Petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari. Gipabissal jinslar mikrosienit, sienit-
porfir, sienit-aplit, sienit-pegmatit va lamprofirdan tashkil topgan. Mikrosienit va sienit - porfir sienitdan mayda donaliligi va porfir strukturaliligidan tashqari yana dala shpatlari yuqori haroratli modifikatsiyasi (anortoklaz)ning rivojlanganligi bilan farq qiladi. Sienit - aplitlarning normal va ishqorli turi bor. Normal sienit-aplitda ishqorli dala shpatlari bilan birga nordon yoki o'rta
24
plagioklaz uchrasa, ishqorli turida esa u uchramaydi. Ikkinchi darajali minerallarni kvars, feldshpatoidlar va rangli minerallar tashkil qiladi. Sienit-aplitlar mayda donali jins bo'lib, strukturasi allotriomorf -donalidir. Sienit - pegmatit yirik va ulkan (2-3 sm) donali tog’ jinsi. Uning tarkibida asosan dala shpatlari bo'lib, oz miqdorda rangli minerallar ham uchraydi. Sienit-traxit guruhining melanokratli turini lamprofirlar tashkil qiladi. Ularning ikki turi mavjud. Minetta slyudali lamprofir bo'lib, qizg’ish, qo'ng’ir rangli biotit, ortoklaz va aksessor minerallar ( apatit va ma'danli minerallar) dan tashkil topgan. Bu tog’ jinsiga yirik idiomorf biotit donalarining borligi xosdir. Odatda minetta ko'pincha o'zgargan bo'lib, uni kersantitdan ajratish qiyin. Vogezit mayda donali lamprofir bo'lib, uning tarkibida yashil shoh aldamchisi va ortoklaz bor. Sienit va diorit guruhiga mansub lamprofirlar birbirlariga asta-sekin o'tib boradilar. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling