Masalan: Bu unga o‘zining shaxsiy ixtirolarini yaratish uchun yordam berdi. Javob qabul qilinmaydi: Javobda Leonardoning Verokkiyo bilan o‘tkazgan vaqtining ahamiyati ifodalanmaydi. Leonardoning kelgusidagi rasm, haykaltaroshlik,kashfiyotchilik borasidagi yutuqlari tilga olinmaydi. Masalan: U hafsala bilan ishlar edi. Bu unga mashhur bo‘lishiga yordam berdi. Unga san’at va boshqa narsalar haqida gapirib berdi. Bu unga g‘oyalarni paydo bo‘lishida / ilhomlanishida yordam berar edi. 5. A 6. Nima sababdan hozirgi kunda Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari insonlar 6. Nima sababdan hozirgi kunda Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari insonlar uchun muhim ahamiyatga ega? Maqsad: Ma’lumotni qabul qilish va undan foydalanish uchun o‘qish savodxonligini oshirish. Jarayon: To‘g‘ri xulosalarni shakllantirish. Javob qabul qilinadi (1 ball): Javobda Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari insonlar uchun muhim ahamiyatga egaligi bo‘yicha to‘g‘ri xulosa keltiriladi. Hozirgi kunda insonlar Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari tufayli uning g‘oyalarini bilib olishi ifodalanadi. Javobda Leonardoning qo‘lyozmalaridagi ma’lumotlar,aniq g‘oyalar keltiriladi yoki o‘quvchi, umuman, qo‘lyozmalarning qiymati haqida yozishi mumkin. Masalan: Qo‘lyozmalar uni uchar mashinalar haqida o‘sha paytlar o‘ylaganini ko‘rsatadi. Qo‘lyozmalari uning g‘oyalarini ko‘rsatadi. Javob qabul qilinmaydi: Javobda Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari va ularning zamondoshlarimiz uchun muhimligi haqida yetarlicha xulosa keltirilmaydi. Masalan:Ular u qanday chiroyli rasm chizishni bilganini ko‘rsatadi. Chunki u mashhur edi. 7. C 7. C Leonardo da Vinchinchi tabiatdan o‘rgangan narsalaridan bitta misol keltiring. Bu kuzatuvlar unga ixtirolar qilishda qanday yordam berganligini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |