Petrografiya
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Effuziv tog’ jinslari. Normal sienitlarning effuziv o'xshashi traxit
(kaynotip) va traxit - porfirdir (paleotip). Traxit -porfir, ayrim hollarda afir strukturali, och kulrang, qizg’ish tog’ jinsi. Porfirlar shaffof sanidin, plagioklaz va ozroq rangli minerallardan (shoh aldamchisi, biotit, piroksen) tashkil topgan. Traxitning tashqi ko'rinishi liparitga o'xshash bo'lib, undan porfirlarda kvars yo'qligi bilan farq qiladi. Tog’ jinsining asosiy massasi traxit strukturali bo'lib, unga sanidin va plagioklaz mikrolitlarining oqimsimon joylanishi xosdir. Asosiy massada kamdan-kam vulqon shishasi uchraydi.
Traxit - porfir ikkilamchi jarayonlar bilan o'zgargan bo'lib, porfirlar ko'proq ortoklazdan tashkil topganligi bilan traxitdan farq qiladi.
25
Ishqorli sienitlarning effuziv monandi ishqorli traxit va ishqorli traxit – porfir bo'lib, ular normal traxitlardan plagioklazning yo'qligi va rangli minerallar turi: egirin, egirin-avgit, ishqorli amfibol, biotit borligi bilan farq qiladi. Ishqorli traxitlarning paleotip turi ikkiga: ortofir va keratofir yoki albitofirga bo'linadi. Birinchi tog’ jinsi tarkibida dala shpatlaridan faqat sanidun uchrasa, keratofirda esa asosan albit bo'lib, ozroq mikropertit yoki anortoklaz uchraydi. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling