Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
Chagam (soy), Dad (buloq), Dara (buloq), Tasang
(buloq), Xufor (buloq), Zaraut, Angor, Chakar, Jayx- un, Garm kabi. b) urug‘-aymoq, el-elat nomlari bilan ataladigan geografik nomlar (etnonimlar): Chag‘atoy (koriz). v) kishilarning ism-familiyalari, laqablaridan iborat gidronimlar: Sulton (oliy hukmdor, podsho ma’nola- rini ifodalaydi), Xo‘ja (hurmatli, obro‘-e’tiborli kishi; xo‘jayin, sohib; savdogar; murabbiy). g) hayvon nomlaridan kelib chiqqan geografik nomlar: Bursuq (Bo‘rsiq). 4 Uluqov N. O‘zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi. Toshkent: Fan, 2008. –B. 178-185. 57 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Qo‘shimchali toponimlar deganda, otga qanday- dir qo‘shimcha affiks qo‘shib yasalgan geografik nomlar tushuniladi. Quyidagi qo‘shimchalar joy nom- lari tarkibida ko‘proq uchraydi: -iy – G‘arbiy, Sharqiy, Markaziy, Jo‘yi Kabutiy kabi; -lar – Zarangli Azlar (soy), Oqlar (kanal) kabi; -lik, (-liq) –Matallik (buloq), Yoshlik (nasos stansi- ya), Yigitlik (buloq), Luxliq kabi; -loq (lox) – Sangloq (soy) kabi; -on – Chilon (buloq), Tojikon, Sufiyon (kanal) kabi; -cha – kichkiraytirish belgisi: O‘rmoncha, Sho‘rcha, O‘ng shahobcha, Quduqcha kabi. Tarkibi birgina lug‘aviy asosdan iborat suv obyek- ti nomi sodda gidronimlardir. Masalan, ariq nomlari: Dabil (Sher. t. Pashxurt q.), Jarma (Sher. t. Oqtosh q.); hovuz nomlari: Qoq (Sher. t. Oqtosh q.); suv ombor nomlari: To‘palang (Sar. t.); buloq nomlari: Dad (Sher. t. Vandob q.), Dara (Sher. t.), Tasang (Boy. t. Panjob q.), Xufor (Sar. t.), Zaraut (Sher. t.); soy nomlari: Gu- matak (Ko‘hitangtog‘ yonbag‘irlari), Chagam (Boy. t.); jilg‘a nomlari: Qasaba (Sher. t. Kampirtepa q.), Zax (Sher. t. Kampirtepa q); koriz nomlari: Zindon (Sher. t. Oqtosh q.); ko‘l nomlari: Ziyorat (Hisor tog‘ yonida); kanal nomlari: Angor (Angor t.), Chakar (Uzun t.), Jayxun (Muzrabot t.), Garm (Termiz t.) kabi. Sodda gidronimlar affiksatsiya usulida yasaladi. Sodda tub gidronimlarning lug‘aviy asosi ma’noviy va morfologik jihatdan turlicha. O‘zbek tilida sodda tub gidronimlarini morfologik jihatdan quyidagicha guruhlash mumkin: 1) ot asosli sodda tub gidronimlar: Ziyorat (ko‘l) (Hisor tog‘ yonida), Zindon, Dabil, Jarma, Qasaba, Dara, Padang, Tasang, Xufor, Zaraut, Angor, Cha- kar, Jayxun, Sulton; 2) sifat asosli sodda tub gidronimlar; Qoq, To‘palang, Zax, Garm kabi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilidagi sodda tub gidronimlarning asosiy qismini morfologik jihatdan ot asosli nomlar tashkil etadi, sifat asosli sodda tub gidronimlar esa juda kam. Sodda yasama gidronimlar. O‘zbek tili gidronimi- yasida sodda tarkibli yasama nomlar ham uchraydi. Ularning tarkibi lug‘aviy asos va yasovchi affiksdan iborat bo‘ladi. Sodda yasama gidronimlar affiksatsiya usuli bilan turli so‘z turkumlariga mansub so‘zlardan yasaladi, biroq o‘zbek tili gidronimiyasida ularning miqdori kamroq. Tadqiqotimizning avvalgi qismlarida keltiril- ganidek, o‘zbek tili gidronimiyasida asosan -ma, -loq, -li, -liq, -ak affikslari vositada yasalagan sodda yasa- ma gidronimlar kuzatiladi. Qo‘shma gidronimlar. Tarkibi birdan ortiq lug‘aviy asosdan iborat suv ob’ekti nomi qo‘shma gidronim- lardir Qo‘shma gidronimlar, kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Qo‘shma gidronimlarning yasalishida ko‘l, soy, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling