Intizomiy mas’uliyat — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir.
Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo’l qo’yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan mansabdor shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo’llaniladi.
II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari — personalga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida ta’sir ko’rsatishdir. Ularning quyidagi turlari mavjuddir (3.7- rasm).
Xo’jalikni rejali yuritish — bu har qanday korxona faoliyat yuritishining asosiy qonuni hisoblanib, korxona maqsadlariga erishishning aniq strategiyasi mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona erkin tovar ishlab chiqaruvchi hisoblanib, bozorda boshqa korxonalarning teng huquqli sherigi maqomiga ega bo’ladi. Korxonaning iqtisodiy rivojlanish rejasi tovarga bozor talabi bilan zarur resurslar o’rtasidagi balansni ta’minlovchi asosiy shakli hisoblanadi.
Xo’jalik hisobi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini xo’jalik faoliyati natijalari (sotish hajmi, daromad) bilan taqqoslash asosidagi xo’jalik yuritish uslubidir. U korxona mustaqilligi, o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlashi, iqtisodiy me’yorlarga asoslangan.
Mehnatga haq to’lash — mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga qiziqtiruvchi asosiy omil va ishchi kuchi qiymati hisoblanadi.
Ishchi kuchi — mehnat vositalari yordamida xom ashyo va materiallarni pirovard mahsulotga aylantiradigan mehnat jarayonining asosiy elementidir. Bu har qanday korxonaning eng asosiy omilidir.
Bozor narxining shakllanishi — tovar-pul munosabatlari-ning muvofiklashtiruvchi vosita, daromad va xarajatlar, mahsulot bahosi va qiymati muhim iqtisodiy kategoriyasidir. Mahsulot bahosi yuqori bo’lsa, u bozorda raqobatbardosh bo’lmaydi, arzon bo’lsa korxona zarar ko’rishi mumkin. U quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |