Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Sintaktik tahlil metodlari.
Sintaktik parsing - tabiiy tilning sintaktik tuzilishi- ni avtomatik tahlil qilish va gapga sintaktik tuzilmani, ayniqsa, sintaktik munosabatlarni (tobelik grammati- kasida) va tarkibiy qismlarning oraliqlarini belgilash (guruhlarga ajratish grammatikasida) vazifasini baja- radi 3 . Bu tabiiy tildagi strukturaviy noaniqlik muammo- si bilan izohlanadi: gapda bir nechta grammatik birik- malar mavjud bo‘lishi mumkin, shuning uchun qaysi bo‘lak tahlil qilish mo‘ljallanganligini aniqlash uchun formal grammatika qoidalari bo‘yicha ba’zi bilimlar kerak bo‘ladi. Sintaktik parsing kompyuter lingvistika- si va tabiiy tilni qayta ishlash(NPL)ning muhim vazi- falaridan biri boʻlib, XX asr oʻrtalaridan EHM paydo boʻlishi bilan birga tadqiqot obyekti boʻlib kelmoqda 4 . Parsing metodlarining ikki turi mavjud: 1. Tobe bog‘lanishni tahlil qilish (Dependency parsing) 2. Guruhlarga ajratib tahlil qilish (Constituency parsing) 5 . Tobe bog‘lanishni tahlil qilish (Dependency pars- ing) – so‘zlar orasidagi sintaktik va semantik munos- abatlarni aniqlash orqali gapning grammatik tuzilishi- ni topish. Bog‘liqlikni tahlil qilish boshqa ko‘plab NLP loyihalarida qo‘llanilgan, masalan, mashina tarjimasi (machine translation), munosabatlarni ajratib olish (relation extraction), obyektni tanib olish (named entity recognition), ma’lumot olish (information ex- traction) bularning barchasi ma’lum darajada tabiiy tilni tushunishni o‘z ichiga oladi. Har bir tobelik mu- nosabati bosh so‘z va gapdagi bosh so‘zni o‘zgar- tiruvchi tobe so‘z o‘rtasida aniqlanadi. Bunday mu- nosabatlar sintaktik deb hisoblansa-da, ular tabiiy ravishda so‘zlar orasidagi semantik munosabatlarga asoslanadi. Misol uchun, har bir tobe o‘zining bosh so‘zini o‘zgartirish roliga ega, bu butunlay semantik ta’sir natijasi. Tobe bog‘lanish tuzilmalari bog‘liqlik daraxtlari (dependency tree) deb ataladigan ierarxik tuzilmalar bilan ifodalanadi yoki yo‘naltirilgan grafiklar (directed graph) deb ataladigan bog‘liqlik grafiklar ko‘rinishida ifodalanadi. Masalan, bog‘liqlik grafigi: Men yaqin do‘stimni ko‘rdim. 3 Jurafsky, Dan, Martin, James H. Speech and Language Pro- cessing An Introduction to Natural Language Processing, Com- putational Linguistics, and Speech Recognition. – New Jersey: Prentice Hall, 2000. – 927 p. 4 https://en.wikipedia.org/wiki/Syntactic_parsing_(computa- tional_linguistics)#CITEREFJurafskyMartin2021 5 Ersin Ihsan Unkar (2007). Parsing turkish sentences for natural language watermarking. – Bo´gazici University, 2007. – 154 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling