Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi. Korxonada xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi va bu jamoa shartnomasida o’z ifodasini topishi lozim. Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida axborot berishi shart.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Xodimlarni o’qitish, malakasini oshirish tizimi. Ish beruvchi ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan qo’shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shart.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki bolasi bor, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul ayollar, 18 yoshga to’lmagan yoshlar va hokazolar) uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar belgilab qo’yilgan.
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar - Sug’urtalash tizimi. Barcha xodimlar davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta qilinadilar. Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek, sug’urta qilingan xodimlarning o’zlari badal to’laydilar. Jamoa shartnomasida xodimlarni davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta qilishga, qo’shimcha sug’urta qilish ham ko’zda tutilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |