Персонални бошқариш хизматида иш юритиш


Download 117.86 Kb.
bet4/7
Sana09.05.2023
Hajmi117.86 Kb.
#1447424
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Personalni boshqarish xizmatida ish yuritish

  • Farmoyish kundalik ma’muriy , moliyaviy, ishlab chiqarish- xo’jalik masalalari bo’yicha rahbar tomonidan yakka tartibda chiqariladigan huquqiy hujjat hisoblanadi. U joriy tezkor masalalar bo’yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish muddati odatda cheklangan bo’ladi.
  • Farmoyishlarni chiqarishga xuddi buyruqlar chiqarish kabi talablar qo’yiladi. Faqat mazkur hujjatda buyruqdagi “BUYURAMAN” so’zi o’rniga “ZIMMASIGA YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN”, “ TAKLIF ETAMAN”, “ZARUR DEB HISOBLAYMAN” so’zlari ishlatiladi.

Ma’lumot-axborot hujjatlari asosan quyidagilardan iborat:

  • Xizmat yozishmasi;
  • Ariza;
  • Taqdimnoma ;
  • Bayonnoma;
  • Tushuntirish xati;
  • Telegramma;
  • Telefonogramma;
  • Elektron xabar va hokazolar.

Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:

Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • Mehnat shartnomasi;
  • Xodimning shaxsiy varaqasi;
  • Personalning shaxsiy ishlari;
  • Mehnat daftarchasi

Mehnat shartnomasi yozma holda ikki nusxada rasmiylashtirilib, xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi ish beruvchida saqlanadi.

Mehnat shartnomasining zaruriy qismlari:

  • Mehnat shartnomasini tuzgan xodim va ish beruvchining nomi;
  • Korxona yoki tashkilot tarkibiy bo’linmasi ko’rsatilgan holda ish joyi;
  • Ishga kirish sanasi ;
  • Korxona yoki tashkilot shatatlar jadvaliga yoki aniq mehnat funksiyasiga muvofiq lavozimi, ixtisosligi, kasbi ( malakasi ko’rsatilgan holda);
  • Xodimning huquq va majburiyatlari;
  • Ish beruvchining huquq va majburiyatlari;
  • Mehnat sharoitining tavsifi, og’ir, zararli yoki xavfli sharoitlarda mehnat qilish uchun xodimga kompensatsiya va imtiyozlar;
  • Mehnat qilish va dam olish rejimi;
  • Mehnatga haq to’lash shartlari;
  • Mehnat faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy sug’urta turlari va shartlari.

Download 117.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling