Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapda to‘ldiruvchining o‘rni
Gapda ega va kesimning o‘rni. O‘zbek tilida
odatda ega o‘ziga oid so‘zshakllar bilan birga gap- ning boshida keladi, kesim esa o‘ziga birikib keladi- gan so‘zshakllar bilan birga gapning oxirida keladi. Demak, ega va kesimning tartibi “ega+kesim” shakl- ida bo‘ladi: Gullar ochildi. Har qaysi bosh bo‘lakning gapda birikib keladigan so‘zshakllari bo‘lishi mum- kin. Bu so‘zlar bosh bo‘laklardan oldin keladi: ega- ga tobe so‘zlar egadan oldin, kesimga tobe so‘zlar kesimdan oldin turadi: Supada o‘tirgan onam menga qarab kuldi. Gapda eganing kesimdan oldin, kesimn- 1 Abdurahmonov G‘.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh., Hojiyev A.P. O‘zbek tili grammatikasi II T. Sintaksis. – Toshkent, 1976. – B. 181. ing egadan keyin kelishi odatdagi to‘g‘ri tartibdir. Аk- sincha, eganing kesimdan keyin, kesimning egadan oldin kelishi teskari tartib – inversiyadir. Ega bilan kesimning inversiyasi quyidagi hollarda ro‘y berishi mumkin: 1. Аdabiy tilda nutqning taʼsirini, emotsionallikni oshirish uchun: Xalqlarimiz do‘stligi mangu yashasin va yashnasin! 2. So‘zlashuv nutqida: Hammani ovora qildi bu shumtakalar («Mushtum»). 3. Ko‘chirma gapdan so‘ng qo‘llangan muallif gapida: Bu qog‘ozlar taxminlarga asoslangani uchun hujjat bo‘lolmaydi, – dedi Yagona, uning so‘zini kesib (I. Rahim). 4. Sheʼriyatda vazn, qofiya va turoq kabi talablar natijasida: Keldi bahor, gul bahor, Erib bitdi oppoq qor (Sh.Saʼdulla) 2 . Gapda to‘ldiruvchining o‘rni. To‘ldiruvchining o‘rni to‘ldirilmishga nisbatan tayinlanadi. To‘ldiruv- chi bilan to‘ldirilmishning tartibi odatda “to‘ldiruvchi + to‘ldirilmish” shaklida bo‘ladi. Bir to‘ldirilmishga bir necha to‘ldiruvchi tobelanib bog‘langan bo‘lsa, obyek- tni bildiruvchi to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga yaqin turadi. Demak, vositasiz to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchiga nisbatan to‘ldirilmishning oldida turadi: Men sizga qadimgi Buxoroning yodgorliklarini ko‘rsataman. Vo- sitali to‘ldiruvchi logik urg‘uli bo‘lsa, yuqoridagining aksi bo‘ladi: Buni senga oldim. O‘zbek tilida to‘ldiru- vchi bilan to‘ldirilmishning inversiyasi ham uchraydi. Bunda to‘ldirilmish kesim funksiyasida bo‘ladi. Bund- agi inversiyaning shartlari ham ega bilan kesim inver- siyasining shartlariga o‘xshab, emotsionallik, sheʼriy talab va ko‘chirma gapdan so‘ng kelgan muallif gap- ining kesimiga bog‘liq: Ko‘rmayin bosdim tikonni, tor- tadirman jabrini (Uyg‘un) 3 . Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling