Personalni rag’batlantirish Reja


Download 122.81 Kb.
bet15/37
Sana26.02.2023
Hajmi122.81 Kb.
#1233033
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Personalni-rag’batlantirish - копия

Qiziqish kuchi xodim uchun u yoki bu ehtiyojni qondirish zarurati bilan belgilanadi. Xodim u yoki bu ne'matga qanchalik katta ehtiyoj sezayotgan bo’lsa, unga egalik qilishga intilishi shunchalik kuchli bo’ladi, u shunchalik faol harakat qiladi. Agar muayyan ne'matni olish ko’p kuch-g’ayrat talab etmasa, yoki bu ne'matni olish o’ta qiyin bo’lsa, odatda unda bunga qiziqish shakllanmaydi. Yuqorida bayon etilgan ikki holatda ham xodim nofaol bo’ladi. Ana shunday vaziyatlar tez-tez takrorlanib tursa, mehnat faolligini istisno etuvchi fenomen paydo bo’ladi.
Mehnatga qiziqishning o’ziga xosligi tovar ishlab chiqarishi bilan bog’liqbo’lgan «o’ziga» va «o’zgalarga» yo’naltirilganligidadir. Mehnat natijasi tovarga aylanib, iste'mol qiymati sifatida xodim ehtiyojini emas, balki boshqa odamlar ehtiyojini qondiradi. Tovar xodim ehtiyojini o’zining qiymati orqali qondiradi.
Bozor iqtisodiyoti raqobat mexanizmi orqali «o’ziga» va «o’zgalarga» qiziqishini uyg’unlashtiradi. Rejali iqtisodiyot esa ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida ushbu qiziqishni nomuvofiqlashtirishga olib keladi. Chunki bu tizimda xodim o’z mehnatiga jamiyatga berganiga qaraganda ancha kam haq olardi. Buning oqibati ish sifatining yomonlashishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot iste'mol xususiyatlarining pasayishida namoyon bo’lardi.
Xodim jamiyatga berayotgani bilan mehnatiga yarasha o’ziga olayotgani o’rtasidagi tafovut qanchalik katta bo’lsa uning uchun mehnatga qiziqish odamlar, umuman jamiyat oldidagi burchi, mehnati bilan insonlarga foyda keltirish kabi omillar ahamiyatini shunchalik yo’qotib boradi.
Xodimlarning «kasbiy malakasini yo’qotishi» mehnatga qiziqish ahamiyatini pasayishi oqibatidir. Uning uchun kasb malakasini oshirish o’z dolzarbligini yo’qotadi. Chunki u ishlab chiqarayotgan mahsulot iste'mol hususiyatlarini yaxshilash o’z ehtiyojini qondirish bilan bog’liq emasligi sababli shaxsiy manfaatdorligiga ta'sir ko’rsatmaydi.
Mehnatga qiziqish (motiv)ning quyidagi asosiy turlari farqlanadi:


  1. Download 122.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling