Pisa, pirls, timms. Sat va gmat. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?


daqiqa kalkulaytor bilan (38 ta savol)


Download 421.09 Kb.
bet5/6
Sana18.09.2023
Hajmi421.09 Kb.
#1680388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
video darsga

55 daqiqa kalkulaytor bilan (38 ta savol).
Jami savollar soni - 58 ta.
SAT Math Testi mazmunan to'rtta sohasiga bo'lingan, bular: Heart of Algebra, Problem Solving and Data Analysis, Passport to Advanced Math, and Additional Topics in Math.
Heart of Algebra (19 ta savol): Tenglamalar va tenglamalar tizimini tahlil qilish va ravon yechish; miqdorlar orasidagi munosabatlarni ifodalash va masalalar yechish uchun ifodalar, tenglamalar va tengsizliklar yaratish; formulalarni qayta tartibga solish va izohlash.
Problem Solving and Data Analysis (17 ta savol): Nisbatlar, foizlar va birliklar yordamida munosabatlarni yaratish va tahlil qilish; grafikda ko'rsatilgan munosabatlarni tavsiflash; sifat va miqdoriy ma'lumotlarni umumlashtirish.
Passport to Advanced Math (16 ta savol): Tuzilishidan foydalanib ifodalarni qayta yozish; kvadratik va yuqori tartibli tenglamalarni yaratish, tahlil qilish va to’g’ri yechish.
Additional Topics in Math (qo'shimcha mavzular, 6 ta savol): Kontekstda maydon va hajmni hisoblash; teoremalar yordamida chiziqlar, burchaklar, uchburchaklar va aylanalarni tekshirish; va trigonometrik funktsiyalar bilan ishlash.
Odatda, universitetlar qabul uchun aniq bir minimum SAT ballini talab qilishmaydi, lekin yuqori ballga ega nomzodlar qabul qilinishi va ko'proq grant sohibi bo'lishi ehtimoli yuqoriroq.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, 2021-yil 1-may sanasidan boshlab SAT imtihonidan 1200 va undan ziyod ball olgan o'zbekistonlik test topshiruvchilarga imtihon puli davlat tomonidan qoplab beriladi. SAT'ning amal qilish muddati 5 yilgacha bo'lib, imtihon topshirish uchun ushbu sayt orqali ro'yxatdan o'tiladi. SAT testi yiliga 5 marta: mart, may, avgust, oktyabr va dekabr oylarida o'tkaziladi. Rasmiy saytdagi ma'lumotga ko'ra, ayni vaqtda (iyul oyi) imtihon topshirish narxi O'zbekistonda 109$ ( 60$ + 49$ regional fee).
Graduate Management Admission Test yoki GMAT biznes maktablariga magistratura bosqichi uchun ariza berish jarayonida talab etiladigan muhim imtihon ko’rsatkichidir.
GMAT testlari test tuzuvchi tashkilot - GMAC tomonidan ishlab chiqilib, asosan, magistraturaning biznes yo’nalishida o’qimoqchi bo’lgan talabalarning bir necha ko’nikmalarini tekshirishga mo’ljallangan. Mazkur imtihondan erishilgan yuqori ball AQSH va boshqa ko'plab mamlakatlarda MBA va boshqa iqtisodga oid magistratura dasturlarida o'qishingiz uchun eshiklar ochadi.
GMAT imtihonida sizning fundamental arifmetika, algebra, geometriya, ko’p manbaali ma’lumotlarni tahlil qilish va grammatika bo'yicha bilimlaringiz sinovdan o’tkaziladi va shu bilan birga, yozma materiallarni tahlil qilish va baholash, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz o’lchanadi. Axborotlarni yaxshi tahlil qilish qobiliyati yuqori GMAT ball olishning kaliti hisoblanadi va bu talabaning MBA (Masters of Business Adminstration) dasturiga qabul qilinishida muhim rol o’ynaydi.

Download 421.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling