Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Gapda holning o‘rni. Hol hollanmishdan oldin 
turadi. Bir hollanmishga tobe bo‘lgan bir parcha holn-
ing gapdagi o‘rinlari quyidagicha bo‘ladi: ravishdosh 
va ravish bilan ifodalangan tarz holi hollanmish-
ga yaqin joylashadi: U eshikdan sevinib kirib keldi. 
Miqdor-daraja holi hollanmishga yaqin turadi: Biz 
siznikiga ko‘p borganmiz. Payt va o‘rin hollari hol-
lanmishdan avval, odatda gap boshida yonma-yon 
keladi. Bunda payt holi oldin, o‘rin holi keyin qo‘lla-
nadi. Kecha Kievdan bir o‘rtog‘im telefon qildi. Sabab 

Abdurahmonov G‘.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh., Hojiyev 
A.P. O‘zbek tili grammatikasi II T. Sintaksis. – Toshkent, 1976. 
– B. 181.

Abdurahmonov G‘.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh., Hojiyev 
A.P. O‘zbek tili grammatikasi II T. Sintaksis. – Toshkent, 1976. 
– B. 181.


36
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
va maqsad hollari hollanmishdan oldin gapning turli 
o‘rinlarida kela oladi: Kasal bo‘lganim uchun ishga 
vaqtida yetib kela olmadim. Bu odatdagi to‘g‘ri tartib 
logik urg‘uning talabi bilan o‘zgarishi mumkin. Logik 
urg‘uli hol hollanmish(kesim)ga yaqin turadi. Bunda 
to‘liqsiz inversiya ro‘y beradi. Holning hollanmish 
(kesim)dan so‘ng qo‘llanishi to‘liq inversiyani kelt-
irib chiqaradi. To‘liq inversiya jonli tilda, emotsional 
nutqda, ko‘chirma gapli konstruksiyalarda, sheʼriyat-
da uchraydi: Аyta bersam shuki, bu o‘rtoq... qovunga 
piyoz qo‘shib yeganlar azbaroyi o‘rtoq Nurmatovni 
kuldirish uchun (А.Qahhor)
1
.
Gapda aniqlovchining o‘rni. O‘zbek tilida 
aniqlovchi bilan aniqlanmishning odatdagi, to‘g‘ri 
tartibi “aniqlovchi+aniqlanmish” shaklida bo‘ladi. Bu 
tartib sifatlovchi bilan sifatlanmish uchun qatʼiy bo‘lib, 
qaratuvchi bilan qaralmishda, baʼzan izohlovchi bilan 
izohlanmishda o‘zgarishi mumkin. Sifatlovchi bilan 
sifatlanmish prozaik nutqda to‘g‘ri tartibda bo‘ladi, 
poetik nutqda esa baʼzan inversiyaga uchraydi: Ona 
sevmas farzand topilmas, Farzand yo‘qdir onani 
sevmas (H.Olimjon). Sifatlovchi-sifatlanmish tipidagi 
bog‘lanishning ega-kesim tipida o‘zgartirilishi inversi-
ya hisoblanmasligini yuqorida aytgan edik. Bayroq, 
havorang, mag‘rur hilpirab turar (H.G‘ulom) tipidagi 
konstruksiyalarda ham sifatlovchi va sifatlanmish tar-
tibining o‘zgarishini inversiya hodisasi deb baholab 
bo‘lmaydi. Chunki inversiyada birikma bo‘laklarin-
ing grammatik va semantik munosabatlari, gapdagi 
funksiyalari o‘zgarmasligi kerak. Havorang bayroq 
mag‘rur hilpirab turar gapida havorang bayroq birik-
masi bitishuv yo‘li bilan aloqaga kirishib, atributiv 
munosabatni hosil qilsa, Bayroq, havorang, mag‘rur 
hilpirab turar gapida esa izohlov yo‘li bilan aloqaga 
kirishib, yarim predikativ munosabatni hosil qiladi. 
Keyingi holda havorang so‘zi murakkab gap kon-
struksiyasini tashkil etuvchi bo‘lak – ajratilgan bo‘lak 
sanaladi. Qaratuvchi bilan qaralmishning odatdagi 
to‘g‘ri tartibi «qaratuvchi-qaralmish» shaklida bo‘ladi: 
mening ukam. Bu tartib jonli so‘zlashuvda emotsion-
allik bilan bog‘liq holda va poetik nutqda vazn, qofiya 
va turoq kabilarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin, 
natijada qaratuvchi va qaralmish inversiyasi ro‘y be-
radi: So‘zi qursin o‘shaning (Uyg‘un)
2
.

Abdurahmonov G‘.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh., Hojiyev 
A.P. O‘zbek tili grammatikasi II T. Sintaksis. – Toshkent, 1976. 
– B. 182.

Abdurahmonov G‘.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh., Hojiyev 
A.P. O‘zbek tili grammatikasi II T. Sintaksis. – Toshkent, 1976. 
– B. 183.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling