Petrografiya
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abissal tog’ jinslari.
SIENIT- TRAXIT GURUHI
Bu guruhga kiruvchi tog’ jinslari kam rivojlangan bo'lib, hamma magmatik jinslarning 0,6 foizini tashkil qiladi. Sienit - traxitlar asosan boshqa guruh jinslari bilan genetik bog’langan holda rivojlanib, kamdan-kam alohida kichik jismni tashkil qiladi. Ular kremnezem bilan to'yingan bo'lib o'rta jinslardir. Abissal tog’ jinslari. Sienitlar kimyoviy va mineral tarkibiga ko'ra ikkiga - normal (ohakli-ishqorli) va ishqorli turga bo'linadi. Normal sienitlar qizg’ish rangli, o'rta va yirik donali, yaxlit teksturali tog’ jinsi. Uni ko'p qismi (60-70 foizi ) ishqorli dala shpatlaridan - ortoklaz, mikroklin, anortoklaz va pertitdan iborat. Plagioklaz (oligoklaz-andezin) tog’ jinsining 10-20 foizini tashkil qilishi mumkin. Rangli minerallar (20-30 foiz) asosan shoh aldamchisidan iborat bo'lib, kamdan-kam biotit va piroksen uchraydi. Kvars sienitlarda oz miqdorda (5 foiz) uchragani uchun uni faqat mikroskop ostida ko'rish mumkin. Kvars miqdori 15 foizga yetsa, tog’ jinsi kvarsli sienit deb ataladi. Aksessor
23
minerallar apatit, sfen va magnetitdan iborat. Ikkilamchi minerallardan ishqorli dala shpatlari o'zgarishining mahsuli bo'lgan pelitsimon minerallar hamda seritsit, xlorit, kalsit va boshqa minerallar uchraydi. Tog’ jinsi tarki-bida qaysi rangli minerallar uchrashiga ko'ra shoh aldamchili, biotitli va piroksenli sienitlarga bo'linadi. Sienitlarda gipidiomorf, porfirsimon hamda monsonit strukturalar uchraydi. Petrografik jihatdan sienitlar asta-sekin kvarsli sienit va granosienit orqali granitga, gabbro-sienit orqali gabbroga hamda sienito-diorit orqali dioritga o'tib boradi. Ishqorli sienitlar asosan ishqorli dala shpatlaridan: kaliyli- ortoklaz, mikroklin, natriyli- albit yoki kaliy – natriyli - anortoklaz, pertit va mikropertitdan tashkil topgan. Kaliyli dala shpatlari va albit birga, ayrim holda alohida uchrashi mumkin. Rangli minerallar ishqorli piroksenlar (egirin, egirin-avgit, egirin- diopsid) va ishqorli shoh aldamchisidir (arfvedsonit, ribekit, barkevikit) dan tashkil topgan. Slyudalardan biotit va lepidomelan uchraydi. Ishqorli sienitda aksessor minerallar sfen, sirkon, magnetitdan tashkil topgan. Tog’ jinsining ayrim turlarida kvars uchrashi mumkin. Agar kvarsning miqdori oshsa, ishqorli sienit bilan ishqorli granit o'rtasidagi jins hosil bo'ladi. Ishqorli sienitlar ayrim holda feldshpatoidli sienitlar bilan genetik bog’langan bo'lib, ularda nefelin, sodalit va kankrinit uchraydi.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling