Xodimning raqobatbardoshligi ishchi kuchi sifati, shaxsning ijodiy imkoniyatlari, ish bilan bandlik va ish kuni davomiyligi kafolatlanganligi, daromad miqdori bilan belgilanadi.
Alohida olingan mehnat jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan guruhning raqobatbardoshligi, guruh a’zosi raqobatbardoshligi yig‘indisidan ko‘pdir. Bu shu bilan izohlanadiki, ayrim xodimlar nafaqat yaxshi ishlaydilar, ayni vaqtda, a’lo darajada o‘zaro hamkorlikda faoliyat ham ko‘rsatadilar. Qo‘shimcha natija beruvchi bunday yig‘indi sinergetika” samarasi, deb ataladi. Unga ko‘ra 2+2=5,6,7 va hokazo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sinergetika 4 samarasi 2+2=5,6... N deb qabul qilinadi.
Raqobatbardoshlikning sinergetik xususiyatlari xodimlarning umumiy mehnat jarayonida birgalikdagi ishtiroki, ixtisoslashishi va kooperatsiya, guruh ichki iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish natijasida namoyon bo‘ladi.
1.18-chizma. Kasb malakasi oshishi bosqichlari.
1.19-chizma. Kasb malakasi rivojlanish bosqichlari.
Korxona yoki tashkilot personalining raqobatbardoshligi xodimlarning alohida guruhlarini raqobatbardoshligiga qarab aniqlanadi va ko‘p jihatdan ularning ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zaro faoliyati samaradorligi natijasi hisoblanadi. Personalning raqobatbar doshligi kompaniya yoki firma iqtisodiy o‘sishi bilan bog‘liq omillar ta’siri ostida shakllanadi. Ana shu shakllanish jarayonida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning mushtarakligi namoyon bo‘ladi: ish beruvchi o‘z maqsadlariga erishish (korxonasi raqobatbardoshligini oshirish, foydani ko‘paytirish, bozorning mahsulot va xizmatlarga ehtiyojini qondirish) uchun xodimlari ehtiyojini to‘laroq va yaxshiroq qondirishga harakat qiladi, personal esa, o‘z navbatida, korxona maqsadlariga erishishdan manfaatdor bo‘ladi.
1.20-chizma. Xodimning kasb malakasi o‘sishini baholash
Personal raqobatbardoshligining eng asosiy ko‘rsatkichlari
1.6-jadvalda aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |