Gipabissal tog’ jinslari. Nefelinli sienit guruhi gipabissal turlariga
nefelinli mikrosienit, nefelinli sienit-porfir (asх ist) va nefelinli
sienit-pegmatit (diasх ist) kiradi.
Nefelinli mikrosienit abissal tog’ jinslaridan mayda
donaliligi bilan farq qiladi. Nefelinli sienit - porfirga esa porfir
struktura xosdir. Porfirlar ortoklaz, nefelin, ayrim holda sanidindan
tashkil topgan bo'lib, asosiy massa mayda egirin-avgit, ishqorli
amfibol va dala shpatidan tashkil topgan.
Nefelinli sienit - pegmatit yirik donali tog’ jinsi bo'lib,
ishqorli dala shpatlari (73 foiz), nefelin (12 foiz), lepidomelan
(5 foiz), egirin (5 foiz) va sodalitdan (5 foiz) tashkil
topgan. Bu jinsda noyob minerallar (evdialit, piroxlor, astrofillit)
ko'p uchraydi. Ularning granit pegmatitlarga nisbatan ko'p uchrashi
nefelinli sienit magmasi uchuvchan komponentlarga boy ekanligi
bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |