Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi, shakllanish mexanizmi
Download 316.8 Kb.
|
bpi komilova kurs ishi 1
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni, ming nafar6
Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jami pensiya va nafaqa oluvchilarning 75,4 foizini yoshga doir pensiyalar, 10,4 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari, 4,8 foizini boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari va 9,3 foizini bolalikdan nogironlar va yetarli ish stajiga ega bo‘lmaganlarga berilgan ijtimoiy nafaqalar tashkil qiladi. 2005-yil 28-iyunda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining barqaror ishlashini va texnika bilan tegishli darajada jihozlanishini ta’minlash maqsadida “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-110-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar jismoniy shaxslar daromad solig‘ining byudjetga yo‘naltiriladigan bir qismi hisobidan amalga oshirilishi hamda byudjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarga tenglashtirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Xalq banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqilishi hamda Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuridik shaxslar tomonidan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘riligi, to‘liq hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalarining va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari hamda Pensiya jamg‘armasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi tasdiqlandi. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2017-yil 2-fevralda “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2753-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‘lashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, to‘lovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda o‘tkazish holatlari ko‘paygani hamda to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmaganini ko‘rsatmoqda. 2016-yil 27-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishga tushganidan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan7. Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017-yil fevral oyidan boshlab: – birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni to‘lash hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; – ikkinchidan, 58 tog‘li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to‘lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; – uchinchidan, oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya to‘lash 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun kerakli naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida pul mablag‘larining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan to‘liq va o‘z vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini ta’minlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Download 316.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling