Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Taza  Urgȁnch, Ȁnbȁr Manaq, Shavat, Gʻazavat, Vȁzir


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

Taza 
Urgȁnch, Ȁnbȁr Manaq, Shavat, Gʻazavat, Vȁzir 
kabi shaharlar, shuningdek 
Shavat arna, Gʻazavat 
arna, Йaрмыш, Urgȁnch arna, Mangʻit arna kabi 
yirik kanallarning vujudga kelishi xuddi shu davr 
XVII asrning oxirlari bilan bogʻliqdir. Bu davrga xos 
toponimik nomlarda “avad” komponentining juda ser-
mahsul ekanligini koʻramiz. Haqiqatan ham Xorazm 
toponimiyasidagi bu elementlarning vujudga kelishini 
XVI-XVII asrlar bilan bogʻlash mumkin. Shu davrga-
cha boʻlgan nomlarning birortasida ham bu element-
ni uchratmaymiz. Nazdimizda 
qala elementidan 
keyin Xorazm toponimlari yasalishida 
abad muhim 
oʻrin tutadi. Gʻulomov toponimlar tarkibida bu kom-
ponentning qoʻllanishini ma’lum tarixiy sharoit bilan 
aloqador boʻlsa kerak deb hisoblaydi. Bu soʻzning 
ishlatilishi oldingi vayronalarni tiklash, qayta qurish 
bilan bogʻliq, kanallarning Xonobod, Gʻoznobod, 
Shohobod deb atalishi yangi qurilish emas, balki es-
kining qayta tiklanganini, obod qilganini koʻrsatadi 
5

Haqiqatan Gʻaznobod kanali moʻgʻullar istilosigacha 
Madra deb yuritilgan. Shundan soʻng uning boshqa 
nomi paydo boʻladi. Qutlugʻ Temurning 1343-yildagi 
vaqfnoma hujjatida Nahri Nosiriy deb tilga olingan. 
Kanalning Gʻaznobod nomi Anushaxonning oʻgʻli 
Arapxon yorligʻida uchraydi. Demak, 1643-1668-yil-
lar orasida bu kanal qayta nomlangan. Bu gidronim 
Abulgʻoziy nomi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin 
6
.
Shunday ekan kanal Abulgʻozi davrida qayta 
tiklangan degan xulosa chiqarish mumkin. Shunday 
qilib, Xorazm toponimiyasida “obod” komponentining 
vujudga kelishi ma’lum tarixiy sharoit bilan bogʻliqdir. 
1593-yilda Arab Muhammad hukmronligi davrida 
Xorazmning poytaxti Koʻna Urganchdan Xiva shah-
riga koʻchirildi. Shundan keyin xonlik ham shu nom 

Ishayev A. Qoraqalpogʻistondagi o’zbek shevalari. – 
Toshkent, 1977. – C. 35.

История Хорезма. – C. 82.

Gʻulomov Y. Xorazmning sugʻorilish tarixi. – B. 211.


61
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
bilan yuritila boshladi. XVIII asrda Xiva xonligi siyo-
siy hayoti turkman urugʻlari bilan Xorazmda hokimyat 
uchun toʻxtovsiz kurash davri sifatida xarakterlana-
di. Bu davrda Xiva xonligidagi siyosiy va iqtisodiy 
krizis oʻzining eng soʻnggi nuqtasiga borgan edi. 
Xonlik bir qancha mustaqil viloyatlarga ajraldi. Xo-
razmning shimolidagi kuchli viloyatning markazi 
Qoʻngʻirot shahri boʻldi. Bu viloyat Orol viloyati deb 
nomlanib, juda koʻplab atrofidagi oʻzbek va boshqa 
turkiy xalqlar (qozoq, qoraqalpoq kabi)ni birlashtir-
gan. Xorazmda qipchoq shevalaridagi Y-lashish va 
J-lashish, ya’ni ularning ikkiga boʻlinishi shu tarixiy 
sharoit bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Har holda Xorazm 
shevalarida J-lovchilarning paydo boʻlishi shu davrd-
agi Orol viloyati bilan bogʻliq. Bu yerdagi Qoʻngʻirot 
oʻzbeklari yoki Orol oʻzbeklari deb ataluvchi bu qa-
bilalar birlashmasida qoraqalpoq va qozoq qabi-
lalarining ta’siri sezilarlidir. Ayrim tadqiqotchilarning 
Shimoliy Xorazm shevalarini “qozoqlashgan” deyishi 
yoki ularni “Orol oʻzbeklarining oraliq shevasi” deb 
nomlashi ham shu murakkab etnolingvistik jaray-
on bilan izohlanadi. Haqiqatan ham bu viloyatning 
shakllanishi uchun asos boʻla oladigan biror etnik 
uyushma boʻlishi mumkin. Bu uyushma qoraqalpoq 
biylari va oʻzbek qabila boshliqlarining hamkorligi-
da tuzilgan boʻlishi haqiqatga ancha yaqin. Tarixan 
Dashti Qipchoq hududi (XI-XVI asrlar), soʻngra Oltin 
Oʻrda hamda Noʻgʻay oʻrdalari, noʻgoy, oʻzbek (qip-
choq), qoraqalpoq va qozoq tillarining shakllanishida 
muhim bosqich boʻlgan. Keyinchalik ham ma’lum tar-
ixiy davrlarda mazkur xalqlar hamkorlikda hayot ke-
chirganlar. Masalan, qozoq xoni Tovke (1680-1718) 
davrida qozoq va qoraqalpoq xalqlari birgalikda 
yashaganlar. Shuningdek, qoraqalpoqlar Amudary-
oning quyi oqimidagi yerlarga oʻrnashib qolgandan 
keyin ham qozoqlar bilan kichik juz qozoqlari birga 
bu hududda yashaganlar.
Xorazm etnotoponimlari tarkibida uchraydigan 
qozoq va qoraqalpoq xalqi urugʻ va qabilalariga oʻx-
shash etnonimik parallellarning vujudga kelishi shu 
davr bilan bogʻliq. Xorazm shevalarida bunday et-
nonimik oʻxshashlikdan tashqari qator leksik-gram-
matik mosliklar ham mavjudki, bu koʻpgina tilshuno-
slarning diqqatini tortgan edi. Masalan, F.Abdullayev 
janubiy Xorazm hududida qipchoq oʻzbeklari urugʻla-
rining nomi bilan ataluvchi Xitoy, Qoʻngʻirot, Mangʻit, 
Chigʻatoy, Nukus, Qipchoq kabi qator nomlarining 
mavjudligini qayd etgan edi. Janubiy Xorazm bu 
urugʻlarning paydo boʻlishini ham Xorazm tarixidagi 
Orol oʻzbeklari viloyati bilan bogʻlash kerak. Haqiqa-
tan Orol yoki Qoʻngʻirot oʻzbeklari deb atalgan oʻz-
beklarning bir qismi keyinchalik Janubiy Xorazm 
tumanlariga ham koʻchgan edi. Shunday qilib, Xo-
razm toponimiyasida uchraydigan “orolli” nomi bilan 
bogʻliq toponimlar asosida ma’lum bir etnik guruh 
nomini izlash mumkin emas. Orolli yirik qabilalar it-
tifoqini birlashtirgan Orol viloyati nomi bilan bogʻliq.
1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Oʻrta Osiyoga 
hujum boshlaydi. U Buxoroni bosib olgach, Xiva xoni 
lashkarlarini Xozarasp yaqinida tor-mor qiladi. Shun-
dan soʻng Xorazm ma’lum davrgacha Eron shohligiga 
qaram boʻlib qoladi. Xorazm shevalari leksikasidagi, 
jumladan toponimiyasidagi fors-tojik tiliga xos koʻp-
gina elementlarning vujudga kelishini shu davr bilan 
bogʻlash haqiqatga ancha yaqin. Bu masalaga ba’zi 
tilshunos olimlar ham toʻxtalib oʻtishgan. Masalan, 
A.M.Sherbak Xorazm shevalari leksikasidagi eron 
elementlarining ma’lum qismi ancha keyin, asosan 
XVII-XIX asrlarda paydo boʻlganligini qayd etadi. 
Darhaqiqat, bu davrdagi tarixiy sharoit ham bu fikrni 
tasdiqlaydi. Bu paytda Xiva turli koʻchmanchi qabi-
lalarning qoʻl bozori hisoblanardi. Ular Xivada oʻzlar-
ining tutqun qoʻllari bilan savdo qilardilar. 1779-yilda 
keltirib sotilgan tutqunlarning koʻpchiligi kelib chiqishi 
jihatdan eroniylar edi. Ular keyinchalik Xorazmga 
oʻrnashib, shu yerda qolib ketganlar. Hozirgi davrda 
Qoʻshkoʻpir tumanining 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling