Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi, shakllanish mexanizmi
Pensiya jamg’armasi daromad va xarajatlari tahlili
Download 316.8 Kb.
|
bpi komilova kurs ishi 1
3. Pensiya jamg’armasi daromad va xarajatlari tahlili
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi 2021 yilda 36,5 trillion so‘m mablag‘ xarajat qiladi. O‘zbekistondagi 3,8 million nafar nafaqa va pensiya oluvchilarga bir oyda 2,9 trillion so‘m sarf qilinadi. Jamg‘armaga davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar miqdori 2021 yil yakuni bilan 14,7 trillion so‘mni tashkil etishi belgilangan. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar ajratish 2019 yildan boshlandi. Bungacha tashkilot o‘z xarajatlarini qoplab kelgan va davlatdan transfert, subsidiya yoki datatsiya kabi yordamlar olinmagan. 2020 yil holatiga jamg‘armaga 9,1 trillion so‘m transfert ajratildi. Xo‘sh, uzoq yillar o‘z xarajatlarini qoplab kelgan tashkilotga nega endi davlatdan mablag‘ ajratilmoqda? Avvalgi holat qanday edi va hozir qay tarzda ishlanmoqda? 2019 yil 1 yanvargacha jamg‘arma 4 ta yirik soliq manbaiga ega bo‘lgan Pensiya jamg‘armasining daromad va xarajatlarni prognozlashtirish bo‘lim boshlig‘i Abror Xolmatovning Kun.uz’ga bildirishicha, 2019 yil 1 yanvarga qadar jamg‘arma 4 ta yirik soliq manbaiga ega bo‘lgan. Birinchi navbatda – yagona ijtimoiy to‘lov. U bugun ham bor, lekin ijtimoiy soliq deb nomlanadi. 2018 yilda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz, mikrofirma fermer xo‘jaliklari uchun 15 foiz qilib belgilangan. Ikkinchidan, fuqarolar ish haqidan ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bo‘lgan. Bu ham to‘g‘ridan to‘g‘ri jamg‘arma mablag‘lari daromadlari hisobiga shakllangan. Uchinchidan, korxona va tashkilotlar tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar aylanmasidan to‘lanadigan majburiy ajratma bo‘lgan. Umumiy korxona ajratmasi 3,2 foiz bo‘lib, Pensiya jamg‘armasiga 1,6 foizi ajratilgan. To‘rtinchidan, 2019 yil 1 oktyabrga qadar jamg‘arma yagona soliq to‘lovi mavjud bo‘lgan. Uning miqdori 5 foiz qilib belgilangan. Korxonalar aylanmasidan 5 foiz jamg‘armaga to‘lab berilgan. Jamg‘arma daromadlari qisqarish sabablari haqida 2018 yil 29 iyunda prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan Pensiya jamg‘armasi daromad manbalari qisqartirildi. Qarorga asosan, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasini 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish belgilandi. Mazkur soliq stavkasining kamayishi natijasida Pensiya jamg‘armasi 2019 yilda 4 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘qotgan. Korxonalar jamg‘armaga 2018 yilgacha 25 foiz miqdorda to‘lab kelgan soliqni 2019 yildan boshlab 12 foizdan to‘lamoqda. Fuqarolardan ushlab qolinadigan 8 foizlik sug‘urta badallari 2019 yil 1 yanvardan boshlab bekor bo‘lgan. Buning natijasida jamg‘armaning 5 trillion so‘mlik daromadi to‘xtagan. Ushbu mablag‘lar fuqarolar cho‘ntagida qoladigan tizim yaratilgan. Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan 3,2 foizlik majburiy ajratma bekor qilingan. Bunda ham jamg‘arma 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘qotishiga to‘g‘ri kelgan. Prezident farmoni asosida 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yagona soliq to‘lovi (5 foizlik) to‘g‘ridan to‘g‘ri Pensiya jamg‘armasidan olinib mahalliy budjetlarga yo‘naltirildi. Endi yagona soliq to‘lovchi korxona va tashkilotlar ushbu mablag‘larni mahalliy budjetga to‘laydigan bo‘lgan. Shunday qilib, mazkur farmon bilan jamg‘armaning 4 ta soliq yo‘nalishidan 3 tasi bekor bo‘ldi, 1 tasi qisqardi. Buning natijasida Pensiya jamg‘armasida 2019 yilda 9,7 trillion so‘m yo‘qotish paydo bo‘ldi. Jamg‘armaga tushishi kerak bo‘lgan ushbu mablag‘larning barchasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda va fuqarolarning cho‘ntagida qolgan. O‘tgan ikki yilda jamg‘armaga davlat budjetidan ajratilgan summalar tahlili 2019 yilda Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan 4,7 trillion so‘m transfert ajratilishi belgilangan. Ammo tashkilot o‘rtacha oylik ish haqining oshishi natijasida kutilgan daromadlardan oshgan pullar hisobiga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ olinmagan. Jamg‘arma 2019 yilda hech qanday transfertlar va defitsitlarsiz o‘z xarajatlarini qopladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvar holatiga jamg‘armada 6 trillion so‘mga yaqin qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lib, bu 2010 yildan beri yig‘ilib kelgan daromadlar hisobiga shakllangan edi. 2020 yil 1 yanvar holatiga jamg‘arma hisobida 5 trillion 70 milliard so‘m qoldiq mablag‘lar bo‘lgan. O‘tgan yili tashkilot tomonidan pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun jami 31,8 trillion so‘m xarajat qilingan. Pandemiya sabab ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga yengillik yaratildi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga tushirildi. Turoperatorlarga va mikrofirmalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga kamaytirildi. Natijada jamg‘arma budjetiga 3,5 trillion so‘m zarar yetkazildi. Pensiya jamg‘armasiga erkin qoldiq va soliqchilar tomonidan yig‘ilgan pullar hisobiga 2020 yilda 9,1 trillion so‘m davlat budjetidan transfert berildi. Jamg‘armaning 2020 yilga belgilangan daromadlar rejasi 20 trillion 134 milliard 200 million so‘m bo‘lib, ijrosi 20 trillion 592 milliard 300 million so‘mni tashkil etdi yoki ijro belgilangan parametrga nisbatan 102,3 foizga bajarildi. Ajratilgan 9,1 trillion so‘m transfert qo‘shilib 2020 yilda aholiga pensiyalar yetkazildi. Umumiy xarajatlar esa 31,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Pensiya jamg‘armasining 2021 yildagi xarajatlari va transfert tahlili 2021 yilga kelib jamg‘armaga davlat budjetidan ajratiladigan transfert mablag‘lar hajmi sezilarli darajada oshdi. Bu miqdor qariyb 14,7 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. «Davlatimiz rahbari hisob-kitoblarni pandemiyani inobatga olgan holda qilinglar» deganlar. Daromad shunga yarasha kamroq hisoblanadi. Xarajatni esa kamaytirib bo‘lmaydi. Pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida yetkazib berishimiz kerak. Bir yilda 350 mingga yaqin pensiya tayyorlaymiz. Pensiya jamg‘armasi yil davomida ya'ni 2021 yilda jami pensiya va nafaqalar uchun 36,5 trillion so‘m mablag‘ xarajat qilishi rejalashtirilgan. Bu qonun bilan belgilab qo‘yilgan», deydi jamg‘arma bo‘lim boshlig‘i Abror Xolmatov. Ma'lum qilinishicha, 2021 yilda Pensiya jamg‘armasi soliq idoralari bilan birgalikda ijtimoiy soliqlar hisobiga 23,5 trillion so‘m mablag‘ yig‘ishni reja qilgan. Mazkur yetishmayotgan mablag‘lar o‘rnini qoplash maqsadida davlat budjetidan 14,7 trillion so‘m transfert olish belgilangan. Jamg‘arma bir oyda o‘rtacha 3,8 million nafar pensionerlarga (umumiy nafaqa) 2,9 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiradi. Tashkilot oyiga o‘rtacha 1,7 trillion so‘m daromad ko‘radi. Oradagi defitsit 1,2 trillion so‘mni tashkil etadi. Ochiqlanishicha, jamg‘armaga tushadigan pulga nisbatan qilinadigan xarajat ko‘proq. Shuning hisobiga transfertlarni 2021 yil yakuni bilan 14,7 trillion so‘m ajratilishi prognoz qilingan. Ma'lumot uchun, 2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Andijon viloyati tuman b’limlari hisobida turib pensiya va olayotgan shaxslarning umumiy soni haqida 2022 yil 1-avgust holatiga tezkor ma’lumot Xulosa Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va hokimiyat tashkilotlari, keng jamoatchilik hamda fuqarolarning hamkorligi tubdan o’zgardi. O’zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy birligi bo’lmish mahalla orqali ko’p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini yo’qotganlarga maqsadli madad ko’rsatish tizimi shakllantirildi. O’zbekistonning davlat byudjetida maxsus “Ijtimoiy himoya” bandi belgilangan bo’lib, bu dunyo tajribasida kamdan-kam uchraydi. Zero, o’zbekona milliy qadriyatlarni bu kabi insonparvarliksiz tasavvur etib bo’lmaydi. Byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlardan tashqari, hukumatimiz tomonidan har yili yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish, ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yanada kuchaytirishga qaratilgan maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Ko’rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. Demak, islohotlardan ko’zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shug’ullanishi, umrni unumli o’tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat. BMT ma’lumotlariga qaraganda, bugun dunyoning 54 mamlakatida aholi 1990 yilga nisbatan kambag’allashgan. 21 mamlakat aholisining ko’pchiligi ochlikdan aziyat chekmoqda. 34 mamlakatda aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi pasaygan. 12 mamlakatda bolalarning boshlang’ich umumta’lim maktablariga qatnash ko’rsatkichi kamaygan. Dunyoda 100 million bola maktabga qatnamaydi. Ana shunday bir sharoitda O’zbekiston o’zining tarixiy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlariga tayangan holda o’zi tanlagan yo’ldan sobitqadamlik bilan izchil va bosqichma-bosqich olg’a intilayotgani e’tirofga loyiq. Bugunga kelib mamlakatimiz o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida”gi Farmoni bilan 94 nafar shaxs davlatimiz fuqarosi bo’ldi. Undan keyin qabul qilingan bir necha Farmonlar asosida yana qanchadan-qancha kishilar fuqarolikka o’tdi. Bu ham mamlakat tarixida muhim ijtimoiy voqelik sifatida baholanadi albatta. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va hozirda ushbu Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami esa har qanday kishini hursand etadi. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz pensiya tizimining tashkiliy va qonuniy-huquqiy asoslari ham shakllanib, takomillashib bordi. Bu boradagi dastlabki qadam bo’lib O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni (1993-yil 3-sentyabr) ning qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu qonun va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar amaldagi pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini tashkil etdi. Bu qonunning mohiyatini pensionerlarning jamiyatda tutgan o’rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, pensiya miqdorini bevosita mehnat stajining davomiyligi va ish haqi miqdoriga bog’liqligini ta’minlash tashkil etadi. Xulosa o’rnida shu ma’lumotlarni aytish mumkinki, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni (2022-yil 1-aprel holatiga) 4100,8 ming kishini (shundan 56,3 foizini ayollar) yoki aholining 11,6 foizini tashkil etadi. Bu haqda AIMKda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Xulosa o’rnida shuni aytishishimiz mumkinki, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni (2022-yil 1-aprel holatiga) 4100,8 ming kishini (shundan 56,3 foizini ayollar) yoki aholining 11,6 foizini tashkil etadi. Bu haqda AIMKda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-son Qonuniga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga va Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o’zgarishlarga ko’ra: ● pensiyani hisoblashda ayollarga ota-onalik ta’tilida bo‘lgan, lekin jami 6 yildan ortiq bo‘lmagan ish stajini hisobga olishga ruxsat etiladi; Ta’lim muassasalarining o’quvchilari va talabalari boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiya olish huquqini butun ta’lim davri uchun, lekin ular 23 yoshga to’lgunga qadar; ● Ish stajini hisoblashda I guruh nogironi yoki 18 yoshga to‘lmagan nogiron bolani parvarishlash uchun ajratilgan vaqt hisobga olinadi. Daromad va xarajatlari tahlili to’g’risida yuqorida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Rustamov D.R., Tursunov J.P., Beknazarov Z.E. Pensiya ishi.Darslik I-qism / TMI. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2020. – 355 b. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni. O’RQ-938-XII-son. 03.09.1993. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni. 702-II-son. 02.12.2004. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik / Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Noshir”, 2012. – 712 bet. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4161-sonli Farmoni Allayarov Sh., Toshmuxamedova D. Davlat pensiya ta’minoti. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. 3Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. - 104 b. Internet saytlari – www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi hukumat portali); – www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti); www.pfru.uz (O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining rasmiy veb sayti); – www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi); – www.stat.uz (O’zbekiston Davlat statistikasi qo’mitasi sayti); 1 3Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr. 2Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 13 aprelda 2095-son bilan ro’yxatdan o’tkazildi. 3 www.uza.uz – O’zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lumotlari. 4 www.uza.uz – O’zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lumotlari. 5 48www.pfru.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ma’lumotlari. 6 www.pfru.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi rasmiy veb sayti ma’lumotlari. 7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga Sharh. Download 316.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling