Personalni boshqarishda ularning axborot texnik va huquqiy jihatdan ta’minlash - Reja:
- 1.Personalni boshqarishning axborot-texnik ta’minoti.
- 2.Personalning huquq va vazifalari.
- 3.Ta’lim muassasi tomonidan personalni axborot texnik va huquqiy ta’minotini yo’lga qo’yish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ish beruvchi va xodim o’rtasidagi mehnat munosabatlari ijtimoiy sheriklikni taqozo etadi - Ijtimoiy sheriklik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan ijtimoiy mehnat munosabatlarining alohida turi hisoblanib, u turli ijtimoiy guruhlar, bkrinchi navbatda ish beruvchilar va xodimlar asosiy manfaatlari eng maqbul nisbatini ta’minlashga yo’naltirilgandir.
- Ijtimoiy sheriklik va mehnat munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish bugungi kunda personalni boshqarishning eng muhim vazifalaridan biriga aylanmokda. Bunday sherikliqda alohida ijtimoiy guruhlarning turli ijtimoiy manfaatlarini o’zaro bog’liqligini e’tirof etish hamda shu sababli ularga iqtisodiy jarayonlarda, qaror qabul qilishda ishtirok etish huquklari berilishi ham nazarda tutiladi.
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari - Xodimlar. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo’lish va manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo’yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin (21- modda).
- Ish beruvchilar. Korxonada ish beruvchi nomidan vakillikni ma’muriyatning mansabdor shaxslari mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, ularning ustavlari va nizomlar asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar (27-modda).
- Davlat. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi (9-modda).
Ijtimoiy sheriklikning ob’ekti - Davlatning ijtimoiy mehnat siyosatining asosiy yo’nalishlarini amalga oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |