Petr ilich chaykovskiy bajardi: 20-12 guruh talabasi Sangilova Omina Tekshirdi: ibragimova nilufar


Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan o`zaro aloqadorligidir


Download 0.64 Mb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1159087
1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-PETR ILICH CHAYKOVSKIY(1)

Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan o`zaro aloqadorligidir.
O`zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik san`atning falsafiy va hissiy tomonlarini o`lchab ko`rib, o`z asrining zamonaviy kompozitoriga aylandi.
Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o`zining katta hissasini qo`shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi.
Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini ko`rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish, balki ko`rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi.
Chaykovskiy, o`zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878-yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy “intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik idealini yaratishga muvaffaq bo`ldi.
Chaykovskiy ijodining ahamiyati. Chaykovskiy asarlari jahon klassikasiga kiradi. Uning operalari turli tillarda ijro etilmoqda. Har 4 yilda bir marotaba Chaykovskiy nomli konkurs o`tkazilib, unda butun jahonning muzikantlari qatnashadilar.Chaykovskiy me`rosining XX asrda aks etishi va shu me`rosda kirib kelayotgan avlod muzikantlarining rivojlanishi va tarbiyalanishi nafaqat uning ijodiga, balki jamoat ishlaridagi faol mehnatlariga ham bog`liqdir.
Chaykovskiy, deyarli musiqa san`atining barcha vohalariga yangilik kiritdi. Chaykovskiy simfonizmining printsiplari keyingi kompozitorlar ijodida ham aks etib rivojlangan. Chaykovskiy ijodi ahamiyatining ta`siri, musiqiy asarlarning g`oyaviy obraz mavzusida, kompozitorlar ijodiy uslubida, musiqiy dramaturgiya va ifodali vositalar xususiyatida aks etdi. XX asr ijrochilik madaniyatidagi musiqiy teatrlarning rivojiga, dirijerlik va ijrochiligiga Chaykovskiy ijodi o`zgacha ahamiyat kasb etdi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling