Pensiya ishi


“Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.04.2020
Hajmi1.58 Mb.
#99846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat xaridi umk[1]


 
2. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari 
 “Davlat  xaridi”  fani  boshqa  fanlar  singari  o’ziga  xos  predmet,  maqsad  va 
vazifalarga ega. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti byudjet tashkilotlari, byudjet va 
byudjetdan  tashqari  jamg’armalardan  mablag’  oluvchilarning  ehtiyojlari  uchun 
tovar(ish,xizmatlar),  sotib  olish,    davlat  ehtiyojlari  uchun  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlari  xarid  qilish  va  davlat  tomonidan  ayrim  turdagi  tovar  va  xizmatlar 
narxlarini tartibga solish mexanizmi va jarayonlaridir. 
 “Davlat  xaridi”  fanining  predmeti    esa  byudjet  tashkilotlari,  byudjet  va 
byudjetdan  tashqari  jamg’armalardan  mablag’  oluvchilarning  ehtiyojlari  uchun 
tovar(ish,xizmatlar)ni  sotib  olish,    davlat  ehtiyojlari  uchun  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlarini   xarid  qilish va davlat tomonidan  ayrim  turdagi  tovar  va  xizmatlar 
narxlarini  tartibga  solish  mexanizmidagi  iqtisodiy  va  moliyaviy  munosabatlarni 
o’rganishdir. Fanning predmeti ana shu mexanizmni chuqur o’rganish, uni to’g’ri 
tashkil  qilishni  ta’minlashdir.  To’g’ri  tashkil  etish  deganda  davlat  xaridi 
munosabatlarida  qatnashuvchi  tomonlarning  iqtisodiy  manfaatini  e’tiborga  olib, 
ular  o’rtasidagi  zaruriy  muvozanatni  saqlash  kabi  munosabatlarni  tashkil  qilish 
tushuniladi.  Bu  muvozanatni  saqlashda  tomonlar  manfaatini  ochiqlik  va 
raqobatlilik tamoyillariga amal qilish zarur bo’ladi.  
Demak,  “Davlat  xaridi”  fanini  chuqur  o’rganish  orqali  amaliyotda  davlat 
byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarining  mablag’lari  hisobidan  byudjet 
tashkilotlari,  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalardan  mablag’ 
oluvchilarning  ehtiyojlari  uchun  tovar(ish,xizmat)larni  muqobil  variantda  sotib 
olishga,  davlat  ehtiyojlari  uchun  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini    optimal  tarzda 
xarid  qilishga  va  davlat  tomonidan  ayrim  turdagi  tovar  va  xizmatlar  narxlarini 
bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlariga  va  davlat  siyosati  talablaridan  kelib  chiqqan 
holda tartibga solishga erishish mumkin.  

Fanning  maqsadi  esa  bo’lajak  moliya  tizimidagi    mutaxassislarda,  ya’ni 
talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va 
mexanizmi,  davlat  xaridini  tashkil  etish  hamda  narxlarni  tartibga  solish  va 
boshqarishdagi  mavjud  muammolar  hamda  ularni  bartaraf  etishning  istiqbol 
yo’nalishlari,  xorijiy  davlatlarning  Davlat  xaridi  tizimi  bo’yicha  nazariy-amaliy 
bilimlarni shakllantirishdan iborat. 
Fanning  vazifasi    esa    talabalarga    davlat  xaridining    iqtisodiy  ahamiyati; 
davlat  xaridining  predmeti  va  sub’ektlari;  davlat  xaridini  tashkil  etish  modellari; 
O’zbekiston  Respublikasida  davlat  xaridini  isloh  etish  borasida  hukumat 
tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi 
bo’yicha  shartnomadan  ko’zlangan  maqsad;  O’zbekiston  Respublikasida  Davlat 
xaridini tashkil etish jarayoni; davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil 
etish  shakllari;  shartnomani  tuzish  va  ijro  etish;  davlat  xaridini  nazorat  tizimi, 
baho,    talab  va  taklif  xususiyatlari,    ularning  shakllanishini  o’rganish;  narxlarini 
shakllantirishning  o’ziga  xos  xususiyatlarini,    uslublarini  o’rganish;  narxning 
shakllanishiga  xarajatlarning  va  daromadlarning  ta’sirini    o’rganish;  iqtisodiyot 
tarmoqlarida  narx  shakllanish  xususiyatlari    bilan  tanishish;  davlatning  narx 
siyosati  haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat. 
 
3.  “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi 
 
Har  bir  fanning  metodi  ob’ektiv  borliqni,  tabiat  va  jamiyatni  rivojlanishni 
o’rganishda  qanday  yondashish  lozimligini    ko’rsatadi.  Fanning  o’z  predmetini 
o’rganish  usullari,  vositalari  uni  metodi
3
ni  ifodalaydi.  Metod  bu  ilmiy  bilishning 
tamoyillari  tizimi,  yo’llari,  qonun  -  qoidalari  va  aniq  hodisalaridir.  Metod  t 
umumilmiy  tavsifga ega,  lekin      xar bir  fan      o’zining  predmetidan  kelib  chiqib, 
o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va 
ayni vaqtda xususiy bo’ladi.    
 Dialektika  ilmiy  bilishning  umumiy  usuli  bo’lib  xizmat  qiladi.  Dialektik  
uslubning  mohiyati  shundan  iboratki,    iqtisodiy  xayotning    barcha  xodisalari  va 
jarayonlari  o’zaro  bog’liqlikda  va  to’xtovsiz  rivojlanishda  qo’rib  chiqiladi. 
O’zgarish 
va 
rivojlanishlar 
qarama-qarshiliklar 
qonuniyatlari 
asosida 
bo’lib,ob’ektiv  haqiqat,  haqiqiy  borliq  ifodalanadi  deb  qaraladi.  Ya’ni,  har  bir 
jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar 
sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni inkor qilish, 
                                           
3
  Metod-grekcha  “metodos”  so’zidan  olingan  bo’lib,  nazariyot,  ta’limot  va  amaliyotlarni  o’rganishdagi  izlanishlar 
yo’li degan ma’noni anglatadi.  

qarama  qarshilik  kurashiga,  eskini  tugashi  va  yangi  ilg’orjarayonlarni  paydo 
bo’lish xususiyatiga ega bo’ladi. 
“Davlat xaridi” fanining  boshqa iqtisodiy fanlar singari o’ziga xos tadqiqot 
usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: 
A) ilmiy abstraktsiya usuli - voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi 
mumqin  bo’lgan  ikkinchi  darajali  belgilari  e’tibordan  chetlashtirilib, 
o’rganilayotgan        jarayonning  asl  mohiyatiga,  tegishli  belgilarga  e’tiborini 
qaratishdir . 
B)  taxlil  va  sintez  usuli  –  taxlil  bu  o’rganilayotgan  bir  butunni  alohida 
qismllarga  ajratish  va  ularni  izchillik  bilan  tahlil  qilish,  sintez  esa  -  hodisa  va 
jarayonlarni    qismlarga bo’lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir. 
S)  mantiqiylik  va  tarixiylikning  birligi  usuli  -tarixiylik  dalili  iqtisodiy 
fanlarda  ham      tarixiy  nuqtai  nazaridan        tadqiqot    olib  borishni  zarur  qilib 
qo’yadi.Chunki iqtisodiy  jarayonlar  jamiyatning   tarixiy  rivojlanish  bosqichlarida 
ro’y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, 
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha xam tahlil qilinadi. 
 “Davlat  xaridi”  fanini  o’rganishda    shuningdek,  induktsiya  va  deduktsiya
taqqoslash,  iqtisodiy-matematik  usullardan  ham  foydalaniladi.  Ta’kidlash  joizki, 
bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini boshqarishda iqtisodiy-matematik 
usullardan  keng  foydalanilmoqda.  Iqtisodiy-matematik  usullarga  korrelyatsion  va 
regratsion  tahlil  usuli,  integral  usuli,  chiziqli  programmalashtirish,  grafik  usullar 
kabi 
usullar 
kiradi. 
Iqtisodiy-matematik 
usullar 
iqtisodiy 
axborotlarni 
kompyuterlarga  kiritish,  hisoblash  va  qayta  ishlash,  chuqur  tahlil  qilish,  tegishli 
hisobot ma’lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma’lumotlarni qisqa fursatda mas’ul 
idora va tashkilotlarga yuborishda qo’llaniladi.  
Bu usullar  yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmuni, ularda 
yuz  berayotgan  o’zgarishlar,  ularning  kelib  chiqish      sabablari      aniqlanib  va 
zaruriy xulosalarga  kelinadi
Hozirgi  kunda  davlat  moliyasini  isloh  qilish  sharotida    iqtisodiy  jarayonlar 
va munosabatlardagi o’zgarishlar har bir fan mazmunini sifat jihatdan yangilashni, 
tubdan qayta ko’rib chiqishni taqazo qilmoqda.  
“Davlat xaridi”  fani mazkur ob’ektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy 
fan bo’lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga 
rioya qiladi. Ya’ni, ko’pgina iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’likda bo’ladi.  
Jumladan,  “Davlat  xaridi”    fani  “Iqtisodiyot  nazariyasi”  fani  bilan 
chambarchars    bog’liqdir.  “Iqtisodiyot  nazariyasi”da  iqtisodiy  kategoriyalar  va 
atamalarning  mazmuni  va  mohiyati  ochib  berilsa,  “Davlat  xaridi”    fanida  ushbu 
iqtisodiy  kategoriyalar  va  atamalarning  amal  qilish  mexanizmi  o’rganiladi. 
Masalan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida “bozor” degan atamaning mazmuni nima 

ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari haqida nazariy bilimga ega bo’lsak,  “Davlat 
xaridi”  fanida “bozor”ning hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, 
elektron  auktsion  savdolari,  elektron  katalog  orqali  savdolar,  ochiq  va  yopiq 
tenderlar hamda ularni amalga oshirish tartibini o’rganamiz. 
“Davlat xaridi”  fani “Moliya” fani bilan ham bog’liqdir. Masalan, “Moliya” 
fanining  “Davlat  byudjeti  xarajatlari”  degan  mavzusida  byudjet  xarajatlarining 
tarkibi,  xarajatlar  smetalar  asosida  moliyalashtirish  tartibi  tushuntirilsa,  “Davlat 
xaridi”    fanida  ana  shu  smetalarning  uchinchi  va  to’rtinchi  guruhlarida  aks 
ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o’rganiladi. 
O’zbekistonda davlat byudjetining g’azna ijrosi amal qilishi, yagona g’azna 
hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari 
bo’yicha  Hukumat  Komissiyasining  ishchi  organi  -  O’zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligining  G’aznachiligi  ekanligi,  davlat  xaridlari  tizimida  tuzilgan 
shartnomalarni,  yuridik  majburiyatlarni  va  ushbu  shartnomalarni  moliyalashtirish 
yuzasidan  moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatga  olish,  ularni  moliyalashtirish 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  G’aznachiligi  va  uning  hududiy 
bo’linmalari  tomonidan  amalga  oshirilishi  bevosita    “Davlat  xaridi”    fanini 
“G’aznachilik” fanini o’zaro bog’liqda o’rganishni talab qiladi.  
Davlat  xaridlari    tizimida  yarmarka  savdolari,  birja  savdolari,  elektron 
auktsion savdolarining qo’llanishi, mazkur savdo turlari va ularning ishtirokchilari, 
savdolarga  va  undagi  ishtirokchilarga  qo’yilgan  talablar  yuzasidan  etarli  
ma’lumotga ega bo’lish uchun  “Davlat xaridi” fanini o’rganishda “Moliya bozori” 
fanini ham puxta bilish talab etiladi. 
“Davlat byudjeti” fanida davlat byudjetining funktsional xarajatlari, byudjet 
so’rovini  tayyorlash  va  taqdim  etish  tartibi,  hamda  belgilangan  norma  va 
normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish, byudjetdan 
moliyalashtirish  kabi  byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilar 
faoliyatidagi  asosiy  jarayonlarni  o’rgatilishi    “Davlat  xaridi”  fanini  “Davlat 
byudjeti” fanini bevosita bog’ligini ko’rsatadi.  
Byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  davlat 
xaridi    tizimida  xarid  qilingan  tovar(ish,xizmatlar)  yuzasidan  belgilangan  tartibda 
buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni yuritishning zaruriyati “Byudjet 
hisobi”  fanini  ham    “Davlat  xaridi”  fani  bilan  iqtisodiy  aloqadorligini  namoyon 
qiladi. 
Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg’armalar mablag’laridan oqilona va 
tejamkorlik  asosida  maqsadli  foydalanganlik  darajasi,  davlat  xaridi    tizimini 
amaldagi  qonunchilik  doirasida  amalga  oshirilishi,  byudjet  tashkilotlari  va 
byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  moliyaviy  qonunchilikka  rioya  etilishi 
ustidan davriy ravishda nazorat organlari tomonidan    moliyaviy  nazoratni amalga 

oshirilib turilishi, “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bevosita 
bog’liqligini ko’rsatadi. 
Shuningdek,  “Davlat  xaridi”  fanida    davlat  xaridi    tizimini  baholash, 
o’tkazilgan  savdolar,  undagi  iqtisodiy  ko’rsatkichlarni  ma’lum  bir  davr  bilan 
taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun “Iqtisodiy matematika” 
va “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan yaxshigina xabardor bo’lish talab etiladi.  
Va  nihoyat,  “Davlat  xaridi”  fanida  elektron  auktsion  savdolar  va  elektron 
katalog  orqali  savdolarini  amalga  oshirish  va  o’tkazishning  tashkiliy 
mexanizmlarini  yaxshi  tushunish  uchun  “Iqtisodiyotda  axborot  texnologiyalari” 
fanidan etarli ko’nikmaga ega bo’lish lozim. 
 
Nazorat uchun savollar: 
 
1.  “Davlat xaridi” fanining shakllanishi  va zarurligini qanday izohlash mumkin? 
2.  O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish qachondan boshlandi? 
3.  Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
4.  Maskur fanning qanday o’rganish metodlari mavjud? 
5.  “Davlat xaridi” fani qanday fanlar bilan o’zaro bog’liq? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.  Karimov I. A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab,islohotlar yo’lidan izchil borish – asosiy 
vazifamiz.  T.:«O’zbekiston», 2004, 4-bet. 
2.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor 
yo’nalishlariga 
bag’ishlangan 
Vazirlar 
Mahkamasining 
majlisidagi 
ma’ruzasi.www.press_service.uz 
3.  Burxonov U.A. “Davlat xaridi”   O’quv qo’llanma. Infa com.uz MChJ-2010 yil.  
4.  Burxonov  U.A.,  Atamuradov  T.T.  “Davlat  xaridi”      O’quv  qo’llanma.  Fan  va  texnologiya  -
2012 yil.  
5.  Vahobov A., Malikov T. Moliya. Darslik. Toshkent, “Noshir”, 2011 y. 712 b. 
 
 

2-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-
IQTISODIY AHAMIYATI VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI 
REJA: 
1.  Davlat xaridining  mohiyati va zaruriyati 
2.  Davlat xaridi tizimining sub’yektlari va xarid predmeti 
3.  Davlat xaridiga oid nazariy qarashlar 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Davlat  xaridi,  davlat  xaridi  tizimi,  davlat  xaridining  sub’yektlari,  davlat 
buyurtmachilari,  tashqi  nazorat  organlari,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruv  organlari, 
tovarlar  va  xizmatlar  etkazib  beruvchilar,  davlat  xaridining  predmeti,  davlat 
xaridiga oid nazariy qarashlar 
 
1. Davlat xaridining  mohiyati va zaruriyati 
 
 O’zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligini  qo’lga  kiritgan  dastlabki 
kunlardan  boshlab  ijtimoiy  yo’naltiriligan  bozor  iqtisodiyoti  sari  islohotlarni 
bosqichma-bosqich  amalga oshirmoqda.  
Davlat  tizimi  va  boshqaruv  sohasidagi  islohotlar  natijasida  xarajatlarni 
boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o’z navbatida, davlat 
mablag’larini  sarflanishi  samaradorligini  ta’minlashga,  uning  zamonoviy 
boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi. 
Xalqaro  miqiyosda  yuzaga  kelgan  yangi  iqtisodiy  vaziyat,  davlat  mablag’lari 
hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning 
muhimligini oshirmoqda. 
Ma’lumki, davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi 
zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli 
tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko’tarishga, hamda 
ijtimoiy  vazifalarni  bajarishga  qaratilgan,  davlatni  boshqarish,  mudofaani 
ta’minlash  kabi  aniq  maqsadlarga  yo’naltirilgan,  rejalashtirilgan  xarajatlardan 
iborat  bo’ladi.  Umumdavlat  xarajatlari,  asosan,  davlat  byudjeti  va  davlatning 
boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi.  
Davlat 
byudjetining 
iqtisodiy 
tushunchasi, 
umumjamiyat 
miqyosida 
markazlashgan,  davlat  ishtirokida  to’plangan  va  sarflanadigan  moliyaviy 
resurslarni anglatadi.  
Davlat  xarajatlarining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  davlat  xaridi  alohida 
o’ringa ega.  
Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida muhim o’rin 
egallaydi 
hamda 
fondlar 
hamda  investitsiyani  samarali 
o’zlashtirishga 
yo’naltirilgan  uzluksiz  jarayon  hisoblanadi.  O’zbek  tilidagi  “xarid”  termini 

(inglizchada, procurement - prokyurment) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda 
ishlatilib,  zamonoviy  tushunchalarda  mahsulotlarni,  bajarilgan  ishlarni  yoki 
ko’rsatilgan  xizmatlarni  ma’lum  haq  evaziga  olish  demakdir  (inglizchada, 
procurement of goods, works and services). 
Davlat  xaridi  -  bu  davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  va  xizmatlarni  qisman 
yoki to’liq davlat mablag’lari evaziga sotib olishdir
4
.  
Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday 
ekan,  davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  rejalashtirish  va  amalga  oshirish  hamda 
nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. 
Davlat  xaridi  davlat  infratuzilmasini  moddiy-moliyaviy  ta’minlash  uchun 
amalga  oshiriladi.  Davlat  infratuzilmasini  umumiy  tarzda  ikkita  yirik  tarkibiy 
qismiga ajratish mumkin:  

  iqtisodiy  infratuzilma  (transport,  maishiy  xizmatlar,  kundalik  iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo’lgan infratuzilmalar);  

  ijtimoiy  infratuzilma  (maktablar,  shifoxonalar,  kutubxonalar,  yoki 
boshqacha  aytganda,  jamiyat  kundalik  hayoti  uchun  birlamchi  infratuzilmalar). 
Ijtimoiy  sohalarga  Davlat  xaridini  amalga  oshirish  zarurati  umumjamiyat 
manfaatlaridan  kelib  chiqadi.  O’zbekistonda  ijtimoiy  sohalarga  investitsiyalar  va 
davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.  
Davlat  moliyasini  boshqarishni    isloh  etish  bo’yicha  amalga  oshirilayotgan 
o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh 
etish,  uni  tartibga  soluvchi  huquqiy  bazani  shakllantirish,  davlat  xarajatlari 
samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. 
Davlat  xaridini  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  uchun  quyidagi 
elementlardan  foydalanish  samarali  yo’nalish  hisoblanadi:  davlat  xaridini 
boshqarish  yuzasidan  ilg’or  xorijiy  tajribalardan  foydalanish;  davlat  xaridi 
siyosatini  davlatning  iqtisodiy  siyosati  maqsadlariga  muvofiqlashtirish;  davlat 
xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq 
etish. 
Davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  amalga  oshirish  mexanizmining  samarali 
bo’lishi,  ko’p  jihatdan,    davlat  xaridi  uchun  qaror  qabul  qilayotgan  davlat 
xizmatchilarining 
kvalifikatsiya 
darajasi, 
professional 
tayyorgarligi 
va 
haqqoniyligiga bog’liq.  Ko’pgina davlatlarda davlat xaridi bilan  shug’ullanadigan 
xodimlarni  tayyorlash  va  ular  malakasini  oshirish  bevosita  hukumatning 
zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  hukumati  tomonidan  yuqoridagi  ko’rsatilagan 
yo’nalishlardagi muammolarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat 
                                           
4
 У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf 
 

xaridini  amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  sub’ektlar  ishtirokida,  davlat 
xaridi 
jarayonining 
mexanizmlarini 
hamda 
uning 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish bo’yicha faol ish olib borilmoqda. Xususan, davlat xaridi tizimini 
boshqarish  bo’yicha  tizimli  yondoshuvga  bo’lgan  talab  hamda  davlat  xaridining 
iqtisodiyotning  ayrim  sohalariga  bo’lgan  ta’sir  etuvchi  mexanizm  sifatida 
foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda. 
O’zbekistonda  davlat  xaridining  hajmi  YaIMning  11  foizini  tashkil  etgani 
holda,  uni  iqtisodiy  o’sishga  ta’sir  etuvchi  muhim  omil  ekanligini  ko’rsatadi. 
Davlat  xaridi  YaIMni  shakllanishiga  to’g’ridan-to’g’ri  ta’sir  ko’rsatadi
5
.  Ushbuni 
inobatga olib davlat xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat 
makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta’sir etuvchi instrument sifatida yuzaga chiqadi: 

  davlat  xaridini  iqtisodiyotning  ma’lum  sohalarida  amalga  oshirish  orqali, 
o’sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir 
etadi; 

  ochiq tenderlarni e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga ta’sir etadi; 

  sotib  olinayotgan  tovarlarning  sifat  talabini  xalqaro  andoza  talablarga 
tenglashtirish  orqali,  milliy  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  mahsulot  sifatini 
oshirishga ta’sir etish mumkin;  

  kichik biznes vakillar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni 
sotib  olishda  tanlov  jarayonlarini  joriy  etish  orqali,  kichik  biznesni  va  raqobatni 
rivojlantirishga ta’sir etish mumkin. 
Yuqorida sanab o’tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida davlat xaridini 
boshqarishning  samarli  mexanizmlari  mavjud  bo’lgan  sharoitda,  ya’ni  xaridni 
rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini baholash orqali erishish mumkin. 
O’zbekiston  hukumati  davlat  xaridi  instrumentidan  turli  ko’rinishlarda 
foydalanib  kelmoqda.  Masalan,  o’rta  maxsus  ta’lim  tizimini  islohotlar  nafaqat 
o’quv  binolari  sonini  ortishiga  olib  keldi,  balki  respublikada  kapital  qurilish 
sohasining  rivojiga  katta  turtki  berdi.  2000  yillar  boshida  qurilish  kompaniyalari 
nochor ahvolda bo’lgan bo’lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalarning turli 
tumanligi  va  sifat  bo’yicha  xorijiy  kompaniyalar  bilan  raqobat  qilishmoqda. 
Shuning  bilan  bir  vaqtda,  O’zbekistonda  ishlab  chiqarilayotgan  qurilish 
materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish sohasiga davlat buyurtmasi 
aholi  bandligi  oshirishda  ham  muhim  rol  o’ynadi.  Xuddi  shunday  misolni  mebel 
ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan ham keltirib o’tish mumkin
6

 
                                           
5
  О  проблемах  управления  государственными  закупками  в  Республике  Узбекистан  и  направлениях 
совершенствования. Аналитическая записка. UNDP. Ташкент-2008 
6
 У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf 
 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling