Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi, shakllanish mexanizmi


Download 316.8 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi316.8 Kb.
#1122675
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bpi komilova kurs ishi 1



Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi, shakllanish mexanizmi

Kirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

3

1.

Pensiya jamg’armasi daromadlari: mazmuni, manbalari, tarkibi va tuzilishi . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . .. . . . . . . . . .. .





6

2.

Yagona ijtimoiy to’lov, sug’urta badali, majburiy ajratmalar va boshqa daromadlar tahlili. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .





17

3.

Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari tahlili . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .



24

Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

29

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

32


Kirish
Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi, mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi.
Shubhasizki davlatimizning rivojlanishi bevosita mamlakat aholisining yashash sharoitining yaxshilanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu yo‘nalishda bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qator qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilganki, barchasining zamirida inson manfaatlari, ularga xizmat qilish yotadi.
Istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi. Pensiya jamg’armasi shakllangan kundan boshlab hozirgacha 60 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi Qonunning o’ziga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi, aytish mumkinki, pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Pensiya qonunchilgi Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda moliyalashtirish, to‘lovlar ustidan monitoringni yuritish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasidagi vazifalarni taribga solib turadi. Pensiya jamg’armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boquvchisini yo‘qotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash pensiya ta’minoti tizimining muhim maqsadidir
O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish va byudjet tizimida ham keng qamrovli ijtimoiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalari aholini ijtimoiy himoyalash tizimini joriy etilishida ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimizda davlat byudjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etish bilan ham pensiya ta’minoti tizimida barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishga muvaffaq bo’lindi.
Pensiya sohasida keyingi yillarda tizimning tashkiliy tuzilmasini, huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan pensiyalarni o’z vaqtida moliyalashtirish, shuningdek, Respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yo’nalishlarida samarali islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Ayniqsa, pensiya ta’minotiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirilishi bu boradagi muammolarni hal qilish imkoniyatlarini bermoqda. Hayotning o’zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish lozim bo’lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Kelgusida «nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi» 1
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini kafolatli himoya qilish eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifadir. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya tizimining sifat va miqdor ko’rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining darajasidan dalolat beradi.
Zamonaviy sharoitda har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida pensiya ta’minoti muhim masalalardan biri hisoblanadi. Pensiya ta’minoti o’zining siyosiy-iqtisodiy mohiyatiga ko’ra mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan aholi qatlamining mehnat bozorida mehnatga layoqatli bo’lgan qatlami bilan iqtisodiy manfaatlarining mos kelishini ifodalaydi. Bugun zamonaviy pensiya tizimining vujudga kelganiga yuz yildan oshgan bo’lishiga va doimiy isloholotlar o’tkazilishiga qaramay, butun dunyoda, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham pensiya ta’minoti muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Davlat ijtimoiy xizmatlari jamiyatning boyligi hisoblanadi, umumjamiyat ehtiyojlarni qondirish uchun yaratiladi va mamlakatdagi barcha fuqarolar qariganda ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Respublikamizda pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas. Pensiya – belgilangan yoshiga yetganida, nogironlik yuz berganda, boquvchisi yo’qotilganda, shuningdek belgili muddat xizmat qilgani uchun va davlat oldida alohida xizmatlari uchun fuqarolarning davlat yoki sobiq xodimlarning sobiq ish beruvchilari tomonidan muntazam pul daromadlari bilan ta’minlanishidir.
O’zbekistonda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqini amalga oshirish tartibi, davlat pensiyalari yagona tizimini tashkil etish (ularni tayinlash, hisoblash,qayta hisoblash va to’lash tartibi) O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni bilan belgilangan.


Download 316.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling