Phil14mbk falsafa muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hisob
Download 426.36 Kb.
|
bdhuwrJiAZZZJgiLX5knAf7pe4G4tyfjOEvhndjt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnometodologiya
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa subyektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (odatdagi) kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) va ishtirokchilikka asoslangan (ichdan turib) kuzatish (bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni “ichdan” tahlil qiladi) farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning aqliy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi — sezgilari, fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g‘oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: Ideografik metod - alohida tarixiy faktlar va hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog (“savol-javob metodi”). Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish. Hujjatlami tahlil qilish—son va sifat jihatidan tahlil qilish (content - analiz). So‘rovlar o‘tkazish — “yuzma-yuz” so‘rov (intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so‘rov o‘tkazish. Ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbayi hisoblanadi. Proyektiv metodlar (psixologiyaga xos)—insonning produktiv faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli. Testlash (psixologiya va pedagogikada)- standartiashtirilgan topshiriqlar bo‘lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o‘lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi—intellekt testlari (mashhur Q koeffitsiyenti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar keltirishi mumkin. Biografik va avtobiografik metodlar. Sotsiometriya metodi—ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan foydalanish. Undan ko‘pincha “kichik guruhlar”ni va ulardagi shaxslararo munosabatlami o‘rganishda foydalaniladi. O‘yin metodlari — boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar individual va guruhlararo vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar. Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli - tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Hozirgi zamon metodologiyasi—eng barqaror, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatuvchi soha. Metodoiogiya o‘rganuvchi va umumlashtiruvchi metodlar berilgan narsalarni subyektiv qatlamlarsiz qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon metodologiyasida individual, psixologik, kollektivistik yoki tarixiy va madaniy shartlardan ajratish (abstraksiya) yoki chegaralash (demarkatsiya qilish), ayniqsa, kuchli. Aytish mumkinki, metodoiogiya sohasi ancha barqaror soha bo‘lib, unda vositalar, usul, metod va tamoyillar har bir muayyan holatga alohida tayyorlanmaydi, balki oldindan mavjud bo‘ladi va qo‘llash uchun tayyor turadi. Shuning uchun ham metodologiyani dunyoqarashni mumkin qadar oqilonalashtirish bilan bog‘laydigan ta’riflni uchratish mumkin. Metodologiyaning ko‘p darajaliligi uni rivojlantirish zarurati singari, shu bilan bog‘liqki, hozirgi vaqtda tadqiqotchi, qoida tariqasida, bilish faoliyatining o‘ta murakkab konstruksiyalari va vaziyatlariga to‘qnash kelmoqda. Shuning uchun ham fanda metodologik izlanishlarning kuchayishi kuzatilmoqda. Asosan ichki falsafiy va professional metodologiyalar farqlanadi, XX asrning 50—60-yillarida metodoiogiya mustaqillik maqomini qo‘lga kiritib, alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Chunki ichki agar falsafa asosiy e’tiborni ekzistensial muammolarni hal qilishga qaratsa, professional metodologiyaning maqsadi—“har qanday faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat”4. Hozirgi zamon metodologiyasida klassik fanning o‘ziga xos jihati hisoblanadigan, ammo tilshunoslik, tarix, astronomiya va tibbiyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan eksperiment ham qayta tushunib yetiladi. Ba’zan fikran eksperiment o‘tkazishga nazariy konsepsiyaga asoslangan ma’lum faoliyat loyihasi, deb qaraladi. U ma’lum ideal konstruktlar bilan ishlashni nazarda tutadi. Binobarin, u empirik daraja vositasidan ham ko‘proq fikr harakati nazariy darajasining vositasi hisoblanadi. Hozirgi zamon metodologiyasiga “noizchil fikrlash” tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u materialni o‘zlashtirishning barcha ma’lum usullaridan evristik foydalanish mumkinligini nazarda tutadi. U “miyaga hujum qilish” imkoniyatiga yo‘l ochadi. Hozirgi zamon ilmiy nazariyasi o‘z faoliyatida aksiomatik negiz va mantiq bilan bir qatorda intuitsiyaga ham tayansa, metodologiya bunga intuitiv fikr yuritishning rolini e’tirof etish bilan javob beradi. Bu gumanitar va tabiiy fanlar o‘rtasidagi uzilishni qisqartiradi. Olimni juda ko‘p formal-mantiqiy operatsiyalardan ozod qiluvchi kompyuter inqilobi yutuqlari esa ijod uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Buning natijasida tadqiq qilinayotgan obyekt va jarayonlarning, nostandart yechimlar va noan’anaviy yondashuvlarning maydoni yanada kengayadi. Download 426.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling