Pirislash uskunalarining loyihasi
Zmeyevikli issiqlik almashinish apparatlari
Download 0.6 Mb.
|
PIRISLASH USKUNALARINING LOYIHASI kurs ishi
Zmeyevikli issiqlik almashinish apparatlari
Bunday isitkichlarda 15. . .20 mm li trubalardan tayyorlangan spiralsimon zmeyeviklar suyuqlik bilan to‘ldirilgan idishga o‘rnatiladi (1.74-rasm,a). Zmeyevik trubalaridan gaz yoki bug‘ harakatlanadi. 1.74-rasm. Zmeyevikli isitkich: a) bitta spiralsimon trubali; b ) bir necha spiralsimon trubali; v) to‘g‘ri trubali. a – apparatning tashqi ko‘rinishi; b – mahkamlash sxemasi; 1-trubalar; 2-rezervuar. Suyuqlik bilan to‘ddirilgan idishning hajmi katta bo‘lgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bo‘lgani uchun zmeyevikning tashqi devori tomondagi bug‘ bilan suyuqlik orasidagi issiqlik berish koeffitsiyenti ham kichik qiymatga ega bo‘ladi. Apparatning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga o‘xshash idish tushiriladi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarida zmeyeviklar to‘g‘ri trubalardan tayyorlanib, kalachlar yordamida birlashtiriladi (1.74-rasm, v). | Agar issiqlik tashuvchining miqdori katta bo‘lsa, bir necha parallel seksiyalardan iborat bo‘lgan zmeyeviklar o‘rnatiladi (1.74-rasm.b) Seksiyalar bunday parallel ulanganda muhitning tezligi va harakat yo‘li kamayishi natijasida qurilmaning gidravlik qarshilkgi ham kam bo‘ladi. Bu isitkichlarda trubalararo issiqlik almashinishning intensivligi kam, chunki issiqlik zmeyevik trubalaridan idishdagi isitilayotgan suyuqlikka erkin konveksiya orqali o‘tadi. Shuning uchun bu isitkichlar kam miqdordagi suyuqliklarni isitish uchun ishlatiladi. Zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmalarining konstruksiyasi sodda va arzon bo‘lganligi uchun ular sanoatda keng qo‘llaniladi. Bu isitkichlarni tozalash, tuzatish oson hamda ular yuqori bosimda ximiyaviy aktiv muhitlarni isitish uchun ham ishlatiladi. Zmeyevik trubalarida harakatlanayotgan bug‘ning bosimi 0,2.. 0,5 MPa gacha bo‘lganda zmeyevik uzunligining truba diametriga nisbati 200 - 245 bo‘lishi kerak. Agar bu nisbatning miqdori katta bo‘lsa, bug‘ kondensati zmeyevik trubalarning pastki qismida yig‘ilib, issiqlik almashinish tezligi kamayadi va gidravlik qarshiliklar ortib ketadi. Afzalligi: tayyorlash oson, issiqlik almashinish yuzasini uzatish va tuzatish oson, idishdagi suyuqlikning hajmi katta bo‘lganligi sababli rejimning o‘zgarishlariga uncha sezgir emas. Kamchiliklari: o‘lchami katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kam bo‘lganligi uchun zmeyevikning tashqarisidagi issiqlik berish koeffitsiyenti kichik, trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin. 1.75- rasm. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish apparati: 1- suvni sochib beruvchi tarnov; 2- kalach; 3-trubalar; 4- suv yig‘gich. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish apparatlari ham zmeyevikli apparatlar qatoriga kiradi. Bunday isitkichlar tashqi tomonidan sugoq holdagi issiqlik tashuvchi (odatda suv) bilan yuvilib turuvchi zmeyeviklardan iborat (1.75-rasm). Purkab beruvchi tarnov orqali suv yuqorigi trubaga berilib, undan keyin pastki trubaga tushadi. Ketma-ket hamma trubalardan o‘tgach, suv sovitkichning tagida joylashgan yig‘gichga tushadi. Odatda bunday sovitkichlar ochiq havoda joylashtirilgan bo‘ladi. Afzalliklari: sovituvchi suvning sarfi kam, tuzilishi sodda va arzon, trubalarni tozalash oson. Xulosa Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko‘tarish va ishunumdorligini oshirishda qurilmalarning ahamiyati kattadir. Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi liniyalar sifatida tayyorlaniladi. Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko‘p chet el liniyalaridan foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot o‘rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va Shveytsariyaning «Tetra-Pak» liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan aseptik holda qadoqlovchi liniyalar. Shunday qilib, konservalash sohasini mashina va qurilmalari qatori kundan-kunga ko‘paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo‘lgan katta quvvatli qurilmalar o‘rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling