Personalni rag’batlantirish Reja


Download 122.81 Kb.
bet24/37
Sana26.02.2023
Hajmi122.81 Kb.
#1233033
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
Personalni-rag’batlantirish - копия

Ijtimoiy to’lovlar. Ular ta'til, shu jumladan ijtimoiy ta'tillar, malaka oshirish, hayotni sug’urta qilish va shu kabilar uchun to’lovlardan iboratdir.

  1. Korxona aksiyalari bo’yicha dividendlar (foydaga sheriklik). Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning juda muhim usuli bo’libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning o’zgarishiga (agar korxona aksiyalarining salmokli ulushi xodimlar tomonidan sotib olinsa) olib kelishi mumkin.

Kompaniya va firmalar aksiyalarining o’z xodimlariga sotilishi bir-biri bilan bog’liq ikki: kompaniya va firma hamda personal manfaatlarini birlashtirish, iqtisodiy - xodimlar mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun jalb qilish maqsadiga xizmat qiladi.
Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining quyidagi shakllari mavjud:

  • bepul aksiyalar;

  • aksiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo’lgan oddiy aksiyalar;

  • korxona aksionerlari umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan imtiyozli aksiyalar;

  • xodimlarning pay shaklida ishtirok etishi ko’zda tutilgan jamiyatlarni tashkil qilish;

  • aksiyalargaopsionlar;

  • faoliyat yakunlari bo’yicha, ishtirok etish birligiga aksiyalar va hokazolar.

Pensiya ta'minoti. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishi belgilab qo’yilgan.
Yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar - oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqsirda, ayollar - ellik besh yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan takdirda tayinlanadi.
Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi sug’urta qilingan xodimlarga - nogironlik mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib chiqqan bo’lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qatiy nazar, nogironlik boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq bo’ladi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobi-liyatsiz oila a'zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qatiy nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo’lgan sug’urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo’qotgan hollarda esa - ularning oila a'zolariga) ularning o’zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.1
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi ham tashkil etilgan bo’lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar bilan birga xodimlar o’z ish haqlaridan hamda korxonalar mablag’lari hisobidan tegishli badallar o’tkazib turishlari mumkin.



Download 122.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling