Piramida va kesik piramida. Reja: Piramida haqida tushuncha. Kesik piramida haqida tushuncha


Download 234 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi234 Kb.
#1577412
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Kesik piramida
Teorema. Piramidaning asosiga parallel va uni kesib o`tadigan tekislik shu piramidam o`xshash piramida ajratadi.
Isboti. Faraz qilaylik, S- piramidaning uchi, A - asosining uchi, A' - kesuvchi tekislikning SA` yon qirra bilan kesishish nuqtasi (a- rasm). Piramidani S uchiga nisbatan

a-rasm b-rasm


gomotetiya koeffisienti bilan gomotetik almashtiramiz. Bunday gomotetiyada asos tekisligi A' nuqta orqali o`tuvchi parallel tekislikka o`tadi, ya'ni kesuvchi tekislikka o`tadi, demak, butun piramida bu tekislik kesib ajratgan qismga o`tadi. Gomotetiya o`xshashlik almashtirishi bo`lgani uchun piramidaning kesib ajratilgan qismi berilgan piramidaga o`xshash piramida bo`ladi. Teorema isbotlandi.
Teoremaga ko`ra piramida asosining tekisligiga parallel bo`lgan va piramidaning yon qirralarini kesib o`tuvchi tekislik piramidadan unga o`xshash piramida ajratadi. Ajratilgan bo`lakning ikkinchi qismi ham ko`pyok bo`lib, kesik piramida deb ataladi (b-rasm). Kesik piramidaning parallel tekisliklarda. yotgan yoqlari piramidaning asoslari deyiladi qolgan yoqlari esa yon yoqlari deyiladi.
Kesik piramidaning asoslari o`xshash (xatto gomotetik) uchburchaklardan, yon yoqlari esa trapesiyalardan iborat.
Masala. Piramidaning yon qirrasi to`rtta teng qismga ajratilgan va bo`linish nuqtalaridan asosiga parallel tekisliklar o`tkazilgan. Asosining yuzi 400 sm2 ga teng. Kesimlarning yuzlarini toping.
Yechilishi. Kesimlar piramidaning asosiga va o`xshashlik koeffisientlari bilan o`xshashdir.
O`xshash figuralarning yuzlari nisbati chiziqli ulchovlari kvadratlarining nisbati kabi bo`ladi. Shuning uchun kesimlar yuzlarining piramida asoslari yuzlariga nisbatlari va bo`ladi.


Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling