Davlat axborot resurslari foydalanishiga qarab: - Bazaviy axborot resurslari – barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan axborot resurslari hisoblanadi.
Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga: - O’zbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari bo’yicha,
- O’zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslar bo’yicha,
- O’zbekiston Respublikasi normativ- huquqiy hujjatlari bo’yicha,
- O’zbekiston tabiiy resurslari bo’yicha,
- davlat organlarining veb-saytlari bo’yicha,
- umumiy foydalanadigan boshqa axborot resurslari bo’yicha ma’lumotlar bazasi kiradi.
Maxsus davlat axborot resurslari: Maxsus davlat axborot resurslari: - Idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining
- Davlat budjet mablag’lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning
- Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.
Davlat axborot resurslarini shakllantirishda: - Taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va to’liqligi
- Jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish
- Axborot xavfsizligi
- Axborotning davlat organlari tomonidan foydalanish uchun shart-sharoitlari
- Davlat axborot resurslarining axborot- texnologik mosligi
- Davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta’minlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |