Personalni boshqarish tamoyillari va uslublari Sug’urta Personalni boshqarish xizmati vazifa
Uchinchi yondashuv “korxonaga sodiklik"ka asoslangan
Download 211.87 Kb.
|
Sug’urta personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egiluvchanlik
- Boshqaruv me’yorlari
- Huquq va majburiyatlar mushtarakligi
- Tejamkorlik
Uchinchi yondashuv “korxonaga sodiklik"ka asoslangan. Bu holda personalni korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o’z mulkidek munosabatda bo’lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar personal va korxona o’rtasidagi shartnomada mustahkamlangan bo’ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo’yiladi. “Korxonaga sadoqat" psixologik omillar — personalning sidqidilligi, topshiriqlarning aniqligi va ularning ijroga bog’liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, shaxsiy va guruhiy munosabatlarni qamrab oladi.
Personalni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: Egiluvchanlik — ishlab chiqarishda va personal tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati. Markazlashtirish — korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi bo’g’inlar ixtiyoriga berish. Boshqaruv me’yorlari — har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Huquq va majburiyatlar mushtarakligi — bu korxona bo’linmalari va personalning huquq va majburiyatlari mushtarak bo’li-shini taqozo etadi. Vakolatlarning chegaralanishi — bu tamoyilga ko’ra, liniya rahbarlari mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga oid qarorlar qabul qilinishini, funktsiyali rahbarlar mazkur qarorlarni tayyorlashlari va ular ijrosini ta’minlashlari kerak. Tejamkorlik — boshqaruv tashkiliy tuzilmasi uchun sarf-xarajatlar oqilona bo’lishini anglatadi.Korxonalarda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan, ya’ni: boshqaruv bo’g’inlari miqdori; personal miqdori; boshqaruv tashkiliy tuzilmasi turiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi: yuqori bo’g’in — korxona boshqaruvi markaziy apparati; • quyi bo’g’in — tarkibiy bo’linmalar (ishlab chiqarishlar, sexlar, uchastkalar va boshqalar) boshqaruv apparatidan tashkil topadi. Boshqaruvning chiziqli (3.1- rasm) va funktsiyali (3.2- rasm) tashkiliy tuzilmalari quyidagicha farqlanadi. Amaliyotda boshqaruvning chiziqli-funktsiyali (rasm) hamda matritsali (rasm) tashkiliy tuzilmalari ham mavjuddir. Download 211.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling