Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 188 Kb.
bet6/10
Sana19.04.2023
Hajmi188 Kb.
#1361936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Abdullayeva Mashhura

Tashqi harakatlar. Konflikt odamlar, guruhlar yoki individlar o’rtasidagi munosabat bo’lganligi bois u har qanday ijtimoiy munosabat kabi yurisprudentsiyada yaxshi o’rganilgan yuridik ahamiyatli xulq-atvor singari kamida to’rtta elementdan iborat bo’ladi, ya’ni : konflikt sub’ektlari, ob’ekti, qarama-qarshi jarayonning ichki, ruhiy (sub’ektiv) va tashqi (ob’ektiv) tomonlari. Konfliktli xulq-atvor ob’ektiv jihatdan konflikt ishtirokchilarining qarama-qarshi yo’naltirilgan harakatlaridan iborat. Bu harakatlar orqali konfliktlashuvchi tomonlarning fikriy, ruhiy, irodaviy sohalardagi yashirin jarayonlari amalga oshiriladi. Har bir taraf manfaatlarining qaror topishiga yo’naltirilgan o’zaro ta’sirning almashinishi va raqib manfaatlarini cheklash ijtimoiy hodisa sifatida konflikt mohiyatini tashkil etadi.
Konflikt tuzilmasini to’liq tushunish va demak, u qanday rivojlangan va oqibatda nimani kutish mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish uchun yuqorida ko’rsatilgan elementlarni tahlil etish lozim. Ishtirokchilar tashqi harakatlarining o’zi harakat joyi va vaqtiga bog’liq holda o’z mohiyatini keskin o’zgartiradi. Vaqt omili juda muhim. O’z vaqtida erishilmagan bitim yoki aksincha, rad etish konfliktda manfaatdor tomon kutayotgan natijani bermasligi yoki teskari natijani berishi mumkin.
Konfliktdagi barcha harakatlarni shartli ravishda asosiy va yordamchi harakatlarga bo’lish mumkin. Asosiy harakatlar bu manfaatlardagi mavjud qarama-qarshilikni o’zgartirishga olib keluvchi yoki saqlab qoluvchi bevosita konflikt predmetiga yo’naltirilgan harakatlardir. YOrdamchi harakatlar asosiy harakatlarning bajarilishini ta’minlaydi va konflikt markaziy muammosini hal qilishga qodir emas.
Konfliktlashuvchi taraflarning asosiy, tashqi harakatlarini ob’ektiv nuqtai nazarga ko’ra ikki guruhga : tajovuzkor va mudofaa harakatlariga bo’lish mumkin.
Tajovuzkor harakatlar dushmanga hujum qilish, uning mulkiga zarar etkazish, nizoli ob’ektni qo’lga kiritish, dushmanni ajratib qo’yish, quvish, tutqinlikka solish va qarshi taraf manfaatlarini to’g’ridan-to’g’ri kamsitishga qaratilgan boshqa harakatlardan iborat. Ayrim mutaxassislar fikricha, «Zo’rlik - insonlarga jismoniy, ruhiy, ijtimoiy yoki ekologik zarar etkazish mumkin bo’lgan va yoki insonlarning o’zlarini to’la namoyon qilishga imkon bermaydigan harakatlar, so’zlar, ko’rsatmalar, tuzilmalar yoki tizimlardan iborat».
Mudofaa harakatlari nizoli ob’ektni ushlab turish, o’z-o’zini himoya etish, moddiy qiymatlarni yo’q qilinishi yoki zararlanishidan himoya qilish kabi harakatlardan iborat.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling