Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 188 Kb.
bet4/10
Sana19.04.2023
Hajmi188 Kb.
#1361936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Abdullayeva Mashhura

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Pedagogik muloqotda ziddiyatlar (pedagogik konfliktologiya) fanining maqsadi shunday vaziyatlarni pedagogik - psixologik aspektda tahlil etishdan iborat bo’lib, quyidagi konkret vazifalarni hal etishni ko’zda tutadi.
Bituruv malakaviy ishining vazifalari:

  1. pedagogik muloqotni ijtimoiy - pedagogik nuqtai nazardan tavsiflash;

  2. kichik maktab yoshidagi maktab o’quvchilari va o’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tipologiyasini aniqlash;

  3. tipik muammoli vaziyatlar tavsifi va ularni hal etishga doir tavsiyalar.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixordir. Milliy g'urur bu milliy iftixordir. Milliy g'urur o'z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo'lish, avaylab-asrashdir.
O'z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o'z millatining istiqboli uchun qayg'urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g'urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo'lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olmaymiz.


I bob Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar.
1.1. Konfliktning turlari


O’quvchi va o'qituvchilar orasidagi konfliktlar.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:

  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

-barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.
O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo’llanmasi mualliflari “o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar - bu haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.
Psixologlar o’z navbatida, kim boshlang’ich sinfda yaxshi o’qigan, tartibli bo’lsa, o’smir yoshiga kelib qo’pol, tez intizomsiz bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi o’rnatgan tartib - intizomga so’zsiz bo’ysunish o’rnini o’z insoniy qadr - qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg’usi egallaydi. Ilgari boshlang’ich sinflarda o’qituvchining so’zidan xafa bo’lmagan o’smir yuqori sinf o’qituvchisining aynan shu so’zidan norozi bo’ladi. O’smirlarda o’zligini anglash kattalar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarning yomonlashuvi bilan o’zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo’lajak o’qituvchilar uchun mo’ljallab chop etilgan qo’llanmalarda qayd etilgan o’smirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Ko’p sonli tadqiqotlarda o’smirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri hal etish mumkin bo’ladi.
Bu sohada o’smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.

  1. Odamovi maktab o’quvchisi. Yolg’izlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg’iz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar bilan qolganda o’zini yaxshi his etadi.

  1. Juft - juft muloqotga moyil o’quvchi tipi. Uning o’zi ishonadigan do’sti bo’lishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko’p hollrada do’stlashuv ijobiy munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro’y berishi mumkin.

  1. Jamoaviy muloqotga moyil o’quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda sog’lom yoki nosog’lom dasturga ega bo’lgan o’smirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.

Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo’riqishni bir o’zi boshdan kechiradigan bo’lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o’quvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya to’sig’iga ega bo’ladilar. O’smirlar o’qiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlang’ich sinfdagidek bir o’qituvchi bilan emas balki, o’nlab - yigirmatalab o’qituvchilar bilan muloqotda bo’ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, o’smir - o’quvchilar bilan predmet o’qituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o’smirlar yaxshi o’qituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchilarda ham o’quvchilardagi kabi ruhiy zo’riqish uchrab turadi.
Intizomga oid konfliktlar.
Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq - atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.
Quyida o’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlarga to’xtalamiz:
O’qituvchilar sinfni boshqara olmaydi, bilish jarayonini to’g’ri tashkil eta olmaydi, barchaning diqqatini jalb eta olmaydi. Maktab amaliyotidan bunga doir misollarni keltiramiz.

  • O’qituvchi dars boshlanishi bilan o’qituvchilardan hech kim uy vazifasini bajarmaganligini payqadi, hamma unga e’tibor bermay bir - bir bilan gaplashib o’tirmoqda. O’qituvchi ayol yig’lab yuboradi va eshikni qattiq yopib, sinfdan yugurib chiqib ketadi...

  • Geografiya darsi boshqa fanlarga nisbatan yaxshi tashkil etilmagan edi. O’quvchilar darsini ko’pincha tashlab chiqib ketadigan o’qituvchi ustidan kulishardi...

  • Chizmachilik o’qituvchisi hech qanday metodikaga ega emas, o’rgata olmas, o’quvchilardan qo’rqardi...

  • Ingliz tili darsida o’qituvchi tartib o’rnata olmas, tartib o’rnatishga urinmas edi. O’quvchilar undan “ikki” qo’ymaslikni iltimos qilishar va buning evaziga gul taqdim qilishl arini va’da qilishardi. U kulimsirab, rozi bo’lardi...

  • Ashula o’qituvchisi sinfdagi to’s - to’polonga ahamiyat bermas, unga hech kim quloq solmas, u esa xotirjam dars o’tardi, xuddi hamma narsa joyidadek...

  • O’quvchilarning tartibsizligini ko’rgan o’qituvchi qattiq baqirar, mushti bilan stolni urar, ota - onasi yoki maktab direktorini chaqirish bilan tahdid qilardi. Hech narsani o’zi hal qila olmasdi...

  • Sinf rahbarining darsida hech qachon intizom yo’q edi. U hammaga, lekin hech kimga tegishli dakki berish odatiga ega edi. Hammmaga birdek baqirar, alohida holda hech kimga dakki bermas, ogohlantirmasdi...

  • O’qituvchi ayol mayda - chuyda narsalar uchun ham ogohlantirib o’quvchilarning joniga tegardi. Bunday tanbehlar hech kimga kor qilmasdi.

  • O’qituvchining doimiy qichqirig’i o’quvchilarda unga nisbatan hurmatsizlik, qo’pollik, shovqinli munosabatni tug’dirardi...

  • Sinf rahbari sinfga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo’lar, hatto butun sinfni surbetlar sinfi deb atardi.

  • O’quvchilar shovqin - suron ko’targanliklari uchun fizika o’qituvchisi o’tilayotgan mavzuga oid tajribani namoyish etishdan bosh tortdi.

Xuddi shuningdek, o’smirlar polga oyoqlarini urish orqali o’zlarining maktab intizomidan ozod ekanliklarini namoyish etadilar. Ximiya o’qituvchisi kasal bo’lib qoldi, o’rniga boshqa fan qo’yilgan bo’lsa - da, o’quvchilar hamjihatlik bilan yayrab, quvonishadi. O’quvchi o’qituvchiga qo’pollik qilganda yovuz quvonch sinfni chulg’ab oladi. Noroziliklarini izhor qilish maqsadida ekskursiyaga ajratilgan transportni adolatsiz taqsimlagani uchun o’qituvchi mashg’ulotiga barcha o’quvchilar kelishmadi. Yangi kelgan o’qituvchining darsida o’quvchilarning barchasi boshqa maktabga ishga o’tgan o’qituvchiga nisbatan hurmatlarini izhor etish maqsadida javob berishdan bosh tortishadi. Hamma darsni tashlab ketadi: umuman o’qishni xohlashmaydi. Tarix o’qituvchisi darslik materialini aynan aytib beradi. O’quvchilar uni yoqtirishmaydi, uning darsida umuman intizomsizlik hukm suradi. Amaliyotchi - talab o’quvchilarning yomon xulq - atvoriga chiday olmasdan sinfni tashlab chiqib ketadi. Chunki u boshqa buyruq ohangida gap boshladi, biroq o’zi she’rni ifodali o’qiy olmadi. Sinf rahbarini sevishmasdi, u sinf uchun ko’p kuch sarflagani ham bunga yordam bermadi.
Pedagoglarning kasbiy no’noqliklari haqida cheksiz fragmentlarni keltirishimiz mumkin. O’quvchilarning o’qituvchilarga bo’lgan munosabatlari ham bundan qolishmaydi.
O’smirlar va o’qituvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlarning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. O’qituvchining mukammal kasbiy tayyorgarligi, uning har qanday ruhiy zo’riqishga qarshi relaksasiya - bo’shashish holatini o’zida mashq qildirgan bo’lishi katta ahamiyatga egadir.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.
O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar. O’zaro kelishmovchilikning o’ta jiddiy tus olishi o’quvchining o’zini himoya qila olish darajasi va uni sinf qo’llab - quvvatlashiga bog’liq bo’ladi. O’quvchi yozma ishini bo’yagan, xati xunuk bo’lgani uchun bahosining tushirilishiga toqat qila olmaydi. Adolatsizlik bilan qo’yilgan past baho atrofiga har xil rasmlar chizadi, o’qituvchi sha’nini haqoratlovchi so’zlar yozadi.
O’quvchilarda, ayniqsa, bir xil xatolar bo’la turib, yozma ishga har xil baholar qo’yilishi ko’proq norozilik tug’diradi. Ko’p hollarda o’qituvchi o’quvchilarga bahoni ijobiy yutuqlarga erishish uchun yo’naltiruvchi vosita sifatida emas, balki kamsitish, jazolash maqsadida qo’yishadi.
O’qituvchilarning farzandlariga ko’tarib baho qo’yish ham konflikt tug’ilishiga sabab bo’ladi. O’qituvchining qasoskorligi o’quvchilarda ayniqsa norozilik tug’diradigan xunuk holdir.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:

  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

  • barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.

O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.
O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:

  1. O’qituvchining shaxsiy sifatlari.

  1. O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.

Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.
O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:

  • Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas - namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.

  • “Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.

  • Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.

  • Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.

  • Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.

  • Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.

  • Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.

Dars paytida bir - biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:

  • O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 - sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.

  • O’qituvchi, bir - birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.

  • Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.

  • Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla - bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”

  • Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina so’z yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bo’lmagan, qisqa muddatli kechishi xosdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bo’lmasa.
Emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab - quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab - quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama

  • yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.

Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim- tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.
To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.
Nihoyat, o’qituvchi ko’z oldida shunday vaziyatlar mavjud bo’lishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida ta’lim-tarbiyaning olg’a siljishiga sharoit yaratish mumkin bo’lsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonida sodir bo’luvchi konfliktli - ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:

  1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?

  2. Kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?

  3. Ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?

  4. Umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?

Kichik, o’smir, katta yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, kichik yoshdagi o’quvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.
Boshlang’ich sinfni bitirgan o’quvchilarni ommaviy so’rovnomaga tortish natijasida barcha o’quvchilar uchun doimiy bo’lgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.
So’rovnoma to’ldirganlarning qarib yarmi o’qituvchilari bilan oralarida dog’ bo’lib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.
Studentlar esa sobiq o’qituvchilaridan o’rnak bo’ladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.
Konfliktga yo’l qo’ymasdan ishlayotgan o’qituvchilarning retrobahosi:

  • birinchi o’qituvchi ideal - o’qituvchi, pedagog namunasi, unga o’xshashni butun hayotlari davomida istashadi;

  • hech qanday nuqsonga ega emas, namunali o’qituvchi;

  • so’zsiz namuna sifatida qabul qilishdi.

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga dars bergan o’qituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi.

  • mutlaq tajribali, o’z ishining ustasi.

  • eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan.

  • to’rt yil davomida yetti o’qituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi.

  • men o’qituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini ko’rmadim.

  • o’qituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz.

  • o’qituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik.

  • konfliktlar yuz bergani yo’q, o’qituvchining obro’si shu darajada yuksak ediki, uning har bir so’zi biz uchun qonun edi.

  • nizolar yo’q edi, o’qituvchi o’quvchilar va ota - onalar orasida so’zsiz obro’ga ega edi.

  • u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...

Ko’ramizki, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, go’yoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bo’lgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. O’qituvchilarga berilgan a’lo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bo’lib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq o’qituvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, o’quvchilarni do’stlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mansub. Ideal o’qituvchidan o’quvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: ko’p diqqatini o’z ust - boshiga qaratadi; uning kiyim - boshiga maftun bo’lgan ayrim o’quvchilar mashg’ulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; ko’pincha faqat a’lochilarni maqtab, qoloq o’quvchilarga oz diqqat qaratardi, ko’pincha tutaqib, baqirar edi.
Taxmin qilish mumkinki, ko’pgina nizoli to’qnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir o’quvchilar xotirasidan o’chib ketgan bo’lishi mumkin. Biroq bo’lajak o’qituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchining kichik maktab o’quvchilari bilan bo’ladigan muloqotida o’zaro ziddiyatsiz munosabatga oid yana bir xulosani qo’shish joizdir. Bu har bir o’qituvchining bo’lajak muloqotda o’z oldiga maqsad qo’ya bilishi va o’z kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan o’qituvchilar namunasida qura bilishi bilan bog’liq xulosadir.
Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib ko’ramiz. Konfliktlarga oid faktografik ma’lumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy ta’limning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin bo’ladi. Konfliktli - nizoli hodisalarning butun manzarasini ko’z oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi:
konfliktda qatnashuvchilar haqida ma’lumot, konfliktli vaziyatlar, ularning ssenariysi mohiyati haqidagi ma’lumotlar. Uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham shunga mansubdir.
Boshlang’ich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turg’un va asosiy tomonlar sifatida o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etadi.
Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan - har har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida

  • juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.

Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Didaktik

  1. Axloqiy (Estetik)

  1. Va boshqa nizolar

Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning o’ziga xos “invertarlash”dan so’ng muhokama, sharh va xulosalash mumkin.
Tete a - tete qabilida yuz beruvchi konfliktlar chuqurligi jihatidan kuchli ziddiyat hisobalanadi. Bu o’rinda ham o’qituvchi tomonidan jo’rttaga sodir qilinadigan konfliktlar hamda birinchi qarashda tushunmovchilikka o’xshash ziddiyatlar mavjud. Misollarga murojaat qilaylik.
O’smir qyechqurun elektr tarmog’ini o’chiradi va direktorga qasddan ikki - uch kun dars qoldiradi. O’quvchi kundalik daftaridagi o’qituvchi izohini o’zgartirdi va buning uchun ota - onasi va direktordan tanbeh eshitdi. O’quvchilar bir - birlariga sinf lattasini otishdi va latta maktab zavuchining boshiga kelib tushdi. Chaqimchi qizni sinf rahbariga gap tashigani uchun do’pposlashdi. Xor bo’lib ashula aytishga hamkorlikda qarshi chiqishdi. Qishda o’quvchini sinfdan haydashdi, u daryoga cho’kish uchun jo’nadi, uni tirik qaytarib kelishdi. Bazmda xohishiga qaramay ashula aytishga majbur qilishdi. Ko’ylagining rangi kulrang bo’lganligi uchun ikki qo’yishdi: maktabda hamma o’g’il bolalar oq ko’ylak kiyishi lozim edi. O’qituvchi g’azabga minganda o’tgan sana bilan bolaga salbiy baho qo’yadi.
O’quvchilardan biri o’qituvchining o’rindig’iga knopkani yuqoriga qilib qo’ydi, o’qituvchi va o’quvchilarni qo’rqitish uchun ilonni olib kelishdi, o’qituvchining ko’ylagiga rang sachratishdi, derazani sindirishdi...
O’smirlarning bunday qilmishlariga turlicha munosabat bildirish mumkin. Tavsiflangan qilmishlarni kuchli ziddiyat tug’diruvchi faktorlar sirasiga kiritish qiyin. Biroq shunday bo’lsa ham talabaning bunday vaziyatlarda o’zini qanday tutishi maktab o’qituvchisi sifatida oldindan ssenariya tuzish orqali hal etilishi qiyin muammodir.
Nisbatan katta xafagarchilikka sabab bo’ladigan ziddiyatlardan tashqari o’qituvchi va o’quvchilar uchun kuchli ruhiy jarohat yetkazuvchi konfliktlar ham mavjuddir. Bularga didaktik xatolarga, muhimi, o’quvchilar bilim, ko’nikmalarini baholash metodikasida yo’l qo’yiladigan xatoliklarni kiritish mumkin.
Bunda faqatgina ayrim ijobiy natijalar kuzatiladi - o’quv ishida erishilgan muvaffaqiyatlar, umumiy tartib - intizomning barqarorlashuvi, salbiy odatlarning barham topishi kabilarni kuzatish mumkin. Konfliktlarning xilma - xil oqibatlari bolalarning maktabdagi va maktabdan tashqari faoliyatida yaqqol iz qoldiradi. Shunday faktlar aniqlandiki, ziddiyatlardan so’ng o’zlashtirish, xulq - atvor baholarining pasayishi, o’qituvchiga bo’lgan ishonchning pasayishi, uzoqqa cho’ziluvchan arazlashlar, o’qituvchi qilmishining adolatsizligini tushunish, o’qituvchi obro’sining o’quvchi nazarida tushishi, xulq - atvorning ikkilangan uslubining vujudga kelishi, ya’ni xo’ja ko’rsinga, o’qituvchi tazyiqidan qutulish uchun harakat qilish va noqulay vaziyatlardan qutulishga harakat qilish kuzatiladi. O’quvchilar taqdirini hal qiluvchi konfliktlar orasida quyidagilar ajralib turadi: boshqa maktabga o’tkazish, maxsus maktab va axloq tuzatish bolalar muassasasiga yo’llanma berish. O’qituvchilar xulq - atvorida ham ziddiyatlar aks etadi. Bu hol o’qituvchining nazokatsizligi chegaradan chiqib ketgan paytda ota - onalarning bu haqda qo’rqmasdan maktab rahbariyatiga hamda o’qituvchining tikka yuziga aytishlarida namoyon bo’ladi. Konfliktli vaziyatlarning ikkilamchi zarari kuzatiladi: o’quvchilar va o’qituvchisining kayfiyati masalasida. Nihoyat munosabatlarning ikki tomonlama o’zgarish holati vujudga kelishi kuzatiladi: agar ziddiyatdan so’ng yo’l qo’yilgan xatolar tomonlardan biri tomonidan anglab yetilgan bo’lsa. Juda kam hollarda ziddiyatlar natijalari chuqurlashib ketishi, konflikt tug’diruvchi faktorlar yengib o’tilmasdan qolib ketishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida ahloqiy pozisiyani shakllantirishda ularning axloqiy - pedagogik, tahliliy ko’nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling