Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
ariq, daryo, buloq, jo‘y, shox, quduq koriz, hovuz kabi
apellyativ gidronimik aniqlagichlar faol qo‘llanadi. Ular qo‘shma, shuningdek, murakkab toponimlarning ma’no tomonini aniqlovchi qismlardir. Bu, ayniqsa, quyidagi gidronimlarda yaqqol ko‘rinadi: Bo‘stonsoy, Zarangbuloq, G‘o‘rinbuloq, Panjobdaryo, Chuqurko‘l, Turkkoriz, Sharifjilg‘a, Qizilhovuz, Shirinquduq (Boy., Sher. t.) kabi. O‘zbek tili gidronimik tizimida qo‘shma gidronim- lar miqdoran ko‘p. Masalan, biz Surxondaryo viloyati hududidan to‘plagan 1000 dan ziyod gidronimlar- ining 600 dan ko‘prog‘i qo‘shma gidronimlardir. Bu gidronimlar yasashda, yaratishda aniqlik va man- tiqiylikka intilish mahsulidir. Qo‘shma gidronimlarn- ing morfologik tarkibida ikkinchi komponent sifatida asosan gidronimik aniqlagichlar qo‘llanadi, Kamoli- soy, Ro‘ziboysoy, Davlatsoy, Vaxshivordaryo, Shay- matariq kabi. Qo‘shma gidronimlarning morfologik asosi va shakllanish modeliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: I. ot + ot: 1) antroponim + gidronimik aniqlagich: Tairariq (Tohirariq) (Boy. t. Sayrob q.), To‘lashariq (Sher. t. Kampirtepa q.), Boybo‘ribuloq, Qunduzbuloq (Sher. t. Qizilolma q.), Fotimabuloq, Sotimbuloq (Sher. t. Zarabog‘ q.), Mavjakbuloq, Mavlonbuloq (Boy. t. Sho‘rob q.), Mo‘minbuloq, Qo‘zibuloq, Xanjarbuloq, (Sher. t. Xatak q.), Shodmonbuloq, Imomqulbuloq (Sher. t. Xo‘jaulkan q.), Sharifjilg‘a, Ravshanjilg‘a (Sher. t. Kampirtepa q.) Shamanisoy (Boy. t. Sayrob q.) Shaydiquduq, Xolmirzaquduq (Sher. t. Qizilolma q.) kabi; 2) toponim + gidronimik aniqlagich: Surxond- aryo, Boysundaryo, Oltinsoydaryo, Sheroboddaryo, Muzrabotsoy, Oltinsoy (soy), Choshsoy, Bandixon- soy, Darbanddaryo (Boy. t.), Machaydaryo (Boy. t.), Sharg‘undaryo (Sar. t.), Vaxshivordaryo (Oltinsoy t.), Elbayonsoy (Sho‘rchi t.), Dashnobodsoy (Sar. t.) kabi. 3) etnonim + gidronimik aniqlagich: Aymoqariq (Sher. t. Kampirtepa q.), Qozoqsoy (Sar. t.), Turkkoriz (Sher. t. Pashxurt q.), Qipchoqsoy (Boy. t. Chilonzor q.), Turkmanquduq (Sher. t.), Oqlarariq (Den. t.), Ochamayshox (Jarqo‘rg‘on t.), Muqriariq (Termiz t), Oyinnishox (Sher. t. Qulluqsho q.), Duboyariq (Sar. t.) kabi. II. Sifat + ot (sifat-gidronimik aniqlagich): Qizilar- iq (Boy. t. Sayrob q.), Qizilhovuz (Sher. t. Xomkon q.), Qoraariq (Oltinsoy t. Mirshodi q.), Qorachashma (Sher. t. Pashxurt q.), Qizilsoy (Sher. t. Xo‘jaulkan q.), Chuchukquduq (Den. t.) kabi. III. Son + ot: Beshbuloq (Sher. t. Xomkon q.), Beshbuloq (Sher. t. Xo‘jaulkan q.), Beshbuloq (Sher. t. Vandob q.), Beshbuloq (Den. t.) kabi. 58 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Shuningdek, qo‘shma gidronimlar sirasiga izofali birikmadan yasalgan nomlar ham kiradi. Izofa termini arabcha bo‘lib, “qo‘shish va bog‘lash” degan lug‘aviy ma’nolarni anglatadi. Aniqlanmish bilan aniqlovchi, qaralmish va qaratqich munosabatlarini ifodalovchi tushuncha izofa deb ataladi. 1 Izofa qo‘shish, ko‘paytirish demakdir. Hozirgi tojik tilida, umuman, eron guruhi tillarida ham so‘zlarning aniqlovchili aloqaga kirishuvi izofa tarkibi (tarkibi izo- fa) deb ataladi. Shuningdek, izofa tarkibini tashkil qil- gan qismlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi -i, -yi ko‘rsatkichlari ham izofa deyiladi. Forsiy izofa asosida yaratilgan nomlar o‘zbek tili gidronimiyasida ham uchraydi. Masalan, Jo‘yi bachi she’r, Jo‘yi Yusuf (Boy. t. Darband q.), Jo‘yi Chinor, Jo‘yi Kabutiy, Jo‘yi Kalon, Jo‘yi Qayirma (Boy. t. Sayrob q.), Jo‘yi Chinor (Boy. t. Panjob q.), Obida- ra, Obikanchar, Obinargiz, Obizarang (Ko‘hitangtog‘ yonbag‘irlari), Sarijo‘y (Sar. t.) kabi gidronimlar ham forsiy izofa asosida yaratilgan. Tarkibli gidronimlar. O‘zbek tili gidronimlarining bir qismini murakkab gidronimlar tashkil etadi. N.Begali- yev bunday gidronimlarni sostavli (tarkibli) gidronim- lar deb ataydi. U bunday nomlarning asosiy qismini ikki komponentli nomlar, ba’zida uch va undan ortiq komponentli nomlar tashkil etishini ko‘rsatadi. Bizningcha, tarkibli gidronimlar sodda va qo‘shma tipdagi gidronimlardan farq qilib, birikmaga, ayrim hollarda gapga teng bo‘ladi. So‘z birikmasi va gap shaklidagi suv obyekti nomlari tarkibli gidronimlar hisoblanadi. Masalan. Dushanbe-Qoratog‘ kanali (Surxon. v.), To‘polong-Qoratog‘ kanali (Den. t.), Eski Xazarbog‘ kanali (Den. t.) kabi. O‘zbek tili tarkibli gidronimlarini shakliy tuzilishiga ko‘ra o‘z ichida quyidagi tiplarga ajratish mumkin: Birikma shaklidagi gidronimlar. Surxondaryo gi- dronimiyasida ham birikma shaklidagi gidronimlar salmoqli o‘rin tutadi. Masalan, Sangardak sharshara- si (Den. t.), To‘palang suv ombori (Uzun t.), Chash- midilli bulog‘i (Sher. t. Vandob q.), Yangiariq kanali (Sar. t.), Sherobod magistral kanali (Qumqo‘rg‘on t.), Amu-Zang kanali (Termiz t.), Janubiy Surxon suv ombori (Qumqo‘rg‘on t.) kabi. O‘zbek tilida birikma shaklidagi tarkibli gidronim- lar aniqlovchi-aniqlanmish xarakteriga ega bo‘lib, morfologik jihatdan quyidagi tarkibiy tuzilishiga ega: a) atoqli ot (antroponim, toponim) + turdosh ot (gidronimik aniqlagich): Sherobod magistral kana- li (Qumqo‘rg‘on t.), Aziz boboning bulog‘i (Sher. t. Kampirtepa q.), Odina boboning hovuzi (Sher. t. Kampirtepa q.), Imomqulbuloq (Sher. t. Xo‘jaulkan q.) kabi; b) atoqli ot + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik aniqlagich): Dushanbe-Qoratog‘ kanali (Surxon. v.), To‘polong-Qoratog‘ kanali (Den. t.) kabi. Bunday gidronimlarda suv obyektining o‘rnini: boshlanishi, tugashi va yo‘nalishini ifodalovchi atoqli otlar juft holda qo‘llanadi. v) sifat + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik aniqlagich): Janubiy Surxon suv ombori (Qumqo‘rg‘on t.), Eski Xazarbog‘ kanali (Den. t.), Qizil Farg‘ona kollektori (Den. t.) kabi. Bu tipdagi gidronimlar ko‘proq yirik suv obyekt- larini ifodalaydi. Ularning tarkibida asosan janubiy; shimoliy, g‘arbiy, sharqiy, katta, eski kabi sifatlar qo‘llanadi va suv obyektining o‘rnini, oqim yo‘nalishi- ni, hajmini ifodalaydi. Masalan, Janubiy Surxon suv ombori (Surxon. v.), Chap qirg‘oq kanali (Qiziriq t.), O‘n tarmoq kanali (Qiziriq t.) kabi. 2. Gap shaklidagi tarkibli gidronimlar: Xoskuy- di (Sher. t.), Baytalo‘ldisoy (Sher. t. Qizilolma q.), Anoro‘ldi (Ko‘hitangtog‘ yonbag‘irlari), Arabo‘ldi (Sher. t. Pashxurt q), Eshako‘ldi (Sher. t. Kampirtepa q), Oto‘ldi (Sher. t. G‘urjak q.), Oxuno‘ldisoy (Boy. t. Machay q.), Kishibilmas (Sher. t. Kampirtepa q.), Bi- yasig‘mas (Den. t.) kabi. O‘zbek tili gidronimlari tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va tarkibli gidronimlarga bo‘linadi, qo‘shma gidronimlar salmoqli o‘rin tutadi. Bu ham gidronim- lar yasalishida kompozitsiya usulining faol qo‘llanishi mahsuli bo‘lib, gidronimlar yasalishining o‘ziga xos xususiyatidir. Resume: The article discusses the structural structure of Surkhandarya hydronyms. Hydronyms of Surkhandarya are divided into simple, combined and complex hydronyms according to their structure. This is also a product of the active use of the composition method in the creation of hydronyms, and it is one of the unique features of the creation of hydronyms. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling