Pensiya va ijtimoiy sugurta jamg'armalarining iqsodiy mohiyati va ahamiyati reja: Kirish
Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Download 56.68 Kb.
|
PENSIYA VA IJTIMOIY SUGURTA JAMG\'ARMALARINING IQSODIY MOHIYATI VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) ishlaydigan fuqarolarga
Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg’armasi quyidagi yo’nalishlarga xarajat qilinadi3.
1) ishlamaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash uchun; 2) ishlaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi4); 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun sarflanadi. Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg’armaning hududiy bo’linmalari tomonidan G’aznachilikning bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’lov to’lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: joriy to’lov oyining 15-kunigacha — o’tgan oyning ehtiyoji hisobkitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar uchun mablag’larni aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o’tkazadi. Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo’yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag’lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo’shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarni to’lashga mablag’larni moliyalashtiradi. Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg’armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga — mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga — turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi. Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlarini bajarish: yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati organlari tomonidan; Jamg’arma mablag’larini belgilangan tartibda o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish, o’z vaqtida tayinlash, to’lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari tomonidan ta’minlanadi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga: har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni; tasdiqlangan shakl bo’yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. Jamg’armaning Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg’armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli bo’ladi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash; Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish; Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish; topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash; Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish. Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari, Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlari Jamg’armaning tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo’yicha Jamg’armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg’arma Kuzatuv kengashining raisiga bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. Jamg’armaning ijro etuvchi direktori: jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; o’z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o’rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma o’rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi; o’z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg’armaning tarkibiy boshqarmalari to’g’risidagi nizomni tasdiqlaydi; jamg’armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o’rinbosarlarini, Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi. Download 56.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling