Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi
II bob Konfliktni oldini olish masalalari
Download 188 Kb.
|
BMI Abdullayeva Mashhura
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqotni sovuqlashtiruvchi” omillar
II bob Konfliktni oldini olish masalalari.
2.1. Konfliktdan qochish. Konfliktli vaziyatlarda qarama-qarshi tomonlardan tashqari uning boshqa ishtirokchilari, ya’ni qiziqtiruvchilar, yordamchilar, tashkilotchilar, vositachilar va sudyalar ham ishtirokchi sifatida maydonga chiqadilar. Dalolatchi (qiziqtiruvchi) - bu bir tomonni konfliktga undovchi shaxs, tashkilot yoki davlatdir. Dalolatchining o’zi keyin bu konfliktda ishtirok etmasligi mumkin, uning vazifasi boshqa shaxslar (guruhlar) o’rtasida konfliktni yuzaga keltirish bilan belgilanadi. YOrdamchi - o’z maslahatlari, texnik, tashkiliy ko’magi va boshqa usullar bilan konfliktga yordam beruvchi shaxsdir. Xalqaro siyosatda qurolli konfliktga sabab bo’lgan bosqinchiga yordam qilish tinchlikka qarshi qaratilgan jiddiy jinoyat deb baholanadi. Mana shunday baho tarix tomonidan ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar Germaniyasiga Angliya va Frantsiya tomonidan ko’rsatilgan yordamga berilgan edi (Myunxen bitimi). Tashkilotchi - bu konfliktni rejalashtiruvchi, uning rivojlanishini belgilovchi, uni ta’minlash yo’llari va ishtirokchilarni muhofaza qilishni nazarda tutuvchi shaxsdir. Tashkilotchi bo’lib taraflardan biri yoki mustaqil shaxs bo’lishi mumkin. Misol uchun V.SHekspirning “Otello” asarida Otello bilan Dezdemona o’rtasidagi fojiali konfliktda YAgoning o’zi ishtirok etmaydi, biroq, uni har tomonlama tashkil etadi. Vositachilar faqat yuz berayotgan jarayonlar sabablari va sharoitlarini bilishga harakat qilib qolmay (masalan, sudyalar shunday qiladilar), shu bilan birga konfliktni oldini olishga, uni to’xtatishga va hal qilishga ham urinadilar. Ushbu ma’noda vositachilarni konflikt ishtirokchilari deb hisoblash mumkin. Amaliy konfliktologiyada vositachilik muammosi muhim ahamiyatga ega. Muzokaralar orqali kelishuvga erishishda konfliktlashuvchi tomonlarga yordam ko’rsatuvchi qat’iy xolis shaxs - vositachini nazarda tutgan tartib eng samarali hisoblanadi. Vositachilikning o’ziga xosligi shundaki, tomonlar odatda kelishuv bitimini o’zlari tuzadilar. Vositachi birorta qaror qabul qilishga vakolatli bo’lmasa-da, uning yordamida erishilgan kelishuv tomonlarning keyingi harakatlarini belgilab beradi. So’nggi yillarda millatlararo hududiy konfliktlarning ortib borishi bilan tinchliksevar kuchlar (BMT qo’shinlari) deb nomlanuvchi vositachilikka tez-tez murojaat qilinmoqda, ko’p hollarda ular konfliktga bevosita qo’shiladilar. Kongo, Somali, sobiq YUgoslaviya hududidagi bunday vositachilar orasida qurbon bo’lganlar ham bo’ldi. Ta’kidlash kerakki, vositachilar sudyalar singari konfliktda qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar hisoblanmaydilar, ularning maqsadlari diametral qarama-qarshi, ya’ni konfliktni rivojlantirishga emas, balki uni to’xtatish, ziddiyatni iloji boricha tinch yo’l bilan hal etishga qaratilgan bo’ladi. O’z navbatida, vositachidan quyidagi xususiyatlarga ega bo’lish talab etiladi: u dono va ijodkor, konfliktdagi barcha tomonlar uchun axloqiy jihatdan obro’li, xolis va savodxon shaxs bo’lishi lozim. Konfliktlarni hal qilishning an’anaviy shakllariga nisbatan (bevosita to’g’ri muzokaralar olib borish, tomonlarning mahfiy uchrashuvlari va b.) vositachilik qator afzalliklarga ega. Vositachini kurashuvchi tomonlarning o’zlari tanlaydilar, shu bois u tomonlarning o’zlariga qaraganda muzokaralarni oson boshqaradi va nazorat qiladi hamda qulay axloqiy muhitni yarata oladi. Konflikt echimini topish - konflikt vaziyatni yo'qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabalarni to'g'ri yo'lga solish bilimlari va ko'nikmalari majmuidan iboratdir. Konfliktning qanday tugaganligi uning qanday echimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Konflikt, o'zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi konflikt o'z echimini topganligini har doim ham anglatavermaydi. Konfliktlar tugashini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko'ra ziddiyatning echimga kelishi va to'xtatilishi; konfliktning simmetrik echimining topilishi va to'xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi); konfliktning asimmetrik hal bo'lishi (ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi); konfliktning boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi; konfliktning asta “o'chib”, “so'nishi” va yo'qolib borishi. Kоnfliktоgеnlarsiz murosa qilish qoidalari Konfliktogenlardan foydalanmang, ularni o'z vaqtida, ildiz otib ketmasidan yo'qotishga harakat qiling Konfliktogen bilan to'qnashganda unga o'zingizdagi konfliktogen bilan javob qaytarmang Konfliktogen bilan munosabat bildirayotgan odamga, shuningdek umuman har qanday suhbatdoshingizga empatik (birovning xis-tuyg'ularini anglash asosida) munosabat bildiring. Empatik munosabat o'rnatish uchun suhbatdoshingizga xush keladigan mavzularni tanlang, unga komplimentlar ko'rsating, kulib gaplashing, uning so'zlarini diqqat bilan eshiting v.h. Imkon qadar ko'proq ijobiy xis-tuyg'ular ulashing. Konfliktogenlar maxsus garmonlar natijasi hisoblanadi. Agar o'zingizning kayfiyatingizni yaxshilik sari yo'naltirsangiz, konfliktogenlarni engishga imkon tug'iladi. Konfliktogenlar insonni kurash, ziddiyat va nizoga yo'naltiradi. Bu esa organizmda adrenalinning ko'payishiga olib keladi. Adrenalin konfliktgen bilan qo'shilib, g'azab, jahl, agressiyaning kuchayishiga sabab bo'ladi. Odamning qattiq g'azablanishi noradrenalinni keltirib chiqaradi. Uning inson salomatligiga bo'lgan juda katta salbiy ta’siri mavjud. Ammo chiroyli suhbat inson organizmida endorfin, ya’ni “baxt garmonlarini” yuzaga keltiradi. Muloqotni sovuqlashtiruvchi” omillar. Gapirib turgan odamning so'zi oxiriga etmasdan turib, unga yangi savollar beriladi Muloqotni “barbod” (sabotaj) etuvchilar bo'ladi a’zilar o'z suhbatini tergovday olib boradi. Suhbat birovni tinchlantirishdan iborat emas. Muloqotni iliqlashtiruchi omillar samimiylik; ochiqlik; o'zaro bir-biridan sir yashirmaslik; o'zaro ishonch; qarashlar yakdilligi; muammolarni ochiq ayta olish, o'z muammosini aytganda “bu odam yomon ekan” degan hayollarga bormaslik; ularning siz borangizda hech qachon yomon fikrga bormasligiga, sizni “muhokama” etib turmasligiga ishonch; ularning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishlari; siz uchun hech qachon vaqt ayamasliklari; siz bilan har vaqt bir tekis muomala va suhbat qurishlari; sizga hamdardlilik bildira olishlari; yordam kerak bo'lganda, ularning har doim tayyorligi va shu kabi o'nlab xususiyatlarning namoyon bo' lishi oydinlashadi. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling