Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 188 Kb.
bet7/10
Sana19.04.2023
Hajmi188 Kb.
#1361936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Abdullayeva Mashhura

TAHDID SОLISHLAR . Konfliktda ko’rsatilgan harakat tiplaridan tashqari raqibga ta’sir etish vositasi bo’lgan tahdid solish ham foydalaniladi. tahdid solishdan maqsad bu boshqa tomonning manfaatlarini xavf ostida qoldirish yoki raqibni o’zining maqsadlariga erishishga yordam berishga majburlashdir.
Tahdid solish kurash yoki muzokaralar olib borish jarayonida qo’llanilishi , ba’zida konfliktning mustaqil bosqichi sifatida qaralishi mumkin.
Tahdidni qo’llash konfliktda zo’rlik ishlatishga turtki bo’lishi mumkin. Tahdid bu faqat raqibga nisbatan qo’yilgan kelishmovchilikdan guvohlik beruvchi qat’iy talab, shart bo’libgina qolmay, shuningdek, dolzarb muammoviy vaziyat doirasidan tashqariga chiqqan ochiq dushmanchilik ko’rsatkichi hamdir.
Tahdid - bu konfliktda muayyan ma’nodagi taktik vositadir. Tahdid solish - terrorchi mafkuradagi davlatlar va terrorchilar harakatlarining odatiy usulidir (garovga olish, samolyotni portlatish xavfi va b.).
Kurash dinamikasi. Konfliktdagi taraflarning biri yoki ikkalasi ham to’qnashuvdan bosh tortishga yoki yon berishga harakat qilmasa, u holda qarama-qarshi kurash boshlanadi.
Taraflardan birining kuch jihatdan ancha ustunligi uning g’alabasini ta’minlagan hollarda , endi boshlangan konflikt juda tez tugashi mumkin. Biroq, ko’p hollarda aksincha, konflikt uzoq davom etadigan xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, muayyan to’qnashuvning tez yakunlanishi konfliktli vaziyatni barham topishini anglatmaydi va konflikt yangitdan avj oladi.
Millatlararo va siyosiy asosdagi konfliktlar ayniqsa uzoq vaqt davom etadi. Hozirgi davrdagi ko’pchilik konfliktlarning ildizlari uzoq o’tmishga va ommaviy ruhiyatning chuqur qatlamlariga borib taqaladiki, ularning dastlabki asl sabablarini amaliy jihatdan aniqlashning imkoni yo’q. Bunga misol qilib, ba’zi mamlakatlarda keng tarqalgan qonli o’ch olish holatlarini keltirish mumkin. Uzoq davom etuvchi konfliktlar uchun keskin va nisbatan osoyishta holatlarning, faol qarama-qarshilik qilish va o’ziga xos “tinch” davrlarning almashinib turishi xosdir.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling