Pensiya va ijtimoiy sugurta jamg'armalarining iqsodiy mohiyati va ahamiyati reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari


Download 56.68 Kb.
bet11/12
Sana14.04.2023
Hajmi56.68 Kb.
#1357351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PENSIYA VA IJTIMOIY SUGURTA JAMG\'ARMALARINING IQSODIY MOHIYATI VA

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari:

  • mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;

  • ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;

  • ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo’limlari jamg’armaning moliyaviy resurslarini to’liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar.
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to’liq jamg’arma daromadiga o’tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan bo’linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug’ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.

XULOSA
Vazirlar Mahkamasi budjet sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi) budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi) budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

  • budjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • budjetnomani O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;

  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi) budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi) budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;

  • o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi) budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;


Download 56.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling