Pensiya ishi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana17.04.2020
Hajmi1.58 Mb.
#99846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat xaridi umk[1]


                                           
26
O’zbekiston  Respublikasi  VMining  12  sentyabr  2003  yildagi  395-sonli  qarorining  4-ilovasi,  O’zbekiston 
Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan. 
 


  loyihalarni  tanlashning  barcha  mezonlari  (moliyaviy  va  iqtisodiy 
samaradorlik  ko’rsatkichlari  bundan  mustasno)  va  ularni  amalda  qo’llash 
sub’ektiv,  hamda  baholash  natijalari  turlichadir;  ushbu  mezonlarni  qo’llash 
natijasida  turli  xildagi  xulosalarga  kelish  mumkin,  ya’ni  ko’rilayotgan  loyihani 
investitsion dasturga kiritish ham, kiritmaslik ham mumkin. 
Umumlashtiradigan  bo’lsak,  ushbu  omillar  investitsion  dasturga  kiritish  uchun 
taqdim etilgan har qanday loyihani uni ko’rib chiqayotgan mutaxassis (idora)ning 
fikriga  ko’ra  ijobiy  yoki  salbiy  baholanishi  uchun  teng  imkoniyatga  ega. 
Investitsion  dasturning  idarolararo  kelishuv  asosida  tashkil  etilishi,  tanlovda  yo’l 
qo’yiladigan sub’ektiv yondoshuvni ancha pasaytirsada, uni butunlay bartaraf eta 
olmaydi.  Jumladan,  investitsion  dasturni  ishlab  chiqish  chizmasiga  binoan,  unga 
so’ngi 
tuzatish 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
kompleks(bo’lim)lari tomonidan berilgan taklif asosida amalga oshiriladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  VMining  12  sentyabr  2003  yildagi  395-sonli 
qarorining 4-ilovasi, O’zbekiston Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish 
tartibi  to’g’risidagi  yo’riqnomaga  asosan  kiritilishi  mumkin  bo’lgan  tuzatishlar 
chegarasini,  masalan,  boshqa  idoralar  tomonidan  dasturdan  chiqarib  tashlangan 
loyihalarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaytadan dasturga kiritish mumkinligi, 
loyiha qiymatini yoki boshqa ko’rsatkichlarini o’zgartirish kiritish imkoniyatlarini 
aniq belgilab bermaydi. 
 
2. Davlat xaridining  tashkiliy shakllari 
 
Xalqaro amaliyotda davlat mablag’lari hisobiga tovar, ish, xizmatlarni xarid 
qilishda  bir  necha  raqobatbardosh  usullar  belgilangan  bo’lib,  bu  usullarga 
asoslanib davlat buyurtmachilari shartnomada belgilanishi lozim bo’lgan yetkazib 
beruvchi, pudratchi yoki ish bajaruvchini o’zlari tanlash huquqiga egadirlar.  
Byudjet  tashkiloti  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  ehtiyojlarini 
qondirish  jarayonida  yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)ni  tanlashning 
qaysi usulini qo’llash – mavjud shartlar va qanday tovar, ish, xizmatlar kerakligiga 
bog’liq.  
Xalqaro  amaliyotda  davlat  xaridi  quyidagi    tashkiliy  shakllarda  amalga 
oshiriladi: 
1. 
Ochiq  tanlov.  Ochiq  tanlov  deganda  shunday  tanlov  turi  tushuniladiki,  bunda 
buyurtmachi  tomonidan  xarid  to’g’risidagi  ma’lumot  va  kerakli  tanlov  hujjatlari  yagona 
informatsion  tizimda  chegaralanmagan  miqdordagi  shaxslar  uchun  joylashtiriladi  va  xarid 
ishtirokchilariga yagona talablar qo’yiladi.  
Raqobatbardosh xaridlarning asosiy usuli ochiq tanlov bo’lib, bunda tanlov 
o’tkazilishi  to’g’risidagi  xabarnomani  olgan  har  qanday  mol  yetkazib  beruvchi 
tanlovda ishtirok etishi mumkin.  

Tanlov  g’olibi  bo’lib,  shartnomani  bajarish  uchun  eng  yaxshi  shartlarni 
taklif qilgan shaxs hisoblanadi.  Odatda, bu  tanlovda  juda katta  hajmdagi hujjatlar 
talab etiladi.  
2. 
Ishtiroki  chegaralanga  tanlov.  Ishtiroki  chegaralangan  tanlovda  buyurtmachi 
tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim 
orqali  chegaralanmagan  miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga  yagona 
va qo’shimcha talablar qo’yiladi hamda bu tanlov g’olibi kvalifikatsionoldi tanlovdan o’tgan xarid 
ishtirokchilari orasidan aniqlanadi.  
Ishtiroki chegaralangan tanlov quyidagi hollarda qo’llaniladi:  
-  agar  tovar  yetkazib  berish,  ishlar  bajarish  va  xizmatlar  ko’rsatish  uchun 
ularning  innovatsion,  yuqori  texnologik  yoki  maxsus  xarakterdagi  murakkablik 
darajada  bo’lsa  va  ularni    faqatgina  yuqori  malakali  mol  yetkazib  beruvchilar 
(pudratchilar, ish bajaruvchilar) amalga oshira olsa
-  xalqlarning tarixiy obidalari kabi madaniy obyektlarni saqlash bo’yicha 
ishlar bajarish
-  Muzey  Fondi  tarkibiga  kiritilgan  muzeylar  kolleksiyalari  va  muzey 
predmetlarini restavratsiya qilish; 
-  Arxiv fondining hujjatlarini restavratsiya qilish; 
-  Kutubxona  fondiga  kirga  qimmatli  va  noyob  hujjatlarni  restavratsiya 
qilish; 
-  Mazkur  muzey,  arxiv,  kutubxonalarda  ishlar  bajarish  uchun  ularning 
hisob  bazasi  hamda  muzey  kolleksiyalari  va  predmetlari,  arxivdagi  hujjatlarning 
xavfsizligini  ta’minlash  tizimiga  kirish  ruxsati  bo’lishi  lozim  bo’lgan  holatlar 
kiradi. 
Ishlarning  texnik  yoki  texnologik  darajasining  murakkabligi  sababli  hamda 
ularning  innovatsion,  yuqori  texnologiyali  va  maxsuslashtirilgan  xarakterda 
bo’lganligi sababli bu ishlarni faqatgina maxsus va yuqori malakaga ega bo’lgan 
mutaxassislar  bajarishi  lozim  bo’lgan  holatlar  ro’yxati  hukumat  tomonidan 
belgilab beriladi.  
3. 
Ikki bosqichli tanlov.  Ikki bosqichli tanlov deganda, buyurtmachi tomonidan xarid 
o’tkazilishi  va  tanlov  hujjatlari  to’g’risidagi  ma’lumot  yagona  informatsion  tizim  orqali 
chegaralanmagan  miqdordagi  shaxslar  uchun  joylashtirilib,  tanlov  ishtirokchilariga  yagona  va 
qo’shimcha  talablar  qo’yiladi  va  bu  tanlov  g’olibi  bo’lib,  tanlovning  ikkala  bosqichidan  (shu 
jumladan,  qo’shimcha  talablar  qo’yilganda,  birinchi  bosqichdagi  kvalifikatsiya  oldi  tanlovdan 
ham) o’tgan va ikkinchi bosqichda shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan 
shaxs g’olib hisoblanadigan tanlov tushuniladi. 
Buyurtmachi ikki bosqichli tanlovni quyidagi shartlarga binoan o’tkazishga 
haqli. Bular: 
1)  tanlov  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish,  loyihaviy  ishlar  (  shu  jumladan, 
arxitektura-qurilish  loyihalarini  tuzish)ni  bajarish,  tajribalar  o’tkazish,  ilmiy 
izlanish,  innovatsion  va  yuqori  texnologik  mahsulotni  yetkazib  berish, 

energoxizmat hamda adabiyot yoki san’at asarlarini yaratish bi;an bo’gliq bo’lgan 
shartnomalarni tuzish uchun o’tkazilishi kerak; 
2) xarid obyektining xususiyatlarini aniqlashtirish uchun xarid ishtirokchilari 
bilan uning muhokamasini o’tkazish shart. 
4. 
Elektron  shakldagi  auksion(elektron  auksion).Elektron  shakldagi  auksionda  , 
buyurtmachi  tomonidan  xarid  o’tkazilishi  va  tanlov  hujjatlari  to’g’risidagi  ma’lumot  yagona 
informatsion  tizim  orqali  chegaralanmagan  miqdordagi  shaxslar  uchun  joylashtirilib,  tanlov 
ishtirokchilariga  yagona va qo’shimcha talablar qo’yiladi va bunday auksion elektron maydonda 
uning operatori tomonidan olib boriladi. 
Auksion  g’olibi  bo’lib,  eng  past  shartnoma  narxini  taklif  qilgan  shaxs 
hisoblanadi.  
 Buyurtmachi  xarid  qilayotgan  tovar,  ish,  xizmatlar  Hukumat  tomonidan 
belgilangan  tovar,  ish,  xizmatlar  ro’yxati  tarkibida  yoki  davlat  hokimiyatining 
ijroiya  organi  tomonidan  belgilangan  qo’shimcha  ro’yxat  tarkibida  bo’lsagina 
elektron  auksionni  o’tkazishi  mumkin.  Bunda  ma’lum  kotirovkalarga  so’rov, 
ma’lum  takliflarga  so’rov  yoki  aynan  bir  mol  yetkazib  beruvchi  bilan  xaridni 
buyurtma qilish kabi holatlar bundan mustasnodir.  
Tovar,  ish,  xizmlatlar  yuqorida  aytib  o’tilgan,  davlat  tomonidan  belgilab 
qo’yilgan tovar, ish, xizmlatlar ro’yxatiga quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin: 
1)  xarid  obyektining  ta’rifini  aniq  va  to’liq  shakllantirish  imkoniyati 
bo’lganda; 
2)  bunday  auksion  g’olibini  aniqlash  talablarining  miqdoriy  va  pul 
ko’rinishidagi bahoga ega bo’lishi. 
Buyurtmachi  mazkur  maqoladagi  ro’yxatda  keltirilmagan  tovar,  ish, 
xizmatlarni ham elektron auksion orqali xaridini amalga oshirishi mumkin.  
5. 
Kotirovkalarga  so’rov.  Kotirovkalarga  so’rov  –  bu  buyurtmachi  (pudratchi,  ish 
bajaruvchi)ni  aniqlashning  usullardan  biri  bo’lib,  bunda  –davlat  va  munitsipal  ehtiyojlarni 
qondirish  uchun  xarid  qilinadigan  Tovar,  ish,  xizmatlar  to’g’risidagi  ma’lumot  yagona 
informatsion  tizim  orqali  chegaralanmagan  miqdordagi  shaxslarga  kotirovkalarga  so’rov 
o’tkazilayotganligidan  xabar  beriladi  va  bunda  eng  past  shartnoma  narxini  taklif  qilgan  xarid 
ishtirokchisi g’olib deb tan olinadi.  
Buyurtmachi  kotirovkalarga  so’rovni  shartnomaning  boshlang’ich 
(maksimal)  narxi  besh  yuz  ming  rubldan  oshmadan  taqdirda  amalga  oshirishi 
mumkin.  Bunda  kotriovkalarga  so’rov  orqali  amalga  oshiriladigan    yalpi  yillik 
xarid  hajmi  buyurtmachining  reja-jadvalida  tasdiqlangan  barcha  xaridlar  uchun 
mo’ljallangan  mablag’larning  o’n  foizidan  hamda  yiliga  yuz  million  rubldan 
oshmasligi kerak. 
6. 
Takliflarga  so’rov.Takliflarga  so’rov  deganda,  buyurtmachi  (pudratchi,  ish 
bajaruvchi)ni  aniqlashning  usullardan  biri  tushunilib,  bunda  davlat  va  munitsipal  ehtiyojlarni 
qondirish uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion 
tizim  orqali  chegaralanmagan  miqdordagi  shaxslarga  takliflarga  so’rov  o’tkazilayotganligi 

to’g’risida  xabar  joylashtiriladi  va  so’rov  g’olibi  bo’lib,  buyurtmachining  tovar,  ish,  xizmatlarga 
bo’lgan talablariga maksimal darajada javob beradigan yakuniy taklifni kiritgan shaxs hisoblanadi.  
Buyurtmachi  xaridni  takliflarga  so’rov  orqali  quyidagi  hollarda  amalga 
oshirishi mumkin: 
1) olimpiya va paralimpiya sport turlariga sport terma jamoalarini tayyorlash 
hamda  ularning  Olimpiya  va  Paralimpiya  o’yinlarida  qatnashishi  uchun  sport 
inventarlari  va  jihozlari,  sport  uskunalarini  yetkazib  berish  uchun  shartnomalar 
tuzganda; 
2) ijroiya hokimiyati tomonidan hukumatning qoidalariga asoslangan holda, 
fuqarosining  chet  elda  davolanishi  uchun  chet  el  tashkiloti  bilan  shartnoma 
tuzilganda; 
3)    diplomatik  va  konsullik  vakolatxonalari,  savdo  tashkilotlari,  xalqaro 
tashkilotlar  qarashli  rasmiy  vakolatxonalar  va  boshqa  buyurtmachilarning 
mamlakat  hududidan  tashqarida  xaridlar  amalga  oshirganda,  bunda  xarid 
shartnimasining  boshlang’ich  (maksimal)  narxi  o’n  besh  million  rubldan 
oshmasligi kerak; 
4)  shartnoma predmeti bo’lgan tovar, ish, xizmatlarni xarid qilish bitimini 
qonunga muvofiq bekor qilinganda. Bunda agar bitim bekor qilinishidan oldin mol 
yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)  shartnomada  ko’rsatilgan 
majburiyatlarning  bir  qismini  bajargan  bo’lsa,  u  holda  yangi  tuziladigan 
shartnomada  xarid  qilinayotgan  tovar,  ish,  xizmatlar  hajmi  shartnoma  bekor 
qilinishidan oldin xarid qilingan Tovar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar 
hajmiga  kamaytirilib  ko’rsatilishi  hamda  shartnoma  summasi  ularga  mos  holda 
kamaytirilib qo’yilishi shart.   
5)  bemorning  kasallik  hujjatlarida  aks  ettirilishi  lozim  bo’lgan  hamda 
shifokorlar  komissiyasi  ko’rsatmasiga  muvofiq  bemorning  tibbiy  ko’rsatmalari 
(dorini  individual  qabul  qilolmaslik,  hayotiylik  ko’rsatkichlari  bilan  bog’liq 
holatlar)  bo’lganda  dori-darmonlarning  xaridini  amalga  oshirganda.  Bunda  xarid 
qilinadigan  dori-darmonlar  hajmi  bemor  davolanish  davrida  qabul  qilishi  kerak 
bo’lgan  barcha  dori-darmonlar  hajmidan  oshmasligi  kerak.  Bundan  tashqari  bitta 
shartnoma  predmeti  hisoblangan  dori-darmonlar  ikki  yoki  undan  ortiq  bemorlar 
uchun tuzilishi mumkin emas; 
7) Hukumat  ijroiya hokimiyati tomonidan tasdiqlangan tartibda ro’yxatdan 
o’tgan xalqlarning san’at asarlarining namunalarini xarid qilganda; 
8) jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan chet el davlatlarini, xalqaro sud 
va  arbitraj  e’tirozlarini  sud  organlariga  topshirish  holatlarda  davlat    tomonini 
himoya  qilish  maqsadida  chet  el  va  rus  mutaxassislarni,  ekspert  va  advokatlarni 
jalb qilib, ularning xizmatini xarid qilganda. 
7. 
Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli. Yetkazib 
beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)ni  aniqlashning  yopiq  usuli  deganda,  yopiq  tanlov,  ishtiroki 

chegaralangan  yopiq tanlov, ikki bosqichli yopiq tanlov,  yopiq auksion tushunilib, unda qonunga 
muvofiq  buyurtmachi  qonunda  belgilangan  talablarga  javob  beradigan  va  tovar  yetkazib  berish, 
ishlar  bajarish,  xizmatlar  ko’rsata  oladigan  chegaralangan  miqdordagi  shaxslarga  xarid,  uning 
hujjatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda tanlovda ishtirok etishi uchun taklifnomani yuboradi. 
Yopiq tanlov o’tkazilishining shartlari quyidagilar: 
1)  davlat ehtiyojlarni qondirish uchun. tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda 
hamda agar bu ehtiyojlar davlat siri bo’lib hisoblansa; 
2)  davlat  siri  bo’lib  hisoblangan  ehtiyojlarn  iqondirish  uchun  tovar,  ish, 
xizmatlarni  xarid  qilganda  hamda  agar  ular  xarid  to’g’risidag  ihujjatlarda  yoki 
shartnoma loyihasida ko’rsatilgan bo’lsa; 
3)    Qimmatbaho  metallar  va  toshlar  Davlat  fondining  buyumlarinis  ug’urta 
qilish,  yetkazib  berish  va  muhofaza  qilish  kabi  xizmatlarni  ko’rsatish  bo’yicha, 
muzey  predmetlari  va  kolleksiyalarini,  noyob  va  qimmatbaho  nashrlar, 
qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari (shujumladan, ularning nusxalari) va tarixiy, badiiy 
va  madaniy  xarakterdagi  bo’lgan  boshqa  buyumlarn  ibuyurtmachidan  jismoniy 
yoki  yuridik  shaxsga  topshirilganda  yoki  jismoniy,  yuridik  shaxslardan  yetkazib 
beruvchigat  opshirilganda,    davlat  hududidayoki  uning  tashqarisida  ko’rgazma 
o’tkazilayotganda  ularni  sug’urta  qilish,  yetkazib  berish  va  muhofaza  qilish 
xizmatlarini xarid qilganda; 
4) ma’lum bir bino xonalarini tozalash hamda sudya va sud ijrochilari uchun 
haydovchi xizmatlarini xarid qilganda. 
8. 
Xaridni  yagona  yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)  bilan  amalga 
oshirish.  Xaridni  yagona  yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)  bilan  amalga  oshirish 
odatda ma’lum qonunda qat’iy belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.  
O’zbekiston Respublikasida xaridni tashkiliy shakllari Vazirlar mahkamasining 
2000  yil  21  noyabrdagi  456-sonli,    tovar  etkazib  beruvchilar  bilan  bir  qatorda, 
mamlakatimiz  korxonalarini,  kichik  biznes  sub’ektlarini  tender  savdolarida  jalb 
etish maqsadida ishlab chiqilgan  qarori bilan belgilanadi. 
Xaridni  tashkiliy  shakllari  –  sotib  olish  jarayoni  va  mol  etkazib  beruvchini 
(xizmat  ko’rsatuvchini)  tanlash,  davlat  sotib  oluvchi  organi  tomonidan  mustaqil 
amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi  qarorga  muvofiq  tender  savdolari  100  ming  AQSh  dollariga  teng 
miqdordan  ortiq  bitta  shartnoma  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga 
oshirishda o’tkaziladi. 
Qiymati  100  ming  AQSh  dollariga  teng  miqdordan  kam  bo’lgan  bitta 
shartnoma  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga  oshirishda,  xaridlar  eng 
yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Ammo, tadqiqotlar 
shuni  ko’rsatadiki,  bugungi  kunda  «eng  yaxshi  tanlov  takliflari”ni  tanlab  olish 
jarayonini  va tartibini aniq belgilab beruvchi, birorta ham tartibga soluvchi hujjat 
mavjud emas. 

Quyidagi  hollarda  tender(tanlov)  o’tkazmasdan  tovar  etkazib  beruvchilar 
(bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin: 
1) tovarlar etkazib berish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati sohasiga 
tegishli bo’lganda; 
2) tovarlar birja orqali xarid qilinganda
3) shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmagan 
summada tovarlar sotib olinganda
4)tarix  va  madaniyat  yodgorliklari  sifatida  davlat  muhofazasiga  olingan 
hamda  davlat  muzey,  kutubxona,  arxiv  fondlarini,  kino-foto-fondini  va  boshqa 
shunga  o’xshash  fondlarni  to’ldirish  uchun  mo’ljallangan  tarixiy,  badiiy  yoki 
boshqa  madaniyat  ahamiyatiga  molik  madaniy  boyliklar  (sur’atlar,  haykallar, 
adabiy  asarlar  va  boshqalar),  shu  jumladan,  muzey  predmetlari  va  muzey 
to’plamlari,  shuningdek,  nodir  va  qimmatli  nashrlar  va  qo’lyozmalar,  arxiv 
hujjatlari, jumladan ularning nusxalarini etkazib berishni amalga oshirganda
5) tovarlarni sotishga alohida huquqi bo’lgan faqat bitta etkazib beruvchidan 
tovarlar xarid qilish mumkin bo’lganda; 
6) 
tuzilgan 
shartnomaning 
shartlari 
dastlabki 
shartnoma 
umumiy 
summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng qo’shimcha ishlarni bajarish 
maqsadida o’zgarganda; 
7)  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishni  amalga oshirish  faqat davlat  hokimiyati 
va  boshqaruv  organlari  tomonidan  yoki  ularga  bo’ysunuvchi  davlat  muassasalari 
va  korxonalari  tomonidan  ularning  vakolatlariga  muvofiq  mumkin  bo’lgan  ishlar 
yoki xizmatlarga ehtiyoj tug’ilganda; 
8) engib bo’lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar, avariyalar va 
hokazolar)  oqibatlarini  bartaraf  etish  (oldini  olish)  uchun  zarur  bo’lgan  muayyan 
tovarlarga tezkor ehtiyoj tug’ilganda, buning natijasida vaqtning yo’qotilishi talab 
qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo’llash maqsadga muvofiq 
bo’lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo’yicha); 
9)etkazib beruvchilarning  yoki  shartnomada  ularning  manfaatdorligi  yo’qligi 
sababli  buyurtmachi  tomonidan  tender  (tanlov)  bo’lib  o’tmagan  deb  hisoblash 
natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan  bo’lsa, buyurtmachining 
faoliyat  ko’rsatish  hududida  va  yaqin  joylashgan  tumanlarda  faqat  bitta  etkazib 
beruvchi  mavjud  bo’lsa;  shuningdek,  boshqa  joylardan  narx  kotirovkalarini  olish 
hech  qanday  foyda  olish  yoki  iqtisod  qilish  aniqlanganda;  transport  xarajatlari 
uchun  narxlar  oshib  ketishiga  olib  kelganda.  Bunda  yagona  etkazib  beruvchiga 

buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga 
oshiriladi
27
.  
Engib  bo’lmas  kuchlar  oqibatlarini  bartaraf  etish  (oldini  olish)  uchun 
tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki  shartnomada ularning 
manfaatdorligi yo’qligi sababli tenderni bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida, 
buyurtmachi  tender  o’tkazmasdan  yagona  etkazib  beruvchiga  buyurtmani 
joylashtirish  to’g’risidagi  qarorni  kelishish  uchun  tegishli  moliya  organlariga 
yozma murojaat yuboradi. 
Birja    savdolari  platformasida  faqatgina  birja  tovarlari  savdoga  chiqariladi. 
“Birja tovari” tushunchasiga - o‘z sifati, tuzilishi bilan bir turdagi xususiyatga ega 
bo‘lgan,  o‘zining  asosiy  va  aniqlovchi  parametrlari  bilan  xuddi  shunday  boshqa 
ishlab chiqaruvchining yoki boshqa partiyadagi tovar bilan o‘zaroalmashinuvchan-
lik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  tovar  kiradi  va  u  doimiy  ravishda  savdolarga 
chiqarilishi shart. 
Ko‘rgazma-yarmarka  savdo  tovarlariga  xususiyatlaridan  qat’iy  nazar, 
fuqarolik muomalasida bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, individual xususiyatga ega 
bo‘lgan  va  savdolarga  muntazam  ravishda  chiqarilmaydigan  yoki  kamdan-kam 
chiqariladigan tovarlar kiradi. 
Savdolar internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi, savdo bo‘yicha hisob-
kitoblar ham on-layn rejimida amalga oshiriladi. 
Elektron xaridlar birja savdolari tarkibiga kirib, davlat va korporativ xaridlar 
bo‘yicha boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion savdolardan tashkil 
topgan.Elektron  savdolar  O‘zbekiston  bo‘ylab  internet  orqali  real  vaqt  rejimida 
olib boriladi. 
Elektron  katalog  -  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  usuli  bo‘lib,  unda 
buyurtmachi tizimlashtirilgan elektron katalogdan yetkazib beruvchilar tomonidan 
joylashtirilgan  tovarni  tanlaydi.  Elektron  katalog  birjaning  maxsus  axborot 
portalida  yetkazib  beruvchilar  tomonidan  buyurtmachilarga  yo‘naltirilgan 
takliflardan shakllanadi. 
To’g’ridan-to’g’ri  shartnomalarni  tuzish  holatlariVazirlar  Mahkamasining 
456-sonli  “Tender  savdolarini  tashkil  etishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Qarorida keltirilgan. 
Shartnomani  ijrosining  sifati  va  muddatlarini  baholash  sotib  oluvchi 
tomonidan  mustaqil  amalga  oshiriladi.  Shartnomalar  bo‘yicha  to‘lovlar 
g’aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
                                           
27
    VazirlarМahkamasining  2000  yil  21  noyabrdagi  456-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  “Xom  ashyo,  materiallar, 
butlovchi  qismlar  va  jihozlarni  sotib  olish  yuzasidan  tender  savdolarini  o’tkazish  to’g’risidagi  Nizom”ning  5-1 
punkti. 

Yagona  etkazib  beruvchiga  buyurtmani  joylashtirish  to’g’risidagi  qarorning 
kelishish  muddati,  tegishli  moliya  organiga  kelishish  to’g’risida  murojaat  kelib 
tushgan kundan boshlab, o’n ish kunidan oshmasligi kerak. 
Buyurtmachi  tomonidan  tender  bo’lib  o’tmagan  deb  hisoblash  natijasida 
yagona  etkazib  beruvchiga  buyurtmani  joylashtirish  to’g’risidagi  qaror  qabul 
qilingan  taqdirda  uni  kelishish  uchun  tegishli  moliya  organiga  murojaatdan 
tashqari, tender bo’lib o’tmagan deb hisoblash to’g’risidagi hujjatlarning nusxalari 
ham taqdim qilinadi. Bunda shartnoma yagona etkazib beruvchi bilan faqat tender 
hujjatlarida  nazarda  tutilgan  shartlarda  tuzilishi  mumkin,  tuzilgan  shartnoma 
bahosi  tender  o’tkazish  to’g’risidagi  xabarnomada  ko’rsatilgan  shartnomaning 
dastlabki bahosidan oshmasligi kerak
28
.  
Tender  bo’yicha  xaridlarda  qatnashuvchi  mamlakatimiz  tovar  ishlab 
chiqaruvchilari  (etkazib  beruvchilari)  bilan  hisob-kitoblar  so’mlarda  amalga 
oshiriladi. Qarorlarni oshkora va xolisona qabul qilish, mamlakatimiz tovar ishlab 
chiqaruvchilari  (etkazib  beruvchilari)  uchun  ustuvorlikni  saqlagan  holda  tender 
qatnashchilari  uchun teng  raqobat  sharoitlari  yaratish tenderlar  o’tkazishni tashkil 
etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi. 
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan 
mustaqil  amalga  oshiriladi.  Shartnomalar  bo’yicha  to’lovlar  g’aznachilik 
organlarida ro’yxatdan o’tgandan so’ng amalga oshiriladi. 
 
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling