Phil14mbk falsafa muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hisob


Tavsiflash—tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish metodi


Download 426.36 Kb.
bet10/16
Sana20.10.2023
Hajmi426.36 Kb.
#1711598
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
bdhuwrJiAZZZJgiLX5knAf7pe4G4tyfjOEvhndjt

Tavsiflash—tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish metodi.
O‘lchash—qabul qilingan o‘lchov birliklarida o‘lchanayotgan kattalikning son miqdorini topish maqsadida ma’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmuyi.
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari.
Ilmiy bilishning bu metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo‘lib, ular ilmiy bilishning nazariy darajasiga xosdir.
Umumlashtirish — barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan muayyan belgi, xususiyat hamda xossalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik jihatlarini aniqlashdan iborat.
Abstraktlashtirish — tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir. Ilmiy bilish jarayoni umumlashtirish va abstraktlashtirish bilan tugamaydi.
Konkretlashtirish — umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan oldingi belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir flkr hosil qilishdir.
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi yaxlit mantiqiy amalning turli tomonlaridir, xolos. Tadqiqotchi umumlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchalasi tafakkur jarayonida doimo birlikda qo‘llanib, bir-birlarini to‘ldirib keladi.
Umumlashtirishdan abstraktlikka va undan konkretlikka hamda konkretlikdan umumlashtirish orqali yana abstraktlikka tomon borish — bilishning umumiy usullaridir.
Ilmiy bilishning bu usullari fanlar taraqqiyotining turli davrlarida turlicha ro‘l o‘ynab kelgan. Konkretlikdan abstraktlikka borish usuli fanlarning shakllanish davrida, ularga oid turli ilmiy tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqishda muhim ro‘l o‘ynagan edi. Keyinchalik, fanlar jadal rivojlanib borgan sari, predmet yoki hodisalarni chuqur bilish talabi abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish usulining ahamiyatini orttiradi. Shunga qaramay, ilmiy bilish jarayonida bu ikki usul doimo birlikda va o‘zaro bog‘liqlikda qo‘llaniladi. Bu usullar nazariy bilishning induktiv va deduktiv metodlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling