Pisa, pirls, timms. Sat va gmat. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?


Download 421.09 Kb.
bet1/6
Sana18.09.2023
Hajmi421.09 Kb.
#1680388
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
video darsga


REJA.
1. XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI.
2. PISA, PIRLS, TIMMS.
3. SAT VA GMAT.
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish orqali O’zbekiston qanday natijalarga ega bo’ladi?
-Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
-Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
-Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish orqali O’zbekiston qanday natijalarga ega bo’ladi?
-Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
-O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
-Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.
PISA (Programme for International Student Assessment) - Xalqaro baholash dasturi butun dunyo boʻylab maktab oʻquvchilarining funksional savodxonligini va bilimlarni amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi testdir. Har uch yilda bir marta o'tkaziladigan sinovda 15 yoshli o'smirlar ishtirok etadi. U 1997 yilda ishlab chiqilgan, birinchi marta 2000-yilda sinovdan o’tkazildi. Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsortsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etilgan. Konsortsiumga Niderlandiya Taʼlimni baholash milliy instituti (CITO), AQSh taʼlim test xizmati (ETS), Yaponiyadagi Milliy taʼlim tadqiqotlari instituti (NIER), Avstraliya Taʼlim Tadqiqotlari Kengashi (ACER). ; AQSh Vestat (WESTAT) va ta'lim olamidagi boshqa nufuzli tashkilotlar rahbarlik qiladi.
Oʻqish savodxonligi: O’quvchi ning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʼminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
2015-YILGI PISA SINOVLARI NATIJALARI:


2018-YILGI PISA SINOVLARI NATIJALARI:
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA testlarida ishtirok etayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 yildagi PF-5712-sonli O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA farmonida
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; vazifalardan biri sifatida keltirib o’tilgan.
PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:
1.O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;
2.Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
-aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
-xulosalarni shakllantirish;
-ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
-mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Download 421.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling