Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

РезюмеВ статье рассматривается структура гидронимов Сурхандарьинской области. По своему 
строению сурхандарьинские гидронимы делятся на простые, комбинированные и сложные гидрони-
мы, при этом важное значение имеют комбинированные гидронимы. Это также продукт активного ис-
пользования композиционного метода при создании гидронимов и одна из уникальных особенностей 
создания гидронимов.
1
Jumaniyozov R. Eski o‘zbek yozuvi. –Toshkent: O‘qituvchi, 
1989. – B. 129. 


59
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Philological research: language, literature, education
2022; 5-6(5-6);
Qabul qilingan sana: 18.11. 2022
Nashr etilgan sana: 28.11.2022
ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725
QORAQALPOGʻISTONDAGI OʻZBEK SHEVALARI TAHLILI 
Nurjonov Oybek Erkin o‘g‘li, 
QQDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti v.b. 
Xorazmiy tili haqidagi hozirgacha bizning asosiy 
manbamiz X-XII asrlarda arab tilida yozilgan asarlar-
da uchraydigan xorazmiy tilidagi jumlalar, soʻzlar, di-
aloglardir. Ular turli xil belgilar bilan xorazmiy soʻzla-
rini berishga moslashtirilgan arab yozuvida, toʻgʻri-
rogʻi arab-fors yozuvida bitilgan. Shubhasiz, hozirgi 
Xorazm xalqi shakllanishi, ularning etnogenezini 
oʻrganishda hozirgi kundagi jonli sheva materiallari, 
xususan topilmalarning ahamiyati benihoya kattadir. 
Eramizning V-VI asrlarida Xorazmda quldorlik tuzumi 
inqirozga yuz tutgan va feodal munosabatlar vujud-
ga kela boshlagan edi. Antik davr shaharlari inqirozi 
qishloqlarning rivojlanishiga sabab boʻldi. Endi ijti-
moiy hayot markazi shahardan qishloqqa koʻchadi. 
Xorazmning iqtisodiy inqirozi Shimoliy-sharqiy va 
Markaziy Osiyodagi koʻchmanchi qabilalarning hu-
jumlari natijasida yana ham tezlashadi. Til jihatidan 
turkiy tillarga mansub bu koʻchmanchilarning xora-
zmiy tilida gaplashishi aholi bilan munosabati shu 
tariqa boshlangan edi. Turkiy qabilalarning koʻchib 
kelishi ayrim eron tillarida gaplashuvchi xalqlarning 
bu hududdan koʻchishiga sabab boʻlgan. Xorazmda 
yashagan os va alan qabilalarining Kavkaz tomonga 
koʻchishi ma’lum darajada ana shu ijtimoiy-siyosiy 
sharoit bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Garchi Abu 
Rayhon Beruniy ularning koʻchishini Mudaryoning oʻz 
yoʻlini oʻzgartirishi kabi tabiiy hodisa bilan bogʻlaydi. 
U shunday yozadi: “Koʻp oʻtmay daryo oqimi yana 
toʻsiqlarga duch kelib, sel tomonga, qipchoqlar yurti-
ga, Xorazm bilan Jurjon oraligʻidagi choʻldan oʻtuvchi 
Vodi Mazdubast oʻzanidan oqa boshladi. Bu oʻzan 
uzoq davrlar ulkan maydonning gullab yashnashiga 
sabab boʻldi. Biroq keyin yana qaqrab qoldi. Shu yer-
da istiqomat qiluvchi aholi Xazar dengizi qirgʻoqlar-
iga koʻchdilar. Ular alon va os urugʻlari boʻlib, tillari 
Xorazm va qipchoq tillaridan tashkil topgan”
1
.
Turkiy xalqlarning hukmronligi va koʻchib keli-
shi, ayniqsa VI asrning ikkinchi yarmida yana ham 
kuchaydi. Bu davrda turk xoqonining otryadlari ef-

Абу Райхан Беруни. Избранние произведения. Т. III. – 
Ташкент, 1972. – C. 95.
talitlarni tor-mor qilib (563-567) Movarounnahrda 
oʻz hukmronliklarini oʻrnatgan edilar. Shu davrdan 
boshlab turkiy qabilalarning ta’siri Oʻrta Osiyo xalqla-
rining etno va glattogenetik jarayonida yaqqol sez-
ila boshladi. Shundan soʻng Oʻrta Osiyo, jumladan 
Xorazmda ham ikki tillilik davri boshlandi. Turkiy til 
oldin mavjud boʻlgan soʻgʻd, xorazmiy, fors kabi til-
lar bilan aralashib ketadi. Bizning fikrimizcha, bu 
jarayon ancha uzoq davom etgan. Bu oʻrinda Mah-
mud Koshgʻariyning quyidagi soʻzlariga e’tibor berish 
kerak. Uning yozishicha, “bolosogʻunliklar soʻgʻdcha 
va turkcha soʻzlaydilar. Tiraz (Tolos) va Madinatul-
bayza shaharlarining xalqlari soʻgʻdcha va turkcha 
soʻzlaydilar. Ispijob (Ispijob hozirgi Chimkent)dan to 
Bolosogʻungacha boʻlgan shaharlarning hammasi-
da yashovchilarning tilida ham kamchilik bor (DLT, I. 
66). A.A.Freymanning koʻrsatishicha, xorazmiy tilida 
gaplashuvchi Xorazm xalqi XIII asrlardayoq ikki tilli 
boʻlgan 
2
. Xorazmiy tili haqidagi eng keyingi ma’lu-
mot S.L.Volinning ta’kidlashicha, XIV asrga mansub-
dir 
3
. Xorazmiy tilining til normasi sifatida yoʻqolishi 
koʻrinishdan moʻgʻul istilosining natijasidir 
4
.
Ma’lumki, bu jarayon juda koʻp joylarda turkiy ele-
mentlarning kuchayishiga olib kelgan edi. Shu tariqa 
xorazmiy tili turkiy faollashuvi natijasida aloqa norma-
si sifatida siqib chiqarildi. Xorazmiy tilida soʻzlashu-
vchi xalq turkiy tilda gaplashishga oʻtdi. Moʻgʻullar 
istilosidan keyin Xorazm hududi ikki qismga ajraldi. 
Shimoliy Xorazm Oltin Oʻrda tarkibiga, Janubiy qismi 
esa Chigʻatoy ulusiga oʻtdi. Shunday qilib yuqorida 
qayd etilgan tarixiy sharoit Oʻrta Osiyo, jumladan Xo-
razm hududidagi aholining ikki tilda gaplashishiga sa-
bab boʻldi. Bu Xorazm shevalarining shakllanishida, 
shubhasiz, oraliq, ya’ni xorazmiy tili davridan, turkiy 
tillarga oʻtish davri boʻldi. Bu Xorazm toponimiyasida 
ayrim moʻgʻul tiliga xos elementlarning paydo boʻli-

Фрейман А. А. Хоразмский язык. – М., 1950. – C. 32.

Волин. С. Л. Новый источник для изучения хорезмийско-
го языка. Записки Института востоковедения. 
АН 
СССР, № 7. – Л., 1939. – С. 85.

Фрейман А. А. Хоразмский язык. – С. 32.


60
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
shi xuddi shu omil bilan bogʻliq. Iste’dodli tilshunos 
A.Ishayevning ta’kidlaganidek, oʻtmishdagi Xora-
zm-Orol-Sirdaryo lingvistik arealining yana ham ken-
gayishiga shu davrdagi tarixiy sharoit sabab boʻlgan 
1
. Darhaqiqat, bu davrda avul (moʻgʻul, ail) kompo-
nentli toponimlar keng tarqaldi. Xorazm shevalariga 
koʻplab moʻgʻul-turk etnik ijtimoiy-siyosiy terminlarin-
ing kirishi boshlandi. Keyinchalik ularning koʻpchiligi, 
ayniqsa, etnonimlar Xorazm toponimiyasida ma’lum 
qatlamni tashkil qildi.
XV asrning boshlarida Temuriylar davlatining che-
garalarida koʻchmanchi oʻzbeklar paydo boʻla bosh-
ladi. XV asrning oʻrtalarida ular Xorazm hududining
oʻzlariga yaqinroq joylariga hujum qila boshladilar. 
Ularning hujumi XV asrning oxirlarigacha davom etib 
turdi. 1505-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Shayboniyx-
on boshchiligida Xorazmni bosib oladilar 
2
. 1510-yil-
da Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm vaqtincha 
Eron shohi Ismoil I Safaviy qoʻliga oʻtadi. Ammo 
uning hukmronligi uzoqqa choʻzilmadi. Xorazmliklar 
yashirin ravishda Dashti qipchoqda Berki Sultonning 
oʻgʻillari Ilbars va Bilbarslarni xonlikni boshqarishga 
taklif qiladilar. Bir yil oʻtgach Ilbars eroniylar hukm-
ronligini agʻdarib, Xorazm xoni boʻladi.
Shundan soʻng Xorazmga koʻchmanchi oʻzbek 
urugʻ va qabilalarining ommaviy koʻchib kelishi bosh-
landi. Ular turli sultonlar otryadiga oʻta boshlaydi, 
natijada Xorazm uzoq yillar bu sultonlarning oʻza-
ro kurash maydoniga aylandi. Koʻchmanchi oʻzbek 
urugʻ va qabilalari Xorazmning shimol qismida joy-
lashib qolgan. Ular Xorazm shevalaridagi qipchoq 
komponentini tashkil etuvchi kishilarning avlod-aj-
dodlaridir. Bu koʻchmanchi qipchoqlar uzoq davr oʻz-
ining urugʻ va qabilalarga boʻlinishini unutmaganlar. 
Xorazmning toponimik xaritasida rang-barang urugʻ 
va qabila nomlari bilan ataluvchi joylar bundan dalo-
lat beradi.
F.Abdullayevning koʻrsatishicha, Xorazm oblas-
tidagi “qipchoq” deb ataluvchi oʻzbeklar orasida 
shunday etnik elementlar borki, ular, birinchidan, 
oʻtmishdagi urugʻ-qabilachilik boʻlinishlari traditsi-
yalarini unutib yuborganlar, ikkinchidan, ular bosh-
qa oʻzbeklardan oʻzlarining til xususiyatlari jihatidan 
birmuncha farq qiladilar. Bu fakt shayboniylardan 
oldin ham mazkur hududga turkiy xalqlarning kelib 
oʻrnashganligidan dalolat beradi. Ayrim tadqiqotchi-
lar Oʻrta Osiyoda turkiy tillarning tarqalish jarayoni X 
asrning oxiri va XI asrlarda yana ham kuchaygani bu 
jarayon Qoraxoniylar hamda keyinchalik Saljuqiylar 
hokimyatiga birlashgan turkiy qabilalarning yurush-
lari bilan bogʻliq ekanligini qayd qiladilar 
3
.

Ishayev A. Qoraqalpog’istondagi o’zbek shevalari. – 
Toshkent: Fan, 1977. – B. 5.

История Хорезма. – C. 82.

И. М. Оранский. Иранские языки. – C. 77.
Darhaqiqat, tarixiy manbalarning dalolat berishi-
cha va keyingi ilmiy tadqiqotlarning koʻrsatishicha, 
turkiy qabilalar eramizning birinchi ming yilligidayoq 
Xorazm hududida oʻtroqlashib qolganlar 
4
. Xorazmn-
ing keyingi davr tarixini koʻzdan kechirar ekanmiz, 
uning rivojidagi notekisliklarni tezda sezish mumkin. 
XVII asrning oʻrtalarida Xorazmning siyosiy va iqti-
sodiy hayotida ma’lum darajada rivojlanish kuzatila-
di. Bu shubhasiz Abulgʻozi Bahodirxon (1643-1663) 
hukmronligining ta’siri natijasidir. Ular Xorazmni yag-
ona qudratli davlat sifatida birlashtirish siyosatini olib 
bordilar. Abulgʻozixon va Anushaxonlar hukmronligi 
davrida koʻchmanchi oʻzbeklarning oʻtroqlashish-
ga oʻtishi boshlandi. Bu davrda oʻnlab shaharlar va 
qoʻrgʻonlar barpo etildi, sugʻorish inshootlari quril-
di, kanallar qazildi. Bular shubhasiz, Xorazmning 
iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berdi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling