Pirislash uskunalarining loyihasi
UZLUKSIZ ISHLAYDIGAN PRESSLAR
Download 0.6 Mb.
|
PIRISLASH USKUNALARINING LOYIHASI kurs ishi
UZLUKSIZ ISHLAYDIGAN PRESSLAR
VPND - 10 MARKALI PRESS Ишлатилиши: Узум шарбати олиш учун ишлатилади. Пресснинг умумий кўриниши 1.58-расмда кўрсатилган. 1.58-rasm. VPND-10 markali press. 1-reduktor; 2-shnekli o‘q; 3-kirish yo‘li; 4-elakli silindr; 5-elakli baraban; 6-konus; 7-o‘q tayanchi; 8-gidroreduktor; 9-vanna; 10-rama; 11-elektrodvigatel. Texnik tavsifi. Ishlab chiarish quvvati, t/soat 10 Energiya quvvati, kVt 10 Gabarit o‘lchamlari, mm 4270x920x1272 Og‘irligi, kg 2770 PND - 5 MARKALI PRESS Bu press sharbatni siqib chiqarishda foydalaniladi (1.59-rasm). 1.59-rasm. PND-5markali uzluksiz ishlaydigan press. 1-rama; 2-elektrodvigatel; 3-mahsulot kiradigan bunker; 4-tashqi o‘q; 5-birinchi shnek; 6-qovurg‘ali silindr; 7-ikkinchi shnek; 8-ichki o‘q; 9-qovurg‘ali silindr; 10-konussimon tortqich (zatvor); 11-chiqaruvchi quvur. Ishlash tartibi Mahsulotni tashiydigan va presslaydigan perforatsiyalaydigan barabanga o‘rnatilgan ikkita shnek pressning asosiy ishchi organi hisoblanadi va bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi. Barabanning oldingi ichki qismiga, holati gidroboshqargich tomonidan boshqariladigan konus qo‘yilgan. Konus va baraban orasidagi oraliq o‘zgarib turadi. Barabanning ostki qismiga sharbatni yig‘ish uchun vanna o‘rnatilgan. Bu vanna to‘siqlar bilan sharbatni ikki va uch fraksiyaga ajratadigan qilib to‘silgan. Mahsulot kiradigan bunker sharbatning o‘zi oqib chiqishi uchun setka bilan jihozlangan. Yanchilgan mahsulot bunkerga kelib tushadi va bu yerda birinchi fraksiyaga ajraladi, bu fraksiya bunker tagiga yig‘ilib, nasos yordamida keyingi jarayonga uzatiladi. Yanchilgan mahsulot shneklar yordamida presslovchi shnekka qarab harakatlanadi va bunda bir oz siqilib, ikkinchi fraksiyadagi sharbat ajralib chiqadi. Qolgan qoldiq uchinchi zonaga, shnekning qadamlari kichrayadigan, o‘qning diametri kengayadigan qismiga uzatiladi. Bu yerda bosim ortib, shu bosim ta’sirida uchinchi fraksiyadagi sharbatlar ajralib chiqadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling