«physics» «Кафедра Физики»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
PHYSICS UZ - 2023
t
,м/c 10 t, c 5 1 2 3 4 10 0 - 10 40. ?Sportchi 0,2 m/s 2 tezlanish bilan harakatlanib, uzunligi 60 m bo’lgan qiyalikni 10 s da o’tdi. Uning qiyalik boshidagi tezligi qanday bo’lgan? 41. ?Berilgan jumlani mazmunga mos to’g’ri davom ettiring: «To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining ...» 42. ?Agar avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qila boshlab, 1 s da 30 m yo’l bosgan bo’lsa u qanday tezlikka erishgan? 43. ?Agar samolyotning qo’nish tezligi 180 km/soat va qo’nish masofasi 750 m bo’lsa, u qancha vaqtda qo’nadi (s)? 44. ?Jismning harakati x=10+6t 2 +4t (m) tenglama bo’yicha ro’y bermoqda. Uning tezlanishi qanday bo’ladi (m/s 2 )? 45. ?Jism tezligining vaqtga bog’lanishi v=7+4t (m/s) ko’rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o’tilgan yo’lni (m) hisoblab toping. 46. ?Jism v 0 boshlang’ich tezlik va o’zgarmas a tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilmoqda. Jismning tezligi qancha vaqtdan keyin 2 marta kamayadi? 47. ?Harakat boshlangandan keyin jismning 8-sekundda bosib o’tgan yo’li 3-sekundda bosib o’tgan yo’lidan 3 marta katta bo’lsa u qanday tezlanish bilan harakatlangan (m/s 2 )? 48. ?Ko’lda birinchi kater boshlang’ich tezliksiz 0,25 m/s 2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan, ikkinchi kater 0,5 m/s 2 tezlanish va 7,5 m/s boshlang’ich tezlik bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilmoqda. Necha sekunddan keyin katerlarning tezliklari bir xil bo’ladi? 49. ?Avtomobil o’z harakatining ikkinchi sekundida 9 m masofani bosi bo’tgan bo’lsa, uning tezlanishini toping (m/s 2 ). Boshlang’ich tezligini nolga teng deb oling. 50. ?Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism to’rtinchi sekundda 14 m yo’l o’tsa, harakat boshidan 10s o’tgach qancha yo’l bosadi (m)? 51. ?Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning boshlang’ich tezligi 5 m/s, tezlanishi esa 3 m/s 2 bo’lib u 16 m yo’l o’tgan. Jismning oxirgi tezligini aniqlang. 52. ?Tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan jismning boshlang’ich tezligi 13 m/s, tezlanishi esa 3 m/s 2 bo’lib, u 8 m yo’l o’tgan. Jismning oxirgi tezligini toping (m/s). 53. ?Ikkita yengil avtomobil bitta punktdan bir yo’nalishda 10s farq bilan yo’lga chiqdi. Agar ikkala avtomobilning tezlanishi 1 m/s 2 bo’lsa birinchi avtomobil harakat boshlagandan so’ng qancha vaqt o’tgach ular orasidagi masofa 150 m ga teng bo’ladi (s)? 54. ?Quyidagi rasmda keltirilgan tezlik grafigidan foydalanib =(t) bog’lanish tenglamasini yozing. 1 2 3 4 5 , m/s 10 8 6 4 2 0 t, s 55. ?Biror jism boshlang’ich tezliksiz 2a tezlanish bilan t vaqt, so’ngra (a ) tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan 2t vaqt harakatlanadi. Jismning harakat davomidagi umumiy bosib o’tgan yo’lini hisoblab toping. 56. ?Erkin tushayotgan jismning 2- va 5-sekund oxiridagi tezliklarining nisbati qancha bo’ladi? 57. ?Buyum boshlang’ich tezliksiz vertikal erkin tushmoqda. Uning dastlabki 3 s va 7 s vaqt davomida o’tgan yo’llarining nisbatini aniqlang. 58. ?Boshlang’ich tezliksiz tik erkin tushayotgan birinchi jism ikkinchi jismga qaraganda 4 marta ko’p uchgan. Ularning ko’chishlari necha marta farq qiladi? 59. ?Agar boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism yo’lning ikkinchi yarmini 1s da bosib o’tgan bo’lsa u yo’lning birinchi yarmini qancha vaqtda bosib o’tgan (s)? 60. ?Agar vertikal yuqoriga otilgan jism yo’lning ikkinchi yarmini 2 s da bosib o’tgan bo’lsa u qanday balandlikkacha ko’tarilgan? 61. ?Yuqoridan erkin tushayotgan jism 7-sekundda qanday masofani bosib o’tadi? 62. ?Boshlang’ich tezliksiz 320 m balandlikdan erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi sekundida qanday masofaga ko’chadi? 63. ?Agar ikkinchi tomchi uzilgandan 2 s o’tgach tomchilar orasidagi masofa 25 m ga teng bo’lgan bo’lsa, tomchilar qanday vaqt intervali bilan uzilgan (s)? 64. ?Bitta vertikal chiziqda joylashgan ikkita nuqtadan bir vaqtda ikkita jism erkin tusha boshladi. Ular orasidagi masofa qanday o’zgaradi? 65. ?Bir jism yerdan 80 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz, ikkinchi jism 120 m balandlikdan qandaydir boshlang’ich tezlik bilan tusha boshladi. Ikkala jism bir vaqtda yerga urildi. Ikkinchi jismning boshlang’ich tezligini toping (m/s). 66. ?Tosh erkin tushmoqda. Tushish balandligining yarmini bosib o’tishi uchun ketgan vaqt, butun balandlikni bosib o’tish vaqtining qancha qismini tashkil qilishini aniqlang. 67. ?Bir jism H, ikkinchisi 4H balandlikdan yerga tushdi. Ikkinchi jismning yerga urilish tezligi birinchi jism tezligidan necha marta katta bo’ladi? 68. ?Vertikal (yuqoriga ) otilgan jism 2 s vaqt momentida 8m li balandlikdan ikkinchi marta o’tdi. Jismning boshlang’ich tezligini toping . 69. ?Kamalakdan o’q 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qancha vaqtdan so’ng uning tezligi (modul jihatidan) boshlang’ich tezlikdan 4 marta kichik bo’ladi? 70. ?To’p 10 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qaysi tenglama to’p ko’tarilish balandligining vaqtga bog’lanishini ifodalaydi? 71. ?Jism qanday boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otilganda u 5 s o’tgach, 10 m/s tezlik bilan pastga harakat qiladi (m/s)? 72. ?Ikki jism bir xil 20 m/s tezlik bilan 2 s oralatib, yuqoriga tik otildi. Ular qanday balandlikda uchrashadi (m)? 73. ?Qandaydir v boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning tezligi qanday balandlikda ikki marta kamayadi? 74. ?Jismning yuqoriga ko’tarilish balandligini 16 marta orttirish uchun uning boshlang’ich tezligini necha marta orttirish kerak? 75. ?40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jism 4 s o’tgach qanday tezlikka ega bo’ladi? 76. ?Istagan vaqt momentida jismning tezlik va tezlanish vektori to’g’ri burchak hosil qilsa, u qanday harakatda bo’ladi? 77. ?2,5 rad/s burchak tezlik bilan aylanma harakat qilayotgan karuseldagi qizcha tezligining modulini toping (m/s). Aylanish o’qidan qizchagacha bo’lgan masofa 2 m ga teng. 78. ?Velosiped haydovchi 10 m/s o’zgarmas tezlik bilan harakatlanmokda. Uning g’ildiragi diametri 160 sm. G’ildirakning pastki nuqtasi yerga nisbatan qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s 2 )? 79. ?Vertolyot yuqoriga tekis ko’tarilmoqda. Vertolyot parragining chetki nuqtasi Yer bilan bog’langan sanoq tizimiga nisbatan qanday traektoriya bo’ylab harakat qiladi? 80. ?Aylanayotgan disk ustidagi radiuslari 1 sm ga farq qiladigan ikki nuqtaning chiziqli tezliklari orasidagi farq 0,314 m/s ga teng bo’lsa, diskning aylanish chastotasini toping . 81. ?Maxovik aylanganda gardishidagi nuqtalar tezligi 6 m/s ulardan o’qqa 1,5 sm yaqin masofada bo’lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/s bo’lsa maxovikning radiusi qancha? 82. ?Jismning aylana bo’ylab harakatida uning aylanish radiusi ikki marta ortib tezligi ikki marta kamaygan bo’lsa, uning aylanish davri qanday o’zgarishini aniqlang. 83. ?Burchak tezligi o’zgarmas 3,14 rad/s bo’lgan charx toshi 1s ichida qanday burchakka buriladi? 84. ?Agar vaqt birligidagi aylanishlar soni 40 marta ortsa, aylanish davri qanday o’zgarishini aniqlang. 85. ?Velosiped g’ildiragining radiusi 0,4 m. Velosiped 4 m/s tezlik bilan harakatlanishi uchun uning g’ildarigi qanday chastota bilan aylanishi kerak (s -1 )? 86. ?Qo’l soatining sekund strelkasi minut strelkasidan 4 marta qisqa. Strelkalar uchlarining chiziqli tezliklari nisbati nimaga teng? 87. ?Radiuslari 18 sm, 15 sm va 25 sm bo’lgan uchta g’ildirak (shkiv) bir-biriga tasma bilan ulanib, birinchisi aylansa qolganlari ham aylanadi. Bu g’ildiraklarning aylanish chastotalari va markazdan eng uzoq nuqtalarining tezliklari qanday munosabatda bo’ladi? 88. ?Bir-biriga jips tekkan holda sirpanishsiz aylanayotgan (friksion bog’langan) ikki shkiv radiuslarining nisbati r 1 /r 2 =2. Shkivlarning burchak tezliklari orasidagi munosabat qanday bo’ladi? 89. ?Zanjirli uzatma yordamida bog’langan ikkita tishli g’ildirakning biridagi tishlar soni N 1 , ikkinchisidagi tishlar soni N 2 dan 4 marta katta bo’lsa, g’ildiraklarning burchak tezliklari orasidagi munosabat qanday bo’ladi? 90. ?Jumlaning mazmuniga mos gapni davom ettiring: Aylana bo’ylab tekis harakatda tezlanish vektori ...... 91. ?Jism aylana bo’ylab 10 m/s tezlik bilan tekis harakat qiladi. Agar markazga intilma tezlanish 4 m/s 2 bo’lsa, aylanish radiusini toping (m). 92. ?Sharcha aylana bo’ylab tekis harakat qilmoqda. Agar harakat tezligi o’zgarmasdan, aylana radiusi 9 marta ortsa, markazga intilma tezlanish qanday o’zgarishini toping. 93. ?Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning tezligi o’zgarmasdan, aylana radiusi ikki marta kamaysa uning markazga intilma tezlanishi qanday o’zgaradi? 94. ?Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi o’zgarmasdan traektoriya radiusi ikki marta kamaysa uning markazga intilma tezlanishi necha marta o’zgaradi? 95. ?Aylana bo’ylab tekis harakatlanayotgan jismning aylanish chastotasi 6 marta ortsa, aylana radiusi 36 marta kamaysa, jismning markazga intilma tezlanishi qanday o’zgaradi? 96. ?Avtomobil 20 m/s tezlik bilan harakatlanganda g’ildiraklarning aylanish chastotasi 8s 1 bo’lsa, g’ildiraklarining yo’lga tegadigan nuqtalaridagi markazga intilma tezlanishini toping (m/s 2 ). 97. ?Ikkita moddiy nuqta R 1 va R 2 radiuslar bo’yicha harakatlanmoqda, bunda R 1 =2R 2 . Ularning aylanish davrlari teng bo’lgandagi markazga intilma tezlanishini taqqoslang. 98. ?Egri chiziqli harakatda oniy tezlik vektorining yo’nalichi qanday? 99. ?Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o’zgarmaydi? 100. ?Soat strelkasi bo’yicha doimiy tezlik bilan aylanayotgan jismning A nuqtadagi tezlanish vektori rasmdagi yo’nalishlarning qaysi biriga mos keladi? 101. ?9 m balandlikdan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligi ham 9 m ga teng bo’lsa, jismning yerga tushish paytidagi tezligini aniqlang (m/s). 102. ?10 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchush uzoqligi otish balandligiga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m)? 103. ?60 m balandlikdagi qoya chetida turgan bola qo’lidagi toshni 20 m/s tezlik bilan gorizontal otdi. Toshning yerga urilish paytidagi tezligi topilsin (m/s). 104. ?Biror balandlikdan 10 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligi, shu balandlikka teng bo’lsa, jism qanday balandlikdan otilgan bo’ladi (m)? 105. ?80 m balandlikdagi minoradan jism 300 m/s tezlik bilan gorizontal yo’nalishda otildi. Havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jismning uchish uzoqligini aniqlang (m). 1 2 3 4 A 106. ?Jism biror balandlikdan gorizontal yo’nalishda otilgan. 4s dan keyin tezlik vektori yerga nisbatan 45° burchak hosil qilgan bo’lsa, jismning boshlang’ich tezligini toping(m/s). 107. ?360 km/soat tezlik bilan uchayotgan samolyotdan tashlangan yuk 1000 m uzoqlikka borib tushgan bo’lsa samolyotning uchish balandligini hisoblab toping (m). 108. ?Agar 500 m balandlikda gorizontal ravishda uchib borayotgan samolyotdan tashlangan jism, 1 km masofaga borib tushgan bo’lsa, samolyotning tezligini toping (m/s). 109. ?Agar jism biror balandlikdan ikki barobar katta tezlik bilan gorizontal otilsa, uning uchish uzoqligi qanday o’zgaradi? 110. ?Kuch deb nimaga aytiladi? 111. ?1 N kuch birligini ta’riflang. 112. ?Kuch qanday asbob yordamida o’lchanadi? 113. ?Javoblarda berilgan birliklarning qaysi biri m/s 2 birligining o’rniga ishlatilishi mumkin bo’ladi? 114. ?Jismning inertligi qaysi kattalik bilan tavsiflanadi? 115. ?Bir xil hajimli uchta jismning zichliklari 1 < 2 < 3 munosabatda bo’lsa,ulardan qaysi birining inertligi eng katta? 116. ?Bir xil kuch ta’sirida harakatlanayortgan uchta jismning tezlanishlari a Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling