartiblarini 
belgilash; 


  xarid etuvchining vakolatli organlar oldidagi mas’uliyati, va ayrim hollarda, 
jamoat oldida hisob berishini tartibga solish va boshqa shu kabi holatlar. 
 
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling