Personalni rag’batlantirish Reja
Download 122.81 Kb.
|
Personalni-rag’batlantirish - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona personalining daromadi
Baza stavkalari. Korxonaga zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlarni jalb etish uchun baza ish haqi yetarli bo’lishi kerak. Bu baza, xodim umumiy daromadlarini 70-90 foizidan ko’p bo’lmasligi lozim. Baza ish haqi miqdori xodimlar guruhi yoki umuman kompaniya yoki firma darajasida mehnat unumdorligining oshirilishiga muvofiqravishda oshirilishi kerak. Ish haqi o’sishi sur'atlarining mehnat unumdorligi oshishi sur'atlaridan sezilarli darajada yuqori bo’lishi ish haqi rag’batlantiruvchi kuchining pasayishiga olib keladi. Hayot farovonligining darajasi ish haqi bozor darajasini belgilash uchun asos bo’lib xizmat qila olmaydi.
Baza stavkasi miqdori xodim mas'uliyati darajasi va uning mehnat samaradorligi bilan bog’liq bo’lishi talab etiladi. Baza stavkalarining mas'uliyat darajasiga nisbati pog’ona shaklidir Korxona personalining daromadi asosan quyidagilardan iborat bo’ladi: Tarif stavkalari va okladlar bo’yicha ish haqi to’lash mehnatning murakkabligi va mas'uliyatiga muvofiq amalga oshiriladi. Mehnat bozori ishchi kuchiga talab va taklif nisbatini aks ettiradi. Ish beruvchi vaxodim o’rtasidagi munosabatlar natijasida belgilangan tarif stavkalari personal ayrim guruhi uchun tarif stavkasi jadvalida belgilab qo’yilganidan ancha ortiqbo’lishi ham mumkin. Bu mehnatning ana shunday turiga talabning yuqoriligi bilan izohlanadi. Ustama va kompensatsiyalar mehnatning ob'ektiv ravishda xodimga bog’liq bo’lmagan xususiyatlarini hisobga olgan holda to’lanadi. 4. Qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar mehnatga sidqidildan munosabat, mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag’batlantirish uchun joriy etiladi va xodimning shaxsiy yutuqlari natijalarini aks ettiradi. Ustamalar va qo’shimcha to’lovlar aksariyat hollarda muayyan xodimning alohida ish xususiyatlarini ifoda etadi. Mukofotlar esa ishlab chiqarishda alohida natijaga erishilganligini rag’-batlantirishga qaratilgan. Shuninguchun xodimni rag’batlantirish, uning o’z mahorati, malakasini oshirishga intilishini taqdirlash uchun ustama va qo’shimcha to’lovlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ustama va qo’shimcha to’lovlar barqarorlik xususiyatiga ega. Chunki, xodim muayyan malaka darajasiga va kasb mahoratiga ega bo’ladi. Bu xususiyatlar xodimning ish haqi darajasida ifoda etilgani ma'qul. Joriy ish natijalari o’zgaruvchan, boshqa xodimlarning o’rtacha ko’rsatkichlari, yutuqlaridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun xodimning mehnatdagi natijalari ortishini mukofotlar tizimi orqali rag’batlantirish samaraliroqdir. Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling