Pirislash uskunalarining loyihasi
Download 0.6 Mb.
|
PIRISLASH USKUNALARINING LOYIHASI kurs ishi
SEPARATOR - G9 KOV
Ishlatilishi: osma zarrachalardan sharbatlarni tozalash uchun ishlatiladi. Separator quyidagi tuzilishga ega: 1.Stanina. 2. Gorizontal o‘q. 3. Suzuvchan tayanchi. 4. Gidrouzel. 5. Chiqindilar chiqish yo‘li. 6. Baraban. 7. Qabul qilish qurilma. 8. Qopqoq. 9. Vanna. 10.Vertikal o‘q. Ishlash tartibi Vertikal o‘kda rotor o‘rnatilgan bo‘lib, elektrodvigatel yordamida xarakatga keladi. Rotor kojuxni ichida o‘rnatilgan. Baraban dasta tarelkalardan iborat. Sharbat barabanning ichiga truba orqali kiritiladi va tarelklarning orasini to‘ldiradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida sharbat ikki qismiga bo‘linadi: yengil va og‘ir. Og‘ir qismi barabanning devoriga otilib tushadi, yengil qismi tarelkalarning orasidan o‘tib yuqoriga ko‘tariladi. Texnik tavsifi. Ishlab chiarish quvvati,m3/s 10 Energiya quvvati, kVt 13 Gabaritlari, mm 1500x1132x1650 Og‘irligi, kg 1840 FILTR-PRESS Ishlatilishi: Sharbatlarni, siroplarni filtrlash uchun ishlatiladi. Filtr-pressning ko‘rinishi 1.65-rasmda keltirilgan. Ishlash tartibi Xarakatdagi plita va bostiruv plita sterjenga tayanib bikin okuva paydo bo‘ladi. Oquva plitalarni pastki va tepadagi qismda joylashgan bo‘lib, plitalar qotirilganda u yoqdan bu yoqqa o‘tadigan kanal paydo bo‘ladi. Plitalar orasida filtr-qog‘oz joylashtiriladi. Kanaldagi filtrlanmagan sharbat oqib plitalar orasiga tushadi va to‘siqlar orasidan o‘tib filtrlanadi. 1.65-rasm. Filtr-press. 1-stanina; 2-elektrodvigatel; 3-nasos; 4-sharbat keltirish yo‘llari; 5-tayanch plitasi; 6-traversa; 7-vint; 8-boshqaruvchi qismi; 9-band; 10-bostiruv plitasi; 11-plitalar; 12-metall sterjen. Texnik tavsifi. Ishlab chiqarish quvvati, m3/soat 3 Energiya quvvati, kVt 4,0 Gabarit o‘lchamlari, mm 1700x780x1225 Og‘irligi, kg 476 Bu blanshirlash qurilmalari xom ashyoni blanshirlash uchun ishlatiladi. Ularning bir necha turlari mavjud (1.66, 1.67-rasmlar). BK markali blanshirlash qurilmasi ham bug‘da ham suvda blanshirlash uchun qo‘llaniladi. Bunda meva-sabzavotlar o‘zining xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu qurilma vanna va lentali transportyordan iborat.lentali transportyor 2ta zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, ularga sharnirli qilib cho‘michlar qistiriladi. Qurilmaning unumdorligi 500-8000 kg/soatgacha; elektrodvigatel quvvati 1,7 kVt; o‘qning aylanish tezligi 140 rad/s. 1.66-rasm. BK markali cho‘michli blanshirlash qurilmasi. 1-uzatma; 2-tunnel; 3-cho‘michli transportyor; 4-karkas; 5-bug‘ kiradigan quvur; 6-suv kiradigan quvur. 1.67-rasm. Skrebkali-lentali blanshirlash qurilmasi. 1-mahsulot kiradigan joy; 2-lentali transportyor; 3-to‘kuvchi quvur; 4-ochiluvchan qopqoq; 5-mahsulot chiqadigan joy; 6-reduktor; 7-elektrodvigatel; 8-vanna; 9-vannani cho‘kmadan tozalash uchun eshik. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling