- 1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi. Ya’ni jamoa shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq sub’ekti hisoblangan xodimni o’z iqtisodiy holati ustuvor bo’lgan ish beruvchining bu ustunligini qo’llash dan himoya qiladi. 2. Mehnat munosabatlarini tartibga solish. Jamoa shartnomasining bu tashkiliy funktsiyasi ham har ikki tomonning va umuman jamiyatning jamoashartnoma munosabatlaridan manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan.
- 3.Jamoa shartnomalari mehnat munosabatlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Mehnatga haq to’lash tartibi va shartlari tizimi Mehnatga haq eng avvalo to’lash shakli, miqdori, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo’shimcha to’lovlarni qamrab oladi. Shuningdek, jamoa shartnomasida narxlarning o’zgarib borishi, pulning qadrsizlanish darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko’rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haqto’lashni tartibga solish vositalarini ham ko’zda tutadi.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Xodimlarni ish bilan ta’minlash tizimi. Jamoa shartnomasida mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari ifoda etilishi lozim. Ushbu kafolatlar O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilab qo’yilgan. Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, davlatimizda har bir fuqaro ish beruvchiga bevosita murojaat qilishi yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Mehnat va dam olish ta’tillari tizimi. Jamoa shartnomasida ish vaqti (shu jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish haftasining turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan tashqari ish, ta’tillar (shu jumladan, ijtimoiy ta’tillar) ko’rsatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |