Personalni boshqarish (MA’ruza matni)
«Personalni boshqarish» fanining mazmuni va asosiy vazifalari
Download 23.33 Kb.
|
1 mavzu
1.2. «Personalni boshqarish» fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
4. «Personalni boshqarish» kursining mazmuni ushbu fan yuzasidan tuzilgan namunaviy dasturda nazarda tutilgan muammolarga asosiy e’tiborni qaratgan. Unga ko‘ra quyidagi muammolarning mohiyati yoritib beriladi: - fanning predmeti, mazmuni va asosiy vazifalari; - korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili; - inson resurslarini boshqarish funksiyasining rivojlanishi; - korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi; - xizmat martabasini boshqarish; - xodimlarning xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilishini boshqarish; - korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlanishi – personal boshqaruvining asosi; - personal xulq-atvorini boshqarish; - kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshqarish; - personal boshqaruvida mehnat munosabatlari etikasi; - personalni boshqarishda ixtiloflar va stresslarni yechish; - korxona va tashkilotlarda personal xavfsizligini boshqarish; - boshqaruv personali mehnatini tashkil etish. 5. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni hal qilish yuzasidan fan oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi: inson resurslarini boshqarish asoslarini o‘rganish; korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati, mazmunini va xususiyatlarini o‘rganish; ishlovchilarni professional tanlash, malakasini oshirish, o‘qitish va lavozimlarga tayinlash masalalarini o‘rganish; ishga qabul qilish va undan bo‘shatish hamda personalni boshqarishning huquqiy-normativ asoslari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish; personalni boshqarish bo‘yicha ish yuritish va asoslarini, zaruriy hujjatlarni to‘g‘ri va tez rasmiylashtirish; personalni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo‘llarini belgilash; korxona va tashkilotlarda kadrlar ishi faoliyati mazmuni va mohiyatini o‘rganish; mehnat salohiyatining shakllanishi va rivojlanishi, kadrlar tarkibi va tuzilishi hamda ulardan foydalanishni ta’minlash yo‘nalishlarini o‘rganish; personalni boshqarish xizmatining shakllanishi va uni tashkil etishni o‘rganish; personalni boshqarish sohasidagi xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil etish va mamlakatimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda ulardan foydalanish va hokazo. Download 23.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling