Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi


Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni


Download 0.75 Mb.
bet9/20
Sana16.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1273027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ular yo‘nalishiga qarab, uch guruhga ajratish mumkin:
1. Bevosita ta’sir omillari. Ularga bevosita mehnat faoliyati bilan bog‘liq hamda insonning mehnat faoliyati jarayonida qobiliyatlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Bu omillar mehnat jarayoni sifati bilan bog‘liqdir.
Mehnat jarayoni sifati esa, insonning mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy ish haqi kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi.
Yuksak mehnat jarayoni sifati quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:
— ish qiziqarli bo‘lishi kerak;
— personal mehnatiga munosib adolatli haq olishi kerak;
— mehnat shart-sharoitlari qulay bo‘lishi kerak;
— rahbariyat tomonidan nazorat iloji boricha kamroq bo‘lishi, lekin nazorat qilish zarurati bo‘lganda, albatta, nazorat amalga oshirilishi lozim;
— xodimlar o‘z ishlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishlari darkor;
— maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mehnat jarayoni sifati mehnatdan qoniqish hosil qilish hissini kuchaytirish, o‘z malakasini oshirishga intilishda o‘z ifodasini topar ekan, ya’ni ishchi kuchi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashar ekan, ushbulardan kelib chiqqan holda, mehnat jarayoni sifat jihatlariga ishchi kuchi sifatini oshiruvchi omillar, deb qarash mumkin.
2. Bilvosita ta’sir omillari. Ularga mavjud ishchi kuchini amaldagi ishchi kuchiga aylantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Ular mehnat jarayoniga jalb etilgan va ishchi kuchi umumiy sifatiga ta’sir o‘tkazadilar. Bular:
— nufus (demografik) vaziyatlar.
Mansab darajasi hamisha ham kasbiy rivojlanish bosqichi bilan bog‘liq emas. Lavozimga ko‘tarilgan inson kasb malakasi bo‘yicha ana shu darajada yuqoriga ko‘tarilmagan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun shaxs rivojlanishining (lavozimda o‘sish) davriy vaqti va kasb malakasi oshishi (faoliyat turini egallash bosqichlari)ni farqlay olishi kerak. Kasb malakasining rivojlanish bosqichiga muvofiq egallanishi 1.18-chizma, kasb malakasi o‘sishi bosqichlari 1.18-chizmada ko‘rsatilgan.
Personalni rivojlantirish uning raqobatbardoshligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling